2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza
Kuydirgi
Kuydirgi – spora hosil qiluvchi bakteriyalar chaqiradigan, asosan o‘ziga hos karbunkul, ba’zida o‘pka yoki ichak yallig‘lanishi hamda sepsis holatlarida kechadigan o‘ta xavfli yuqumli zoonoz kasallikdir. Tarixiy ma’lumotlar. Ko‘p asrlar davomida kuydirgi keng tarqalgan kasallik bo‘lib, bir zamonlar odamzot boshiga ko‘p talofot keltirgan. Kuydirgidan har yili millionlab uy hayvonlari halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar kasallangan. Qadim zamonlarda kuydirgini «muqaddas olov», «fors olovi» nomlari bilan ham atashgan. Kasallikning kelib chiqishi. Kuydirgini qo‘zg‘atuvchi mikrobni birinchi marta 1855 -yilda shu kasallikdan nobud bo‘lgan ot organizmidan rus olimi Braueler topgan. 1886- yilda R. Kox uning toza kulturasini olishga muvaffaq bo‘lgan. Kuydirgi mikrobi uzunligi 5-8 mkm, yo‘g‘onligi 1-1,5 mkm keladigan tayoqcha tuzilishida bo‘lib, yuqori harorat va turli dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida bir necha daqiqa ichida halok bo‘ladi. Sporalari esa tashqi muhitga juda chidamli, 70 darajaga teng issiqda sporalar bir-necha soat saqlanadi. Qaynatilganda 30 minutdan keyin parchalanadi. Tuzlangan go‘shtlarda uzoq vaqt saqlanadi. Epidemiologiyasi. Kuydirgidan o‘lgan bemor jasadi yorib tekshirilganda qonning quyuq tortib rangi qorayib qolganligi kuzatiladi. Jigar va taloq kattalashgan va to‘q-qizil rangda bo‘ladi. Boshqa ichki organlarga ko‘pincha qon quyiladi. Bosh miyada gemorragik meningoensefalit alomatlari paydo bo‘ladi, shunga o‘xshash gemorragik o‘zgarishlar boshqa hamma organ va to‘qimalarda ham kuzatiladi. Gemorragiya yuz bergan joylarda kuplab kuydirgi tayoqchalari topiladi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 6-8 kungacha cho‘ziladi, o‘rtacha 2-3 kun davom etadi. Kuydirgining klinik turlaridan terini zararlaydigan turi (teri turi) va septik turi ma’lum. Kuydirgining teri turi kuydirgi karbunkuli deb ham nomlanadi. Kuydirgi karbunkuli ko‘pincha badanning ochiq yerlarida (yuz, bo‘yin, qo‘llar) joylashadi. Kuydirgi tayoqchasi kirgan joyda avvalo qizil tuguncha paydo bo‘ladi, bu tuguncha tez-orada pufakchaga aylanadi. Pufakcha ichida qon aralash seroz-suyuklik bo‘ladi. Pufakcha yorilgach o‘rnida yara paydo bo‘ladi, bu yara tezda qotib, quriydi va qo‘ngir rangli qora qobiq (qo‘tir) bilan qoplanadi. Qora qobiq og‘rimaydi, lekin asta- sekin kattalashib boradi. Qora qobiq atrofida mayda pufakchalar paydo bo‘ladi, bu kuydirgiga juda xosdir. Kuydirgi karbunkuli atrofidagi ancha joy shishib chiqadi. Karbunkul og‘rimaydi. Kasallikning birinchi kuni bemorning badani qaqshab, ozgina boshi og‘riydi, darmonsnzlik seziladi. Ikkinchi kuni bemor eti uvishib, qaltiraydi va harorati 39-40 darajaga ko‘tariladi, bosh og‘rig‘i kuchayadi, uyqusi buziladi. Taxikardiya aniqlanadi. Harorat 5-6 kundan so‘ng pasaya boshlaydi, bemorniig ahvoli yaxshilanadi, karbunkul ham qayta boshlaydi: avval shishi kamayadi, 2-3 xafta oxirida qora qobiq ko‘chib tushadi va tagida chandiq ko‘rinadi. Kuydirgi og‘ir o‘tganda kasallikning ikkilamchi septik turi boshlanishi mumkin. Septik turi juda kam uchraydi. Kasallik alimentar yoki havo-tomchi yo‘li bilan yuqqan hollarda paydo bo‘ladi. Ba’zan teri turining asorati tarzida ham uchraydi. Kasallikning septik turi birdaniga boshlanadi. Bemor eti uvishib, qaltiraydi, harorati 39-40 darajagacha ko‘tariladi. Tez-tez nafas oladi, taxikardiya aniqlanadi. Ko‘pincha bemor biqini sanchib, yo‘taladi va qon aralash balg‘am ajratadi. Tekshirib ko‘rilganida pnevmoniya va ekssudativ plevrit belgilari aniqlanadi. Ba’zan infeksion-toksik shok yuz beradi. Bemorning qoni va balg‘amida juda ko‘p kasallik mikroblari topiladi. Ba’zi bemorlar ko‘ngli aynab, qon aralash qusadi, qorni qattiq og‘riydi, qon aralash ichi ketadi. Ba’zi hollarda bemorda meningoensefalit simptomlari paydo bo‘ladi. Kuydirgining septik turida bemorning ahvoli ko‘pincha og‘ir bo‘ladi. Harorat 40-41 daraja atrofida bo‘ladi, bemor ahvoli birdan og‘irlashib, qayta-qayta qaltiraydi, kuchli taxikardiya va gemorragiya alomatlari aniqlanadi (terida gemorragik toshma paydo bo‘ladi, shilliq pardalarga qon quyiladi, bemor qon aralash balg‘am ajratadi), gemorragik pnevmoniya boshlanadi, o‘pka shishadi, meningoensefelit belgilari ko‘rinadi va bemor oldiniga sopor, keyin koma holatiga tushib, o‘lib qoladi. Laboratoriya diagnostikasi. Kuydirgining laboratoriya diagnostikasi uchun bakteriologik, bakterioskopik, allergik va biologik usullar qo‘llaniladi: Bakteriologik usul - kasallikning teri turida pufakchalar suyuqligi, septik turida bemorning qoni, balg‘ami, ahlati va siydigi maxsus ozuqa muhitlariga ekiladi; Bakterioskopik usul - tekshirish kerak bulgan materialdan surtma tayyorlanib, bo‘yaladi va mikroskop ostida ko‘riladi. Kuydirgi mikroblari huddi zanjirga o‘xshab qator bo‘lib joylashgan holda ko‘zga tashlanadi; Biologik usul - tekshiriladigan materialni fiziologik eritma bilan 10 barobar suyultirilib, undan 0,1-0,2 ml olinadi va oq sichqon yoki dengiz cho‘chqasining terisi ostiga yuboriladi. Ular 10 kun davomida kuzatiladi. Agar materialda kuydirgi mikrobi bo‘lsa, hayvonlarda sepsis boshlanib, ular 1-3 kunda o‘ladi; Allergik reaksiya - 0,1ml miqdoridagi antraksin bemor qo‘li terisi orasiga yuboriladi. 24-48 soatdan so‘ng ukol qilingan joyda yallig‘lanish alomatlari paydo bo‘lsa, reaksiya musbat hisoblanadi. Qizargan va shishgan joyining satxi 15 mm gacha bo‘lsa, reaksiya kam musbat (+), 15-25 mm bo‘lsa musbat (++) va 20-40 mm va bundan katta bo‘lsa o‘ta musbat (+++) deb baholanadi. Differensial diagnostikasi. Kuydirgining teri turini oddiy karbunkul va o‘lat, ya’ni tounning teri turidan farqlash kerak. Oddiy karbunkul og‘riydi, o‘rtasida yiringli uchi ko‘rinadi, uning atrofi qizargan bo‘lib, sarg‘ish rangli qora qo‘tir xosil bo‘ladi. O‘latning teri turi qattiq og‘riydi, o‘rtasidagi qora qo‘tir atrofida mayda pufakchalar bo‘lmaydi, shish kuydirgidagidan ancha kam bo‘ladi. Kuydirgining septik turini avvalo o‘latning o‘pka turidan farqlash kerak. Bemor balg‘amida ko‘p mikdorda kuydirgi tayokchalari topiladi. Davosi. Bemorga antibiotiklar bilan bir vaqtda kuydirgiga qarshi immunoglobulin ham buyurish maqsadga muvofiq. Penitsillin kuniga 6-24 mln TD dan, kamida 7-8 kun davomida muttasil berib boriladi. Kasallikning septik turida turida sefalosporin, levomitsetin, natriy suksinat, gentamitsin buyuriladi (sefalosporin bir kunda 4-6 g, levomitsetin, natriy suksinat 3- 4 g, gentamitsin 240-320 mg dan beriladi). Gammaglobulin kasallikning engil xilida 20 ml dan, o‘rtacha og‘ir va og‘ir turlarida 40-80 ml dan tayinlanadi. Og‘ir ahvoldagi bemorni davolashda 400 ml gacha sarf qilinadi. Antibiotiklardan tashqari kolloid va kristalloid eritmalar, plazma, albumin ham ishlatiladi. Kasallikning og‘ir turida kortikosteroidlar qo‘llaniladi. Infeksion shok yuz berganda bemorning ahvoliga qarab zudlik bilan tegishli davo choralari ko‘riladi. Kuydirgining teri turida jarroxlik usullarini qo‘llash taqiqlanadi. Aks xolda sepsis boshlanishi mumkin. Profilaktikasi. Profilaktik chora-tadbirlar veterinariya va tibbiyot xodimlarining hamkorligida olib boriladi. Infeksiya manbalarini tugatish ishini veterinariya xodimlari amalga oshiradi, tibbiyot xodimlari esa buni nazorat qilib turadi. Zootexniklar va veterinariya xizmati xodimlari hayvon mahsulotlari bilan ishlaydigan kishilar (qushxona, teri zavodlari, mo‘yna fabrikalari ishchilari) maxsus vaksina bilan emlanadi. Bemor kasalxonada alohida xonaga yotqiziladi. Uning uyida dezinfeksiya qilinadi. Bemorga yaqin yurgan kishilar 8 kun davomida nazorat ostida bo‘ladilar va ularga nisbatan shoshilinch profilaktika choralari ko‘riladi. Kuydirgidan xalok bo‘lgan xayvon va odam jasadi kuydiriladi yoki maxsus tobutga solib, 2 metr chuqurlikka ko‘miladi. Infeksiya o‘chog‘ida bo‘lganlarga nisbatan ko‘riladigan shoshilinch profilaktika choralari sifatida ularga kuydirgi gammaglobulini bilan penitsillin ukol kilinadi. 7-10 kun davomida gammaglobulin va penitsillin yuborilgandan sung vaksina bilan emlanadi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling