2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar. 
Favqulodda epidemeologik, epizootik va epifitotik vaziyatlarga quyidagilar 
kiradi: -O‘lat, vabo, sarg‘ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib 
chikargan alohida xavfli infeksiyalar; 
-Zoonoz infeksiyalar – sibir yazvasi (kuydirgi), qutirish; 
-Virusli infeksiyalar – SPID; 
Epidemiya – alohida xavfli infeksiyalarga tegishli bo‘lmagan, yuqish manbai 
bitta yoki yuqish omili bir xil bo‘lgan odamlarning guruh bo‘lib yuqumli 
kasallanishi, bir aholi punktida – 50 kishi va undan ortiq; 
-Aniqlanmagan epitologiya bilan guruh bulib ksallanish – 20 kishi va undan 
ortiq;
-Tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi – 15 kishi va undan ortiq
-O‘lim yoki kasallanish darajasi o‘rtacha statistik darajadan 3 barovar va undan 
ortiq bo‘lgan vaziyat
-Zaharli moddalar bilan zaharlanish – jabrlanganlar soni 10 kishi, vafot etganlar 
soni – 2 kishi va undan ortiq; 
-Oziq – ovqatdan ommaviy zaharlanishjabrlanganlar soni 10 kishi, vafot 
etganlar soni – 2 kishi va undan ortiq. 
Epizootiya – hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi. 
 Epifitotiya – o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi. 
O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar, ularning oldini olish. 
Shu vaqtgacha yer yuzida ma’lum bo‘lgan va o‘rganib chiqilgan yuqumli 
kasalliklarning soni 1060 dan ortgani va ularning ba’zilari hali ham vaqti-vaqti bilan 
epidemiya, hattoki pandemiya shaklida keng tarqalib turishi aholi sog‘ligiga va 
umuman jamiyatga katta zarar keltiradi. 
Yuqumli kasalliklarni patogen bakteriyalar, viruslar va bir hujayrali sodda 
jonivorlar qo‘zg‘atadi. Infeksiya avj olishi murakkab ijtimoiy-biologik jarayon 
bo‘lib, mikrob bilan makroorganizmning o‘zaro ta’siri natijasiga bog‘liq. Patogen 
bakteriya kirganda odam organizmida patologik o‘zgarishlar, moslanish va 
himoyalanish jarayoni yuz beradi. Ya’ni infeksion kasallik rivojlanadi. Patogen 
mikrob organizmga kirgandan so‘ng kasallik rivojlanishi shart emas. Patogen 
mikrob bilan odam organizmi o‘rtasidagi munosabat turlicha bo‘lishi mumkin, bu 
bir tomondan mikrobning virulentligi va ikkinchi tomondan odam organizmining 
ana shu kasallikka moyilligi va reaktivligiga bog‘liq. 


Odam organizmi patogen mikrobga duch kelganida ba’zan unga xech qanday 
ta’sir ko‘rsatmaydi. Masalan, qoramollarning o‘lat kasalligiga odam organizmi 
reaksiya bermaydi. Bunday holat organizmning tabiiy yuqtirmaslik xususiyatidir. 
Ba’zi mikroblar odam organizmida uzoq vaqt zarar keltirmay yashashi mumkin 
(saprofitlar), odam organizmining kuch-quvvati susayganda ana shu saprofit 
mikroblarda patogenlik xususiyati paydo bo‘lib, ular hujumga o‘tadi. Ya’ni 
saprofitlar patogen mikroblarga aylanib qoladi. Bunday mikroblar shartli patogen 
mikroblar deb yuritiladi. Shartli patogen mikroblar endogen infeksion kasalliklarni, 
boshqacha aytganda autoinfeksiyalarni qo‘zg‘atadi. Shunday qilib, autoinfeksiyalar 
yoki endogen infeksion kasalliklar organizmda yashab turgan mikroblar ta’siri 
natijasida paydo bo‘ladi. 
Yuqumli kasalliklar boshqa kasalliklardan quyidagi 4 ta xususiyati bilan farq 
qiladi:
1. Yuqumli kasallikni tirik patogen mikrob qo‘zg‘atadi. 
2. Bemor o‘z navbatida kasallik manbai bo‘ladi va uni boshqalarga yuqtirishi 
mumkin. 
3. Bemor qaysi yuqumli kasallik bilan og‘rib o‘tsa, uning organizmida o‘sha 
kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘ladi va shu kasallikning qaytadan yuqishiga 
qarshilik ko‘rsatadi. 
4. Yuqumli kasalliklar muayyan davrlar bilan, ya’ni siklik tarzda rivojlanadi 
va so‘nadi 
Yuqumli kasalliklar yuqush yo‘llariga ko‘ra 5 guruhga bo‘linadi: 
1. Yuqumli ichak kasalliklari. 
2. Yuqumli nafas yo‘llari kasalliklari. 
3. Qon orqali yuquvchi kasalliklar. 
4. Teri va shilliq pardalari yuqumli kasalliklari. 
5. Har turli yo‘llar bilan yuquvchi kasalliklar (kuydirgi, tuberkulyoz, 
tulyaremiya, leyshmanioz, ensefalit, difteriya, skarlatina va b.) 
Epidemiologiya yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi, avj olishi, 
tarqalishini o‘rganadigan va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqadigan fan. 
Yuqumli kasalliklarning odamlar orasida paydo bo‘lishi, avj olishi va 
tarqalishi - epidemik jarayon deyiladi.
Epidemik jarayon 3 ta omil tufayli yuzaga keladi: 
1. Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari manbai - bular bemorlar, mikrob 
tashib yuruvchilar va hayvonlardir. 
2. Kasallik tarqatuvchi mikrobning yuqish yo‘li. Bunda bemorlar, mikrob 
tashib yuruvchilar va hayvonlar mikroblarni tashqi muhitga chiqaradilar. Patogen 
mikroblar tashqi muhitda saqlanib keyin odam organizmiga tushib koladi. 
3. Odam organizmining yuqumli kasallikka beriluvchanligi. 



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling