2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

Pandemiya– epidemiya jarayonining eng yuqori rivojlanish darajasi. Juda kuchli 
epidemiya bo‘lib,unda yuqumli kasallik nisbatan qisqa vaqt ichida ko‘plab 
mamlakatlar aholisining(ba’zida bir necha kontinentlardagi) katta qismiga zarar 
yetkazadi. Pandemiya eng xavfli shakldagi, ya’ni dunyoning katta qismini qamrab 
olgan epidemiyadir. 
Pandemiya hududida karantin. 
Hozirgi kunda eng xavfli yuqumli kasalliklar qatoriga: vabo, tulyaremiya, 
brutselloz, kuydirgi, Qrim gemorragik isitmasi va quturish kiradi. Vabo epidemiya 
xarakterini olishi mumkin bo'lgan kasalliklar qatoriga kiradi. 
 Panzootiya – mamlakatni, bir guruh mamlakatlarni, kontinentni qamrab olivchi 
hayvonlarning yuqumli kasalligining g‘ayrioddiy keng tarqalishi hisoblanadi. 


FV zonasida karantin va unga tutash hududlarda observatsiya rejimi mahalliy 
ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori bilan o‘rnatiladi.
 Karantin - bu biologik ifloslanish manbasini ajratish, lokalizatsiya qilish va 
bartaraf etishga qaratilgan rejim, maʼmuriy, iqtisodiy, epidemiyaga qarshi, 
sanitariya-gigiyena, epizootiyaga qarshi, veterinariya-sanitariya va davolash-
profilaktika tadbirlarini oʻz ichiga olgan cheklovchi chora-tadbirlar tizimidir. 
Birinchi navbatda, karantin bevosita biologik ifloslanish o‘chog‘ida o‘rnatiladi. 
Zarur bo‘lganda va kasallikning tarqalish xavfi mavjud bo‘lsa, uning zonasining 
chegaralariga aniqliklar kiritiladi. Karantin zonasida qo‘zg‘atuvchining turi 
aniqlanmaguncha, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklardan himoya qilish rejimi uchun 
belgilangan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 
Karantin zonasida quyidagilar amalga oshiriladi:
-favqulodda vaziyat zonasini (karantin zonasini) qo‘riqlash (o‘rab olish), 
infeksiya o'chog'iga kirish va undan chiqish ustidan qat'iy nazorat qilish;
-aholi, tibbiyot muassasalari, jamoat transporti, savdo tarmoqlari va obyektlari 
tomonidan karantin zonasida qat’iy epidemiyaga qarshi rejimga rioya etilishi; 
-yuqumli kasalliklar shifoxonalari, izolyatorlar va observatorlarni muhofaza 
qilish; -infeksiya o‘chog'idan har qanday mol-mulkni, oziq-ovqat, sanoat va qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini zararsizlantirmasdan olib chiqishni taqiqlash;
-avtotransportning infeksiya o‘chog'i orqali o‘tishini va uni tranzit paytida 
ajratilgan joylardan tashqarida to‘xtashini taqiqlash; 
-infeksiya o‘chog‘idagi odamlarni kichik guruhlarga ajratish va ular o‘rtasidagi 
aloqalarni to‘xtatish;
-ta’lim muassasalari, bozorlar va madaniyat muassasalari faoliyatini to‘xtatish; 
-observatorlar tashkil etish va karantin zonasidan istisno tariqasida chiqib 


ketayotgan shaxslarni observatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish; 
-shoshilinch va o‘ziga xos profilaktika ishlarini olib borish;
-hayvonlarning harakatlanishi va boqishini taqiqlash;
-obyektlar va aholi tomonidan belgilangan karantin qoidalari bajarilishini 
nazorat qilish. 
Observatsiya joriy etilganda quyidagilar amalga oshiriladi:
barcha turdagi transport vositalarining kirish, chiqish va tranzit 
harakatlanishini cheklash;
tashqi muhitning ifloslangan obyektlarini dezinfeksiya qilish va aholini 
sanitar ishlovdan o‘tkazish;
yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va ularni bartaraf etishga 
qaratilgan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarning amalga 
oshirilishi ustidan tibbiy nazoratni kuchaytirish;
qishloq xo‘jaligi hayvonlari va chorvachilik mahsulotlarining ifloslanishi 
ustidan veterinariya-bakteriologik nazoratni kuchaytirish. 
FVlar komissiyasi biologik zaharlanish sodir boʻlganligi toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlar yoki karantin (observatsiya) oʻrnatish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani 
olganda darhol hokimliklarni,mahalliy o‘z -o‘zini boshqarish organlarini,
tashkilotlar rahbarlarini, aholini, harbiy qismlarni xabardor qiladi, bunda infeksiya 
aniqlangan joy (hudud), karantin yoki observatsiya zonasi deb e'lon qilingan hudud 
koʻrsatib o‘tiladi; belgilangan karantin qoidalarining bajarilishini tashkil etadi va
nazorat qiladi. 


Dezinfeksiya 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling