yong‘in xavfsizligi — odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol-
mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yong‘inlardan
himoyalanganligi
holati;
yong‘in xavfsizligi talablari — yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga ega maxsus
shartlar;
yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi — yong‘in
xavfsizligi
talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik;
yong‘in-texnik
mahsuloti —
yong‘in
xavfsizligini
ta’minlashga
mo‘ljallangan maxsus texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlar, shu jumladan
yong‘inni o‘chirish texnikasi va asbob-uskunalari, yong‘inni o‘chirish aslaha-
anjomlari, olovni o‘chirish va olovdan himoya qilish moddalari hamda materiallari,
maxsus
aloqa va boshqarish vositalari, elektron hujjatlar, elektron hisoblash
mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar
bazalari, shuningdek
yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishning boshqa vositalari;
yong‘inga qarshi rejim — yong‘in xavfsizligi talablari
buzilishining oldi
olinishini va yong‘inlar o‘chirilishini ta’minlash yuzasidan odamlarning xatti-
harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va (yoki) binolarni (hududlarni)
saqlash tartibi;
Do'stlaringiz bilan baham: