2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

Quturish. 
Quturish o‘tkir yuqumli zoonoz kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining 
zararlanishi (ensefalit boshlanishi) bilan ta’riflanadi. Quturish kasalligi qadim 
zamonlardan beri ma’lum. Odamlarda quturish kasalligi itlarning tishlashi natijasida 


kelib chiqishini birinchi marta Aristotel (meloddan avvalgi 4 asr) aniqlagan. 
Quturishning klinikasini dastlab I asrda Sels yoritdi va uni gidrofobiya (suvdan
qo‘rqish) deb atadi. 
Mashhur fransuz olimi Lui Paster (1881 -1888) quturishga qarshi emdori - 
vaksina topdi va ishlab chiqdi, it, bo‘ri tishlagan odamlarni shu emdori bilan 
emlashni amalda joriy etdi. 
Etiologiyasi. Quturishni quzgatuvchisi neyrotrop virus, bo‘lib, u quturgan 
hayvonning so‘lagida bo‘ladi, tashqi muhitda uzoq saqlana olmaydi. 1887- yilda 
Babesh va 1903 -yilda Negri quturib o‘lgan hayvonlar bosh miyasining ammon 
shoxi deb ataluvchi qismida dog‘ga o‘xshash yumaloq tuzilmalar borligini 
aniqlaganlar. Keyinchalik boshqa olimlar ana o‘sha dog‘lar quturish virusi ta’sirida 
paydo bo‘lishini isbotladilar. Virus dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida 5-10 
minut, qaynatilganida 2 minut davomida halok bo‘ladi. Quritilganda va past 
haroratda uzoq vaqt tirik saqlanadi. 
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai quturgan itlar, mushuklar, bo‘rilar, 
tulkilar, bo‘rsiqlar va boshqa hayvonlardir. Kamdan-kam hollarda kasallik 
quyonlardan, kalamush va sichqonlardan yuqishi mumkin. Itning so‘lagida virus 
quturish belgilari ma’lum bo‘lishidan 7-10 kun ilgari paydo bo‘la boshlaydi. Itdan 
quturish kasalligi yuqishi uchun itning odamni tishlashi shart emas, uning so‘lagi 
odam terisidagi kichkina shilingan yoki tirnalgan joyiga tushsa ham kasallik yuqadi. 
Kuturish yoz-kuz oylarida ko‘proq uchraydi, chunki yilning bu fasllarida kishilarni 
itlar ko‘proq tishlaydi. Odam boshi va yuzining tishlanishi oyoq-qo‘llar tishlanishiga 
qaragaida ancha havflidir. Itning kiyim-kechak ustidan odamni tishlashi ham xatarli. 
Patogenezi. YAralangan odam terisiga tushgan it so‘lagidagi virus nerv 
tolalari bo‘ylab bosh va orqa miyaga etib boradi va ularda ko‘payib, chuqur- 
o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa adashgan nerv tomoq-til va til osti 
nervlarining yadrolari ko‘proq zararlanadi. YUtish va nafasda qatnashadigan 
muskullarning tortishib, qisqarishi, talvasaga tushib, tirishish, qattiq terlash va so‘lak 
oqishi ana shu nervlarning zararlanishiga bog‘liqdir. Bosh miyada ko‘paygan 
viruslar nerv tolalari orqali ichki organlarga, jumladan so‘lak bezlariga o‘tadi. SHu 
sababdan quturgan hayvonning so‘lagida virus ko‘p bo‘ladi. 
Patologik anatomiyasi. Kuturishdan o‘lgan odamlar murdasi yorib 
tekshirilganida bosh miya pardasi, uzunchoq miya, miyacha, ammon shoxi, orqa 
miya, simpatik gangliyalarda shish paydo bo‘lib, ularga qon quyilib kolgani 
kuzatiladi. O‘pka qonga to‘lib ketadi, yurak muskulida degenerativ o‘zgarishlar, 
shilliq pardalarda qon quyilish alomatlari aniqlanadi. 
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion, ya’ni yashirin davri 1-2 oy davom etadi, 
ba’zan 2 haftagacha qisqarishi yoki 1 yilgacha uzayishi mumkin. YAshirin davrning 
kisqa yoki uzoq bo‘lishi quturgan hayvon tishlaganda yuzaga kelgan jarohatning 


qaerga joylashgani, katta-kichikligi va chuqur-yuzakiligiga bog‘liq. Jarohat bosh 
yoki yuzda bo‘lsa, yashirin davr qisqaradi. Bolalarda esa bu davr kattalardagiga 
qaraganda umuman qisqaroq davom etadi. 
Quturishning klinikasida uch davr ajratiladi:
1) boshlang‘ich yoki prodroma davri;
2) qo‘zg‘alish davri;
3) falaj davri. 
Boshlang‘ich, ya’ni prodroma davri 2-3 kun davom etadi. Bemor uyqusi 
buzilib, ishtahasi bo‘g‘iladi. Unda qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi, kayfiyati o‘zgarib 
turadi. Keyii bemor atrofga loqayd bo‘lgan xolda yotadi. Harorati subfebril darajada 
bo‘ladi. Hayvon tishlagan joydagi jarohat tortishib og‘riydi. Suvdan va havodan 
qo‘rkish belgilari paydo bo‘ladi. Bemor chanqab, suyuklik ichishga urinsa, darxol 
yutish va nafas muskullari tortishib qisqarib, qattiq og‘riydi. Bu vaktda bemor juda 
qiynalib azob chekadi, shu sababdan u ichish u yokda tursin suvni ko‘rishi bilanoq 
undan qo‘rqadi. Ba’zan suyuqlikni ko‘rish emas, balki nomini eshitganida ham uni 
vahima bosadi. Bu holat quturish kasalligiga juda xos. Nafas va yutish muskullari 
havo harakati ta’sirida ham tortishib qisqarishi mumkin (aerofobiya). Bemorning 
harorati 38 darajagacha ko‘tariladi, ovozi bo‘g‘iladi, badani terlab, so‘lagi oqadi, 
hikichoq tutadi, ko‘z korachig‘i kengayadi, oyoq-qo‘llari og‘riydi, ko‘zlari bir 
narsadan qo‘rqqandek ko‘rinadi. Tomiri tez-tez uradi, aritmiya aniqlanadi. Nafas 
tartibsiz va yuzaki bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan bemor chuqur-chuqur nafas oladi. 
Muskullar tortishib, talvasalanish nafas va yutish muskullaridan boshlanib, keyin 
hamma muskullarga tarqaladi. Bunda arzimagan tovush, quyosh nuri va lampa 
yorug‘i yoki bemor badaniga biror narsannng sal tegishi hamma muskullarning 
tortishishiga sabab bo‘ladi. Bu davrda bemor uxlamaydi, o‘z-o‘zini tishlaydi, 
atrofdagilarga daf qilishi ham mumkin. Es-hushi kirdi-chiqdi bo‘lib qoladi. 
Keyinchalik bemor ko‘ziga yo‘q narsalar ko‘rinadi (gallyusinatsiya), u alaxlaydi. Bu 
davr 2-3 kundan 5-6 kungacha davom etishi mumkin. 
Falaj davrida gidrofobiya ancha kamayadi, bemor tinchlanadi, suyuqlik icha 
boshlaydi, lekin harorat yuqori bo‘lib qolaveradi, so‘zlarni anik-tiniq ayta olmaydi. 
Shu holatda oyoqlar falaji boshlanadi (paraplegiya). Ba’zan ayrim muskullargina 
falaj bo‘ladi. Oradan 15-20 soat vaqt o‘tgach tananing boshqa muskullari ham falaj 
bo‘la boshlaydi. Shu holat davom etib, bemor yurak faoliyati etishmasligi yoki nafas 
markazining falaji oqibatida o‘ladi. 
Diagiostikasi. Odamni it yoki boshqa hayvon tishlagani, gidrofobiya, 
aerofobiya borligi, nafasning tartibsiz bo‘lishi va vaqti-vaqti bilan chuqur-chuqur-
nafas olish quturish diagnozi uchun juda muxim, quturishni avvalo qoqsholdan, 
so‘ngra atropindan zaharlanishdan farqlash kerak. Qoqshol diagnoziga muskul-
larning tetanus xolda tortishib qisqarishi, sardonik tirjayish, trizm bo‘lishi, alahlash 


va gallyusinatsiya bo‘lmasligi, ko‘z qora-chiqlarining odatdagidek ko‘rinishi, bemor 
es-hushining aynamasligi va anamnezida it yoki boshqa bir hayvon tishlagani haqida 
ma’lumot yo‘qligi asos bo‘la oladi. Bundan tashqari quturgan odam muskullari 
tutqanoq tutmagan vaqtda tortishib qisqarib turmaydi. Ma’lumki, qoqsholda 
muskullar xamma vaqt qisqargan holda bo‘ladi. 
Atropindan zaharlanishda bemor ko‘z qorachiqlari kengaygan, afti-basharasi 
qizargan bo‘ladi, gidrofobiya, aerofobiya hodisalari ko‘rilmaydi 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling