2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquqlari va


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquqlari va 
majburiyatlari
Tashkilotlar: 
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini belgilangan tartibda o‘z 
mablag‘lari hisobidan tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish; 
tegishli organlarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar 
kiritish; 
belgilangan tartibda yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish; 
o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish 
(tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish; 
yong‘in xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan 
rag‘batlantirish chora-tadbirlarini belgilash; 
belgilangan tartibda yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot olish
shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va 
bo‘linmalaridan axborot olish huquqiga ega. 
Tashkilotlar: 
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi; 
yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini 
bajarishi; 
yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, 
shuningdek ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlashi; 
yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazishi va o‘z xodimlariga yong‘in xavfsizligi 
chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatishi; 


o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yong‘inga 
qarshi suv ta’minoti manbalarini, shu jumladan yong‘inni o‘chirishning birlamchi 
vositalarini ishga yaroqli holda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda 
foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi; 
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalariga yong‘inlarni o‘chirishda, 
shuningdek yong‘in nazorati organlariga yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish 
(tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda, yong‘in xavfsizligi 
talablarining buzilishida va yong‘inlar kelib chiqishida aybdor shaxslarni topishda 
belgilangan tartibda ko‘maklashishi; 
o‘z hududidagi yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida zarur kuchlar va vositalarni 
belgilangan tartibda berishi; 
yong‘indan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini 
bajarayotganda ularning o‘z hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa ob’ektlarga 
erkin kirishini ta’minlashi; 
o‘ziga qarashli obyektlarning yong‘in xavfsizligi holati to‘g‘risidagi, shu 
jumladan o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotning yong‘in xavfliligi haqidagi, 
shuningdek o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda hujjatlarni yong‘in nazorati organlari mansabdor 
shaxslarining talabiga ko‘ra taqdim etishi; 
kelib chiqqan yong‘inlar, mavjud yong‘inga qarshi himoya tizimlari va 
vositalaridagi nosozliklar to‘g‘risida, yo‘llar va tor ko‘chalarning holati 
o‘zgarganligi haqida yong‘indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi; 
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda 
ko‘maklashishi shart. 
Tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va 
ularning zimmasida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling