2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

X u l o s a. 
Biz yuqorida o‘rganib chiqqan zilzila, ko‘chki, o‘pirilish, sel, suv toshqini, qor 
ko‘chkisi, kuchli shamollar kabi favqulodda vaziyatlar keltiradigan moddiy zarari, 
qurbonlar sonining ko‘p bo‘lishi bilan ajralib turadi. Lekin shunga qaramasdan 
ulardan keladigan zarar miqdorini kamaytirish mumkin. Bunga erishish yo‘llaridan 
biri ularning kelib chiqish sabablari, darakchilari va belgilarini bilib olish, ushbu 
favqulodda vaziyatlar yuz berish xavfi paydo bo‘lganida va ro‘y bergan damda 
xotirjam, vaziyatga oqilona baho bergan holda to‘g‘ri harakat qilishlikdir. 
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasining Seysmologiya instituti, Davlat geologiya va mineral resurslar 
qo‘mitasining ko‘chki partiyalari, «O‘zgidromet» markazi ushbu favqulodda 
vaziyatlar yuz berish ehtimoli mavjud bo‘lgan zonalarni aniqlash, xavfli hududlar
xaritasini tayyorlash, atrof muhitni kuzatish ishlari bilan shug‘ullansa, Favqulodda 
vaziyatlar vazirligi aholiga ushbu favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganida va yuz 
berganida to‘g‘ri harakat qilish qoidalarini o‘rgatish ishlarini amalga oshiradi. 
Fuqaro muhofazasi boshliqlari va mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biri 
esa respublikamizning xavfli hududlarida ushbu qaror talablariga so‘zsiz amal 
qilinishini ta’minlashdan iborat. 
Favqulodda vaziyatlarni o‘rganib chiqib, barcha tabiiy favqulodda vaziyatlar 
ayrim umumiy qonuniyatlarga bo‘ysinadi, degan xulosaga borish mumkin: 
1. Har bir favqulodda vaziyat uchun aniq bir hudud xos. 
2. Xavfli tabiiy hodisaning kuchi (quvvati) qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik 
kam ro‘y beradi. 
3. Har bir tabiiy ofatning o‘ziga xos belgilari (darakchilari) mavjud. 
4. U yoki bu favqulodda vaziyat qanchalik kutilmaganda ro‘y bermasin, uni 
bashorat qilish mumkin. 
5. Ko‘pgina hollarda tabiiy favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning faol 
va nofaol usullarini oldindan ko‘rish mumkin. 
Tabiiy favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun uning sabablari va 
mexanizmlarini o‘rganib chiqish zarur. Tabiiy xavfli hodisalarni o‘z vaqtida va aniq 


prognoz qilish aholi va hududlarni ulardan samarali muhofaza qilishning muhim 
sharti hisoblanadi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling