2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari, kelib chiqish sabablari


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

Yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari, kelib chiqish sabablari
harakatlanish qoidalari va ularning oldini olish. 
Tabiiy favqulodda vaziyat turlaridan yana biri ko‘chki bo‘lib, uni o‘rganish,
baholash, bashorat qilish va undan aholini va iqtisodiyot obyektlarini muhofaza 
qilish mamlakat iqtisodini ko‘tarishda muhim hisoblanadi. Dengiz, ko‘l, soylar va 
tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan bo‘sh tog‘ jinslari ustki qismining yer ustki va ostki 
suvlari hamda o‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida pastga qarab harakat qilish hodisasi 
ko‘chki deyiladi. Ko‘chkilar Qrim, Kavkaz, Volga bo‘yi, Dnepr, Markaziy 
Osiyoning tog‘lik rayonlarida tez-tez bo‘lib turadi. Keyingi 15 yil ichida 
O‘zbekistonning kon sanoati rivojlangan Ohangaron, Olmaliq, Oltintopkan, Yuqori 
Chirchiq tumanlaridagi Xumson, Bog‘iston, Xo‘jakent va boshqa qishloqlarda, 
Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarining tog‘li hududlarida 
kuchli ko‘chki hodisalari ro‘y bermoqda.
1911- yilda G‘arbiy Pomirda 9 balli zilzila natijasida Usoy ko‘chkisi hosil 
bo‘lgan. Murg‘ob daryosi vodiysiga hajmi 2,2 m.kv keladigan tog‘ jinsi bo‘lagi 
ko‘chib, 205 km masofani bosib o‘tib daryo o‘zanini 450-500 m qalinlikda,
2 km uzunlikda 1 km kenglikda qumtosh, ohaktosh, gips va boshqa jinsdan tashkil 
topgan tog‘ to‘sib qo‘ygan. Talofat natijasida Usoy qishlog‘i ko‘chui ostida qolib
54 kishi nobud bo‘lgan.
1973-1975- yillarda respublikamizning Ohangaron vodiysida asrimizning eng 
kata ko‘chkisi “ Atchi ko‘chkisi” sodir bo‘lgan. Ko‘chkining hajmi 700 mln.m.kub, 
sathi 12 km.kv. qalinligi 80-170 m bo‘lib, 1975 yildan beri ko‘chayotir. Sodir 
bo‘lish sababi – Ohangaron daryosining chap qirg‘og‘idagi 100-130 m 
chuqurlikdagi ko‘mir qatlamlaridagi o‘zgarishlar natijasida ko‘mir yonib gazga 
aylangan va bo‘shliq paydo bo‘lgan, uning oqibatida ko‘chki vujudga kelgan.
Tojikistonning 
Hisor 
rayonining 
Sharora 
qishlog‘ida 
1984-yil
25- yanvarda katta ko‘chish ro‘y bergan. Ko‘chkining kengligi 400 m, uzunligi 4,5 
km, qalinligi 7-8 metrni tashkil qilgan. Natijada 50 uy ko‘milib qolgan, 207 kishi 
halok bo‘lgan.
Ko‘chkilar iqtisodiyotga katta zarar keltiradi. Shuningdek, imorat va inshoot, 
yo‘l, yer osti kommunikatsiyasi, to‘g‘on, tunnel va ko‘priklar mustahkam- ligining 
susayishiga yoki butunlay buzilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, 1963 yil 9 oktyabrda 
Shimoliy Italiyada ro‘y bergan ko‘chkining balandligi 265,5 m bo‘lgan. Vayont 


to‘g‘onini vayron qilgan. Natijada 3000 ta odam halok bo‘lgan va katta miqdorda 
moddiy zarar ko‘rilgan.
Tojikistonning Ayniy qishlog‘ida 1964-yil aprel oyida sodir bo‘lgan tog‘ 
o‘pirilish hodisasi natijasida Zarafshon daryosi butunlay to‘silib qolgan. Faqat 
olimlarning o‘z vaqtida ko‘rgan chora-tadbirlari tufayligina qishloq va shaharlarning 
unumli yerlari suv bosishdan saqlab qolindi.
Ko‘chki hodisasi ma’lum bir sharoitlarda sodir bo‘ladi, ya’ni jins o‘z joyidan 
siljishi uchun yonbag‘ir usti tikror, jins qatlamlari qalin bo‘lishi, atmosfera 
yog‘inining mavsumiy yoki yillik miqdori ko‘p bo‘lishi, suv o‘tkazuvchan yoki 
o‘tkazmaydigan qatlamlar qat-qat bo‘lishi lozim. Yomg‘ir va qor suvlari 
yonbag‘irlikdagi soz tuproq, qum, ohaktosh kabi jinslarga shimilib, ularni 
yumshatadi va og‘irlashtiradi. Suv o‘tkazmaydigan qatlamda grunt suvlari nishabligi 
bo‘yicha pastga qarab harakat qila boshlaydi va jinslarning tabiiy yopishqoqligini 
susaytiradi, natijada jinslarni yonbag‘irlikda ushlab turuvchi kuch qiymati uni 
pastga siljitadigan kuchga nisbatan keskin kamayadi va pastga qarab ko‘chish 
hodisasi sodir bo‘ladi.
Har qanday ko‘chkining tanasi, tili, marzasi, supasi, uzilish yoriqlari va yuzasi 
deb ataladigan elementlari bo‘ladi. Ko‘chki tanasi suriladigan massani tashkil qilib, 
uning ustki qismining relefi past- balandlikdan iborat bo‘ladi.
Ko‘chki tanasining bosh qismi yonbag‘irlikdagi uzilish yoriqlari bilan 
chegaralanadi, uning hajmi asosan ko‘chuvchan massaning qalinligiga va tarqalgan 
maydoniga 
bog‘liq 
bo‘lib, 
ba’zan 
bir 
necha
million kub metrni tashkil etadi.
Ko‘chki tanasining eng quyi qismi ko‘chki tili deyiladi. Ayrim hollarda 
ko‘chki tilining old qismida surilish massasi, ko‘chki hodisasining takrorlanishi 
natijasida pog‘onasimon maydonlar – ko‘chki supalari hosil bo‘ladi.
Suriladigan massaning yuqori qismida yoriqlar paydo bo‘ladi, u yillar o‘tishi 
bilan kengayib, chuqurlashib , ko‘payib boradi va ko‘chki tanasi shu yerdan 
boshlanadi. Ba’zi bir olimlar uni uzilish devori deb ham ataydilar. Uning balandligi 
bir necha metrdan bir necha o‘n metrgacha, uzunligi yuz metrgacha borishi mumkin.
Yonbag‘irlikdan jinslarning pastga siljishidan hosil bo‘lgan yuza ko‘chki 
yuzasi deb ataladi. Ko‘chki yuzasining relefi asosan to‘lqinsimon, yoysimon, tekis, 
o‘nqir- cho‘nqir bo‘ladi. Ko‘chki jarayonining kuchayishiga odamlarning faoliyati 
ham katta ta’sir etadi. Masalan, yonbag‘irdagi yerlarni haydash, daraxtlarni qirqish, 
oqava suvlarni oqizish, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridan suv chiqishi 
natijasida jinslarning ivishi, og‘ir imorat va inshootlar, kotlovanlar qurilishi va h.k.
Ko‘chish jarayonini tezlanishiga bulardan tashqari zilzilalar va harakatdagi 
transport ta’sirida sodir bo‘ladigan yer qimirlashlar ham sababchi bo‘ladi.


Ko‘chkilar katta-kichikligi va paydo bo‘lishi xarakteriga qarab oplivin- 
ko‘chish va ko‘chish-ag‘darilmalarga bo‘linadi. Oplivinlar ko‘chkining bir turi 
hisoblanadi. Uning maydoni kichik va chuqurligi 1,0 m dan oshmaydi. Oplivin uzoq 
vaqt yomg‘ir yog‘ishi, yer osti suvining siljishi yoki qorlarning erishi natijasida yer 
yuzasi ustki qismining loyqa yoki suyuq holga kelib, yonbag‘irdan pastga qarab 
ko‘chib-oqib tushishidan hosil bo‘ladi.
Ko‘chkilar katta-katta maydonlarni ishg‘ol qilib, qalinligi 5-20 m bo‘lgan 
jinslarni qiyalik bo‘yicha pastga qarab siljishidan yuzaga keladi. Ko‘chish – 
ag‘darilmalar esa tog‘li rayonlarda rivojlangan bo‘lib,yonbag‘irlikning nishabligi 
katta bo‘lganda yuzaga keladi. Tog‘ jinslari pastga qarab siljishi bilan nishablikning 
tikligi hisobiga ularning ma’lum bir qismi ag‘darilmalar ham hosil qiladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling