2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik
Ko‘chkiga qarshi ko‘riladigan chora-tadbirlar
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza
Ko‘chkiga qarshi ko‘riladigan chora-tadbirlar.
Ko‘chkiga qarshi kurashish murakkab vazifalardan hisoblanadi. Uning oldini olish va muhofaza tadbirlarini ko‘rish ko‘chishni keltirib chiqaradigan geologik jarayonlarga bog‘liqdir. Shunga ko‘ra harakatdagi va harakatdan to‘xtagan ko‘chkilar aniqlanadi. Agar ko‘chishdan keyin ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa, uning elementlari yaqqol sezilib tursa harakatdagi, agar uning aksi bo‘lsa harakat to‘xtagan ko‘chish deb ataladi. Ko‘chkiga qarshi ko‘riladigan chora-tadbirlar passiv va aktiv xillarga bo‘linadi. Passiv choralar profilaktik ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘chki yonbag‘rida va zonasida quyidagi ishlar bajarilishini man etadi: 1) yonbag‘irlikni qirqish va tekislash; 2) imorat va inshootlar qurish; 3) portlatish ishlari; 4) kon qazish; 5) og‘ir yukli transportning katta tezlikda harakat qilishi; 6) daraxtlarni rejasiz qirqish; 7) yerlarni sug‘orish; 8) oqava va buloq suvlarini oqizish; Yuqorida qayd qilingan chora – tadbirlaning mustahkamligini oshirish hamda ko‘chki hodisasini ma’lum bir davrga to‘xtatib turish uchun bajariladi. Aktiv choralarga yonbag‘irliklardagi ko‘chkiga moyil bo‘lgan tog‘ jinslarining harakatini to‘xtatish maqsadida inshootlar qurish tog‘ jinslarining mustahkamligini oshirish uchun maxsus chora tadbirlar ko‘rish kiradi. Bunday chora- tadbirlar ko‘rish to‘rt guruhga bo‘linadi: 1) ko‘chkini keltirib chiqaradigan sabablarni aniqlash va yo‘q qilish; 2) ko‘chkiga moyil bo‘lgan jinslarni ushlab turadigan inshootla qurish ; 3) jinslarning ko‘chishga qarshiligini kuchaytirish uchun ularning mustahkamligini sun’iy yo‘l bilan oshirish; 4) ko‘chuvchan massani yonbag‘irlikdan butunlay olib tashlash. Birinchi guruhga taaluqli choa- tadbirlarga dengiz va daryo suvlari qirg‘oqlarning namlanishi va yuvilishining oldini olish kiradi. Buning uchun ko‘chish ehtimoli bor bo‘lgan qirg‘oqlarga beton plitalar yotqiziladi. To‘lqinlarni qaytaradigan va so‘ndiradigan qurilmalar o‘rnatiladi. Yer usti suvlarining ko‘chuvchan jinslariga singishining oldini olish uchun har xil qurilmalar yasab, ularni boshqa yo‘nalishda oqizish, yer yuzasidan filtratsiyani kamaytirish uchun uni nishablash, gisht ,beton, shlak, bitum, asfalt, neft yotqizish lozim bo‘ladi. Ko‘chuvchan massaning og‘irligini kamaytirish, yer osti suvlari sathini pasaytirish, suffoziya hodisasi rivojlanishini kamaytirish yoki butunlay yo‘qotish maqsadida yopiq yoki ochiq zovurlar qaziladi, ulardan yer osti va usti suvlarini yig‘ish hamda ularni relyefning pastki qismlariga oqizish uchun foydalaniladi. Ikkinchi guruhga kiradigan chora – tadbirlarga tirgovuch devorlar, ustun qoziqlar va kontrbanketlar qurish kiradi. Ko‘chadigan massani tutib turish uchun ko‘chish tekisligiga nisbatan chuqurroq qilib tirgovuch devorlar o‘rnatiladi. Yer osti suvlari chiqib ketishi uchun devorlar tagidan zovur qaziladi. Ustun qoziqlar temir- beton, temir va yog‘ochdan tayyorlangan bo‘lib, oldindan qazilgan burg‘u quduqlariga tushiriladi, qoziqlarning pastki uchi yonbag‘irning turg‘un qismigacha tushiriladi va u ko‘chadigan massani ushlab turadi. Kontrbanketlar yonbag‘irning nishabligi kichik bo‘lgan taqdirda ko‘chadigan massani ushlab turish uchun ishlatiladi. Buning uchun yonbag‘irlikdagi do‘ng joylar tekislanib, chiqqan gruntlar uning etak qismiga yotqiziladi va ko‘chadigan massani ushlab turadigan devor hosil qilinadi. Uchinchi guruhga taalluqli chora-tadbirlarga ko‘chadigan jinslarning mustahkamligini va yopishqoqligini sun’iy yo‘l bilan oshirish kiradi. Buning uchun tog‘ jinslari silikatlanadi, sementlanadi, bitumlanadi va kimyoviy ishlov beriladi. Bunday ishlar zarur bo‘lgan hollardagina ko‘chadigan massaning ayrim uchastkasida bajariladi. Bu uchastka ko‘chish qiyaligiga suv o‘tkazmaydigan ekran yoki tirgovuch devor vazifasini ham o‘tashi mumkin. To‘rtinchi guruhga kiruvchi tadbirlar – ko‘chadigan massani yonbag‘irdan butunlay olib tashlashdan iborat. Agar suriladigan massaning qalinligi va katta – kichikligi katta bo‘lmasa, uni yonbag‘irning turg‘un qoyasi chiqqunga qadar qazib olib tashlash mumkin, bu ishni bajarishda buldozerlardan foydalaniladi. Bunday tadbirlar katta kuch va mablag‘ talab qilishiga qaramay GES qurilishida keng qo‘llaniladi. KO‘CHKI SODIR BO‘LGANDA Ko‘chki xavfi bo‘lgan hududlarda yashovchi aholi nimalarni bilishi kerak? Bu hududda yashovchi aholini o‘z xonadoni ko‘chki ostida qolish qolmasligini bilishi kerak. xavfli maydonlarda yashash uchun imorat hamda, to‘xtab turish joylarini qurish mumkin emas. Mahalliy boshqaruv organlarinng ko‘chki xavfi sodir bo‘lishi va xavfsiz joyga ko‘chish hakidagi ko‘rsatmalariga e’tibor bering. ko‘chki xavfi hakida ogohlantirish olgandan so‘ng (maktab, MFY) reja asosida mas’ul shaxslar ko‘rsatmasi bilan harakat qiling, elektr energiya , gaz va suv tarmoqlarini berkiting. ko‘chki sodir bo‘lgandan keyin yashash joyingizdagi yuqorida ko‘rsatilgan tarmoqlarni yaxshilab ko‘zdan kechiring. mustahkamligiga shubha qilsangiz darhol xonadan chiqib keting. katta moddiy zarar yetganda yordam so‘rab mahalliy boshqaruv organlariga murojaat eting. Ko‘chki xavfi bo‘lgan hudud aholisi quyidagilarni bilishi shart : mahalliy boshqaruv organi tomonidan qo‘yilgan mas’ul shaxs ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish, ko‘chki ko‘chganda , uning oqibatlarini kamaytirish uchun faol qatnashish. ko‘chki sodir bo‘lishini sezgan shaxs darhol mahalliy organlarga xabar yetkazishi shart. xavfli maydonlarga belgilar qo‘yish, kuzatuv ishlarini olib borish kerak. Yaqilashib kelayotgan halokatning belgilari quyidagilar bo‘lishi mumkin: Tog‘ va adir qiyaliklari, relyefi va yuza qismida oddiy bo‘lmagan o‘zgarishlarining paydo bo‘lishi, buloqlardan chiqayotgan suvlarning keskin o‘zgarishi; Katta ochiq yoriqlarning va turli formadagi tuproq massalarining paydo bo‘lishi; Qiyalik asosida ba’zan esa ko‘chki xavfiga yaqin joyda joylashgan jabhalarda tuproq siqilib chiqib, tepalik shaklidagi do‘ngliklar paydo bo‘lishi; Yaqin atrofda aholi yashaydigan binolar devorlarida yoriqlar paydo bo‘lishi; Odatda bu belgilar yilning bahor va kuz fasllarida uzoq muddatli yog‘ingarchilik va qorlarning erishidan so‘ng hosil bo‘ladi. Lekin bu belgilar insonlar faoliyati ta’sirida aniq bir uchastkaning (regionning) tabiiy ekologik muvozanatini buzish natijasida ham sodir bo‘lishi xam mumkin; Sug‘orish ishlarini olib borishni bilmaslik, suv tarmoqlarida suvning yo‘qolishi, tog‘ va adir qiyaliklarining haddan tashqari namlanishi va ko‘chkilarning rivojlanishiga asos yaratadi; Regionni texnogen ravishda o‘zlashtirish paytida qiyaliklar muvozanatini buzilishi (foydali qazilmalar qazib olish, temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, truboprovod, irrigatsiya kanallari qurish o‘rmonlarni kesib tashlash va x-lar). Ko‘chki xavfi zonasida yashovchi aholi o‘zlarining uy yoki xo‘jaliklari ko‘chki ta’siri ostida qolish – qolmaslikdarini bilishi shart. Bunday joylarda yashash yoki boshqa maqsadlar uchun qurilishlar qilishdan saqlanish kerak. Ko‘chki ta’sirida binolar vayron bo‘lishi, insonlar halok bo‘lishi mumkin. Ko‘chki xavfi to‘g‘risida ogohlantirish olingan paytda mahalliy hokimiyatlar tomonidan avvaldan ishlab chiqilgan rejalarga asosan aholi xavfsiz joylarga ko‘chirilishi kerak. Ko‘chki xavfi o‘tib ketgandan so‘ng elektr, gaz, suv bilan ta’minlash manba’larini ishga yaroqli ekanligiga ishonch hosil qilish va shundan so‘ng ulardan foydalanish kerak. Respublikamizdagi barcha ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan uchastkalar nazorat ostiga olingan Ko‘chki xavfi yuzaga kelganda davlat kuzatish xizmati mahalliy hokimiyat organlarini zudlik bilan ogohlantiradi va ko‘chki xodisalarining oldini olish va oqibatlarini, zararlarini kamaytirish tadbirlari to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar beradi. Ko‘chki jarayonlarining rivojlanish belgilarini aniqlangan paytda har bir fuqaro shoshilinch tarzda aholini xavfli hududlardan xavfsiz joylarga ko‘chirish choralarini ko‘rish uchun zudlik bilan mahalliy organlarga xabar etkazishi, uni ogohlantiruvchi belgilar bilan ko‘rsatishi xavflilik darajasini tekshirish maqsadida davlat kuzatish xizmatini chaqirishlari shart. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling