2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

 Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari 
Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya 
qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 
yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va 
jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish. 
Yong‘indan saqlash xizmati kuchlari va vositalarining yong‘inlar 
profilaktikasi hamda yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni 
bajarishga jalb qilinishiga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi. 
 Yong‘indan saqlash xizmatining turlari 
Yong‘indan saqlash xizmati davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash 
xizmatlariga bo‘linadi. 
 Davlat yong‘indan saqlash xizmati 
Davlat yong‘indan saqlash xizmati yong‘indan saqlash xizmatining asosiy 
turidir va u Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining bo‘linmalari tumanlar, shaharlar va 
boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va 
portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi. 
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tuzilishi, vazifalari, funksiyalari
tashkil etilishi va faoliyat yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 
649-son “Yong‘in xavfsizligi qoidalarini tadiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul 
qilingan. 
 
Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 
Yong‘in va portlashlarning asosiy sabablari: 
- yong‘in xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik; 
Yong‘in 
Yonuvchi 
modda 
модда 
Oksidlovchi 
Yonish 
manbai 


 - fuqarolarning loqaydligi,e’tiborsizligi ; 
- elektr simlarining nosozligi; 
- gaz, ko‘mir, o‘tin bilan isitiladigan vositalar; 
- bolalarning o‘t bilan o‘ynashlari; 
- qasddan o‘t qo‘yishlar; 
- boshqa sabablar. 
Yong‘inning ikkilamchi ta’sir omillari: 
-Yong‘inning sodir bo‘lgan bino, devorining qulab tushishi. 
-Portlashlar sodir bo‘lishi. 
-Yong‘inning sodir bo‘lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof-
muhitga tarqalishi. 
-Yong‘inni suv bilan o‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida 
portlashlar yuz berishi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inda nobut bo‘lganlarning 60-80% nafas olish 
yo‘llarining zaharlanishi yoki toza havoning etishmasligi oqibatida halok bo‘lar 
ekanlar. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling