2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

Yong‘inlarni o‘chirish 
Yong‘inlarni o‘chirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sog‘lig‘ini 
saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash 
hamda yong‘inlarni bartaraf etish harakatlaridan iboratdir. 
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan yong‘inlarning 
o‘chirilishini tashkil etish tartibini Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati belgilaydi. 
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati boshqaruv organlari va bo‘linmalarining 
yong‘indan saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-
ta’mirlash xizmatlari va o‘zga xizmatlar bilan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil 
etishni ta’minlashga doir hamkorligi kelishuvlar bilan tartibga solinadi. 
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini 
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish tartibi favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining 
kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi 
rejalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. 
Yong‘inlar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining 
telefon tarmoqlarida yagona raqam — 101 o‘rnatiladi. 


Yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi xabarni olgach, Davlat yong‘in 
xavfsizligi xizmati bo‘linmalari yong‘in joyiga darhol jo‘nab ketishi shart. 
Zarur hollarda, yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida yong‘in kuchayishining 
(tarqalishining) hamda yong‘in bilan bog‘liq bo‘lgan, odamlarga, yuridik va 
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy muhitga tahdid soluvchi xavfli 
omillarning oldini olish uchun: 
yong‘inlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli bo‘lgan) va xavf keltirib 
chiqaradigan joylarga kirib borishga doir; 
yong‘inlarning kuchayishiga (tarqalishiga) to‘sqinlik qiladigan va ularni 
bartaraf etishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratishga doir; 
tashkilotlar va fuqarolarda mavjud bo‘lgan aloqa, transport vositalaridan, 
asbob-uskunalardan, yong‘inni o‘chirish vositalari va olovni o‘chirish moddalaridan 
keyinchalik o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan foydalanishga doir; 
tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat tartibini ta’minlash, yong‘inlar 
o‘chirilayotgan joylarni qo‘riqlash (shu jumladan yong‘inlarning kelib chiqish va 
kuchayish (tarqalish) sabablarini, sharoitlarini tekshirish chog‘ida), yo‘l harakatini 
tartibga solish, evakuatsiya qilish va (yoki) yong‘in kelib chiqqan joyda boshqa 
tadbirlarni amalga oshirishga doir harakatlar bajariladi. 
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yong‘inlarni o‘chirish, yong‘inlar 
va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish 
bilan bog‘liq zarur ishlarni amalga oshirishda yong‘inni o‘chirish maqsadi uchun 
tabiiy va sun’iy suv manbalaridan suv bilan bepul ta’minlanadi. 
Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan Davlat yong‘in xavfsizligi 
xizmatining shaxsiy tarkibi va yong‘inni o‘chirishda qatnashgan boshqa 
ishtirokchilar etkazilgan zararning o‘rnini qoplashdan ozod qilinadi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling