2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

O‘zbekiston uchun xos bo‘lmagan tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar. 
Sunami. Shimoliy Amerikaning g‘arbiy sohillari, Aleut orollari, Filippin, Yangi 
Gvineya, Indoneziya, Tinch okeanining janubiy qismidagi orollar, Gavay orollari, 
Peru, Chili va Markaziy Amerika bu erda ro‘y beradigan zilzilaning doimiy hamrohi 
halokatli sunami zarbasiga duchor bo‘lib turadi. 
Yaponcha “sunami” so‘zi zilzila yuzaga keltirgan okean to‘lqinini belgilash 
uchun qabul qilingan. Sunamini yanada aniqroq belgilash uchun “seysmik dengiz 
to‘lqini” atamasini ham qo‘llash mumkin.
Sunamining yuzaga kelish sabablari. Ko‘p hollarda yirik sunami zilzila vaqtida 
dengiz tubining vertikal siljishidan yuzaga keladi. 1964- yilgi Alyaska zilzilasidan 
so‘ng o‘tkazilgan tadqiqotlar sunamining yuzaga kelish mexanizmini aniqlash 


imkonini berdi. Demak, sunamining qanday yuzaga kelishini olimlar bilib 
olishganiga unchalik ko‘p vaqt o‘tganicha yo‘q.
Dengiz tubining tektonik siljishi sunamini keltirib chiqaruvchi yagona sabab 
emas. Vulqon otilishlari ham bunga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, 1883- yil 27- 
avgustda Krakatau orolida vulqon shunday katta portlash kuchi bilan otilganki, bu 
vaqtda hosil bo‘lgan sunami butun dunyo portlari bo‘ylab tarqalib, 5000 ga yaqin 
kemani yakson qilib tashlagan. Sunami va vulqon otilishidan 36000 kishi halok 
bo‘lgan. Xuddi shunga o‘xshash vulqon otilishi Egey dengizidagi Santorin orolida 
yuz bergan, arxeologlar bu sanani taxminan miloddan avvalgi 1450- yil, deb 
belgilashdi. Hosil bo‘lgan sunami O‘rta yer dengizining sharqiy sohillariga juda 
katta zarar yetkazgan. 
yer osti ko‘chkisi ham sunamini keltirib chiqarishi mumkin. Ammo bunday 
ko‘chkilar juda kam ro‘y beradi va ularning keltirgan zarari unchalik katta 
bo‘lmaydi. 
Sunami oddiy to‘lqinlar kabi suv yuzasi bo‘ylab emas, aksincha xuddi tovush 
to‘lqini kabi suv ichida harakatlanadi va uning to‘lqin fronti suv yuzasidan dengiz 
tubiga qadar cho‘ziladi. Sunamining tezligi juda katta, masalan, Tinch okeanida 
sunami odatda 600-800 km/s tezlik bilan “yuguradi”. Okean tubi qanchalik chuqur 
bo‘lsa, sunamining tezligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Sunamiga xos bo‘lgan 
xususiyatlardan yana biri to‘lqinlar o‘rtasidagi katta davriylikdir. Bu vaqt bir necha 
daqiqadan bir necha soatgacha etishi mumkin. 1964 yilgi Alyaska zilzilasiga 
hamrohlik qilgan sunamining to‘lqini 1,7 s davriylikka ega bo‘lgan bo‘lsa, 1946- va 
1957 -yillardagi Aleut zilzilalarining sunamilari 7-15 daqiqa davriylik bilan 
kechgan. 
Shikastlovchi omillari. Sunami yuz bergan vaqtda talafotni quruqlikka yopirilib 
keladigan to‘lqinlar yetkazadi. Talafot quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
- suv sathining tez ko‘tarilishi oqibatida joyning suv ostida qolishi; 
- inshootlarga yetkaziladigan, harakatlanayotgan suv tomonidan hosil 
qilinadigan dinamik yuklama; 
- suv bo‘laklarni bino va boshqa ob’ektlarga olib kelib urganda beriladigan 
zarba; 
- tez oqayotgan suvdan poydevor oldidagi tuproqning yuvilib ketishi; 
- to‘xtab turgan kemalarning to‘lqin zarbi va suv sathining o‘zgarishidan 
shikastlanishi. 
Muhofaza tadbirlari. Bino va inshootlarning vayron bo‘lishining oldini olish 
uchun, yaxshisi, ularni sunami ta’sir etmaydigan joylarda qurish lozim. Agar buning 
iloji bo‘lmasa, binoni sunami ta’siriga nistaban chidash bera oladigan qilib qurish 
kerak. Masalan, bino o‘zining uzun tomoni bilan sunami yo‘liga ko‘ndalang 
joylashtirilishi mumkin, bunda to‘lqin zarbiga binoning kamroq qismi duchor 
bo‘ladi va zarba kuchiga ko‘proq chidamlilik namoyon qiladi. SHuningdek, 
binoning birinchi qavatini iloji boricha «ochiq» qilish, asosiy ustunlar orasida faqat 
yengil to‘siiqlardan foydalangan ma’qulroq. Shunda sunami birinchi qavat orasidan 
o‘tarkan, to‘siqlarni yulib olib ketadi va binoning o‘ziga minimal zarar keltiradi. 
Gavay orollarida bunday usuldan sohilbo‘yida joylashgan mehmonxonalarni 


qurishda ham, turar joy binolarini barpo etishda ham foydalaniladi. Bu yerda baland 
ustunlar ustiga joylashtirilgan, birinchi qavati yer yuzidan 3 m baland bo‘lgan, 
ustunlar oralig‘idan esa avtomobil to‘xtash joylari sifatida foydalaniladigan uylarni 
uchratish mumkin. 
Aholining harakati. Zilzilani uzluksiz kuzatish tizimi dunyoda shu darajada 
taraqqiy etganki, agar sunami yuzaga kelishi ehtimol bo‘lgan hududlarda zilzila yuz 
bergudek bo‘lsa, seysmologlar bu to‘g‘rida darhol xabardor bo‘lishadi. Bu safar 
sunami yuzaga keladimi yo yo‘qmi, buni hali aniqlab bo‘lmaydi. Ammo, Alyaska, 
Yaponiya yoki Janubiy Amerikaning g‘arbiy sohillarida yashovchilar zilzilani his 
etgan onlariyoq sohilni tark etishlari lozim. Har holda, sunami yuzaga kelib, Tinch 
okanini kesib o‘tguniga qadar zarur muhofaza chora-tadbirlarini ko‘rish uchun bir 
necha soat vaqt mavjud bo‘ladi. 
Tinch okeani qirg‘oqlarida zilzila ro‘y berdimi, xabar berish tizimi ishga 
tushadi. Agarda zilzila katta magnituda bilan va sunami xavfi mavjud hududlarda 
yuz bergan bo‘lsa, “Sunami ehtimoli bor” signali beriladi. Sunami haqiqatdan ham 
yuzaga kelgan holda “Sunami kelyapti” signali yuboriladi. Sunamining tarqalishi 
nazorat ostiga olinadi va yangi axborot olinishi bilan xabar qaytarilib turiladi. 
Berilgan xabarda to‘lqinning yetib kelish vaqti, aholining harakat qilish va 
evakuatsiya tartibi, yig‘ilish punktlari yoki mustaqil harakatlanish yo‘nalishi 
ko‘rsatiladi. 
Sunamining yaqqol belgisi – suvning qirg‘oqdan to‘satdan chekinishidir. 
Dengiz tubi ochilib qoladi, ayrim vaqtlarda tub yuzlab metr va hatto bir necha 
kilometr masofada ko‘rinib turadi. 
Qish vaqtida sunami belgisi muzlarning to‘satdan yorilishida, noodatiy 
to‘lqinlarlarning yuzaga kelishi, muz chetlarida suvning chiqarib tashlanishi, 
muzlarning g‘alati harakatlarida namoyon bo‘ladi. 
Bunday belgilarni ko‘rdingizmi, bilingki, qutulib qolish uchun ixtiyoringizda 
o‘n daqiqadan sal oshiqroq vaqt bor: sohilbo‘yida suvning tezligi 50-100 km/s 
bo‘ladi. Darhol, yo‘l-yo‘lakay boshqalarni ham ogohlantirgan holda yaqin oradagi 
tepaliklarga – kamida 30-40 m balandlikka chiqib olish lozim. Yo‘lingiz tepalikning 
yonbag‘ri bo‘ylab o‘tishiga e’tibor bering.
Agar bu vaqtda bino ichida bo‘lsangiz, yuqori qavatlarga ko‘tarilish, barcha 
eshiklarni tambalash, okeanga qarama-qarshi tomondagi xonada xavfsiz joylarni 
(tayanch ichki devorlar oldi, ustunlar va to‘sinlar osti, tayanch devorlar tashkil etgan 
burchak) egallash lozim. Shuni aslo yoddan chiqarmaslik lozimki, faqatgina 
mustahkamligiga ishonch hosil qilgan bino ichidagina qoling. Mobado bino to‘lqin 
zarbasiga dosh bera olishiga shubhangiz bo‘lsa, boshqa joyni tanlang.
Bu vaqtda binodan tashqarida bo‘lsangiz, to‘lqin zarbasiga uchramaydigan 
joylarni toping: tog‘ qoyasi orqasi, mustahkam daraxt usti va h.k. Vaqtingiz yetarli 
bo‘lsa, poyabzal va ustki kiyimlaringizni yechib tashlang, nima bo‘lganda ham 
ochiq joyda sunami to‘lqini bilan to‘qnash kelib qolmaslikning chorasini izlang. 
To‘lqin ichida qolishga to‘g‘ri kelib qolsa, chuqur nafas olish, qo‘llar bilan 
boshni to‘sib, oyoqlarni qoringa tomon tortish lozim. Suv yuzasiga qalqib chiqqach, 
ustki kiyimlarni yechib tashlash zarur. Keyin suv yuzida ushlab tura olishi mumkin 
bo‘lgan biror narsani topishga urinib ko‘rish kerak. Birinchi to‘lqin o‘tib ketganidan 


so‘ng ikkinchisini kutib olishga tayyorlanish lozim. Odatda to‘lqinlar soni 3 tadan 9 
tagacha yetishi mumkin. Ular oralig‘idagi vaqt 3 daqiqadan 3 soatgacha yetadi.
Xavfsiz joyga chiqib olishga ulgurganlar esa to‘lqin o‘tib ketganidan 2-3 soat 
o‘tmay, joylariga qaytishlari mumkin emas. To‘lqinlar qaytarilmasligiga esa 
faqatgina fuqaro muhofazasi xizmatlari signalidan so‘nggina ishonch hosil qilish 
mumkin. 
Vulqon. Magmaning yer qobig‘ida va uning yuzasida siljishi bilan bog‘liq 
jarayonlar majmui vulqonizm deb ataladi. 
Magma (yunoncha magma – quyuq maz) – asosan silikat tarkibli suyuq massa. 
U Yerning chuqur qa’rida hosil bo‘ladi. Magma o‘choqlari mantiyada 50-70 km 
chuqurlikda bo‘ladi. Yer yuzasiga yetib borgach, magma lava ko‘rinishida yoriqlar 
yoki vulqon bo‘yni orqali otilib chiqadi. 
Lava magmadan otilish vaqtida ajralib chiqadigan gazlarning bo‘lmasligi bilan 
farq qiladi. 
Vulqon geologik yer qobig‘ida yoriqlar ustida yuzaga keladigan hosilalardir. 
Ular bo‘ylab yer yuziga magma otilib chiqadi. Odatda vulqon – avvalgi 
otilmalarning mahsulotlaridan tashkil topgan alohida tog‘lardir. Ular harakatdagi, 
mudrayotgan va o‘chgan turlarga bo‘linadi. 
Mudrayotgan vulqonlarga otilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagan, 
ammo o‘zining konussimon shaklini saqlab qolgan va ular ostida lokal zilzilalar 
bo‘lib turadigan vulqonlar kiradi. O‘chgan vulqonlar – vulqon faolligi umuman 
sezilmaydigan vulqonlardir. 
Yer yuzida 600 ga yaqin harakatdagi vulqonlar mavjud. Ularning eng 
balandlari Ekvadorda (Kotopaxi – 5896 m va Sangay 
- 5410 m) va Meksikada 
(Popokatepetl – 5452 m). Eng halokatlisi esa unchalik baland bo‘lmagan (800 m) 
Indoneziyadagi Krakatau vulqoni hisoblanadi. 
Eng katta vulqon otilishi Indoneziyada 1815 yilning 5-7 aprel kunlari sodir 
bo‘lgan, 90 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. 
Sayyoramizdagi eng faol vulqon Kilauela (Gavay orollari, AQSH)dir. U 1983 
yildan beri uzluksiz otilib turadi, har soniyada 5 kub metr lavani tashqariga chiqarib 
tashlaydi. 
Vulqon hodisasini yaxshiroq tushunib olish uchun quyidagi ma’lumotlarga 
e’tiborni qarataylik. 1902 -yilning bahorida 1851- yildan beri tinch yotgan Martinika 
orolida Mon-Pele vulqoni uyg‘ona boshladi. Uning cho‘qqisidan quyuq tutun 
chiqardi. Vaqti-vaqti bilan kraterdan shiddat bilan qora tutun buluti otilib chiqar va 
yer osti guldurosi eshitilib qolardi. 
Halokatning tabiiy darakchilari tashvishga tushib qoldi. Ilonlar eski lavadagi 
teshiklardan sudralib chiqdi va shaharga yaqinlashdi; qushlar vulqonni uzoqdan 
aylanib uchishardi. Dengizda g‘alati jarayonlar namoyon bo‘la boshladi: dengiz 
sokin paytida chuqur to‘lqinlar paydo bo‘lar, suv birdan iliqlashib qolardi. 
Vulqon yaqinidagi ekinzor va qishloqlarga tushayotgan kul oxir-oqibat San-
P’ier shahriga ham yog‘a boshladi. Shahar qorong‘ulik ichra qoldi. Shovqin 
kuchayib, uning yoniga portlash tovushi ham qo‘shila bordi. So‘ngra vulqon 
tinchigandek bo‘ldi. Tinimsiz jala yog‘ardi. 7 maydan 8 mayga o‘tar kechasi vulqon 
otilishi yanada kuchaydi. Taxminan tungi soat 3 larda minglab zambaraklardan 


otilayotganday portlash tovushi yangradi. Kraterdan qizigan bulut otilib chiqdi va 
olov devori kabi juda katta tezlik bilan yonbag‘ir bo‘ylab shahar tomon intildi. Olov 
massasi xuddi uchayotganga o‘xshardi. Bir necha soniya ichida shahar 
tashqarisidagi uy va bog‘larga etib keldi, bir necha damdan so‘ng San-Pier shahrini 
yutib yubordi. Shahar qizigan bulut ichra yo‘qoldi. Ko‘chki oldida surib kelayotgan 
siqilgan havo to‘lqini dengiz qirg‘og‘ida uxlayotgan barcha aholini – 30 mingga 
yaqin kishini dengizga supurib tashladi. Gavandagi suv qaynayotganga o‘xshardi. 
Bug‘ning ulkan bulutida kemalar jufti ag‘darilib, cho‘kib ketdi. 
Taxminan 12 soatlardan so‘ng vulqon biroz tinchidi. Qirg‘oqqa harbiy kema 
yaqinlashganda kul qatlami ostidan atigi uch nafargina kuyib ketgan odamni 
topishdi. Ammo ularning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. 
Shaharning boshiga tushgan fojia anchagina achchiq saboq bo‘ldi, vulqon 
foaoliyati sabablari va oqibatlarini chuqurroq o‘rganishga undadi. Uning 
xususiyatlaridan biri qizigan bulutning hosil bo‘lishidir. U shiddat bilan gorizontal 
harakat qiladi, xuddi vodiy va daralar bo‘ylab uchayotganga o‘xshaydi, o‘zidan 
so‘ng jonsiz tabiatgina qoladi. Vulqon otilgan dam halok bo‘lganlarning jasadlari 
yana bir xususiyatni ko‘rsatib berdi. Jasadlarning deyarli barchasi yalang‘och edi, 
ularning kiyimlarini olov yo‘q qilib tashlagandi. Ammo eng muhimi bu emas – 
deyarli barchaning og‘zi qo‘llari bilan yopilgandi. Demak, odamlarga olov devori 
kelib urilgunga qadar, ular gaz va siqilgan havoda nafaslari bo‘g‘ilib qolgan, degan 
xulosa chiqarish mumkin. 
1669- yilda Etna vulqonining otilishi 50 ta shahar va 300 qishloqni vayron qildi, 
o‘zi bilan 100 ming odamning hayotini olib ketdi. Bunday qurbonlar, vulqonlar 
yaqinidagi yerlarning o‘ta hosildorligi qo‘ygan tuzoq tufaylidir, deb osongina 
aniqlik kiritish mumkin. Bu yerlarda tok, bug‘doy, guruch juda yaxshi o‘sadi. Shu 
sababli odamlar ushbu hududlarni tark etishmaydi. Axir hech kim bilmaydi-da, 
qachon tabiat yana ularga o‘z karomatlarini ko‘rsatishini. 
Shikastlovchi omillari. Vulqon otilishida birlamchi shikastlovchi omillar zarb 
to‘lqini, uchayotgan parchalar (toshlar, daraxtlar, bino elementlari qismlari), kul, 
vulqon gazlari (uglerod dioksid, oltingugurt dioksidi, vodorod, vodorod angidridi, 
ayrim vaqtlarda ftor), issiqlik nurlanishi, yonbag‘ir bo‘ylab 80 km/s tezlikda 1000
0

harorat bilan oqayotgan va o‘z yo‘lida barcha narsani kuydirib borayotgan lava 
hisoblanadi. 
Vulqon faoliyatining barcha ko‘rinishlari xavflidir. Qaynayotgan lava yoki 
bombachalarning xavfi o‘z o‘zidan ko‘rinib turibdi. Kul xavfi bundan kam emas, u 
barcha joyga kirib boradi. Pompeya xuddi shu tariqa halok bo‘lgan: kul qalinligi 7-
8 metrga etgan. 
Ikkilamchi shikastlovchi omillar – sunami, yong‘in, portlash, vayrona uyumlari, suv 
toshqinlari, ko‘chkilar. 
Vulqon nafaqat otilish vaqtida xavflidir. Krater yana uzoq muddat davomida tashqi 
tomondan qattiq tuyulgan po‘st ostida qaynayotgan massani yashirib turadi. 
Tumanni eslatuvchi kislotali yoki ishqorli gazlar ham xavflidir. 


Profilaktika tadbirlari. Vulqon otilishlarga qarshi kurash bo‘yicha profilaktika 
tadbirlari sifatida erdan foydalanishni tartibga solish, lava oqimlarini boshqa 
tomonga burib yuboruvchi dambalar qurish, lavani tuproq bilan aralashtirib 
yuborish va quyuqroq(va mos ravishda sekin harakatlanuvchi) massaga aylantirish
maqsadida lava oqimini bombardimon qilish va boshqa usullarni keltirish mumkin. 
Bugungi kunda ilm-fan insoniyatga vulqonning kutilmagan zarbidan saqlanish
vulqon otilishini oldindan ko‘ra bilish, transport vositalari bo‘lsa aholini xavfli 
hududdan tezgina evakuatsiya qilish imkonini beradi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling