2- ma’ruza. Elektrotsatik maydon va uning kuch xarakteritsikasi reja


Download 288.19 Kb.
bet1/7
Sana11.01.2023
Hajmi288.19 Kb.
#1087990
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 maruza (E va mag)


2- Ma’ruza.ELEKTROTSATIK MAYDON VA UNING KUCH XARAKTERITSIKASI
Reja:
1. Elektrostatik maydon haqida tushuncha. Elektr maydon kuchlanganligi. Nuqtaviy zaryadning elektr maydoni
4. Superpozisiya prinsipi. Kuchlanganlik chiziqlari.


Elektr maydon kuchlanganligi. Elektr maydonning asosiy xarakteristikasi kuchlanganlik vektoridir. Qandaydir qo’zg’almas zaryadlar sistemasi tomonidan hosil qilingan ixtiyoriy elektrostatik maydonini qaraymiz. Sinash zaryadi q0 ni olamiz va uni maydonning turli xil nuqtalariga joylashtiramiz.
munosabatga ko’ra sinash nuqtaviy zaryadga maydon tomonidan ta’sir qiluvchi kuch F sinash zaryad q0 kattaligiga proparsionaldir:
(1)
Sinash zaryadi eng kamida ikkita shartni qanoatlantirishi kerak. Birinchidan, uning geometrik o’lchamlari juda kichik bo’lishi kerak, chunki bizni fazoning ma’lum nuqtasidagi kuch qiziqtiradi. Ikkinchidan uning kattaligi q0 ham uncha katta bo’lmasligi kerak, aks holda uning maydoni tekshirilayotgan maydonning hosil qilgan zaryadlarining qayta taqsimlanishini o’zgartirib yuborishi mumkin, ya’ni natijalarni sezilarli o’zgartirib yuborishi mumkin.
F -kuch maydonning xarakteristikasi bo’la olmaydi, chunki u shu maydonga kiritilgan sinash zaryadiga bog’liqdir. Vektor esa q0 ga bog’liq emas, u maydonning xossasiga, ayniqsa maydonni hosil qilgan zaryadning fazoda tarqalishiga va fazoning nuqtasiga bog’liqdir. Unga elektr maydon kuchlanganligi deyiladi va quyidagiga teng bo’ladi:
(2)
Elektr maydon kuchlanganligi son jihatdan sinash zaryad kattaligiga ta’sir qiluvchi kuchga tengdir. Yoki boshqacha aytganda, kuchlanganlik son jihatdan va yo’nalishi jihatdan musbat sinash zaryad birligiga ta’sir qiluvchi kuchga tengdir. SI sistemasida kuchlanganlikning o’lchov birligi 1N/Kl bu esa 1V/m ga ekvivalentdir. Juda ko’p masalalarda fazoda zaryadlarning taqsimlanishiga qarab elektrostatik maydonning kuchlanganligini aniqlash talab etiladi.
Nuqtaviy zaryadning maydoni. Nuqtaviy zaryadni q bilan, fazodagi nuqtalarning holatini radius- vektori r bilan xarakterlaymiz. Sinash zaryad q0 ga ta’sir qiluvchi F kuch aniklanadi, bu yerda qabul qilingan belgilashlarga ko’ra, q1 ni q ga, q2 ni q0 ga va r12 ni r ga almashtiramiz.
(3)
kuchni sinash zaryad kattaligiga bo’lsak, quyidagiga ega bo’lamiz.
(4)
Kuchlanganlikning absolyut qiymati uchun quyidagiga ega bo’lamiz.
(5)
Bundan kelib chiqadiki, musbat nuqtaviy zaryadning ( q > 0 ) maydonda kuchlanganlik vektori radius-vektor r tomon yo’nalgan bo’ladi, manfiy zaryadnig (q < 0) maydon r ga qarshi yo’nalgan bo’ladi , ya’ni q zaryadga tomon yo’nalgan bo’ladi. Kuchlanganlikning kattaligi masofaning kvadratiga teskari proparsionaldir. Nuqtaviy zaryadning maydon manzarasi 1-ma’ruzada tasvirlangan (2 rasm a va b hol ). Bu yerda kuchlanganlik vektori strelka bilan tasvirlangan.
Superpozisiya prinsipi. Elektrostatik maydon uchun superpozisiya prinsipi (ustma-ust qo’shish), bunga ko’ra ixtiyoriy zaryadlar sistemasi tomonidan hosil qilingan maydon kuchlanganligi har bir nuqtada alohida zaryadlar hosil qilgan maydon kuchlanganliklar yig’indisiga teng bo’ldi.
(6 )
bu yerda Ei-sistemaning i-zaryad hosil qilgan maydon kuchlanganligi, summa (yig’indi) sistemadagi barcha zaryadlar bo’yicha olinadi. Superpozisiya prinsipi zaryadlar fazoda har qanday taqsimlanganda maydon kuchlanganligini nazariy hisoblash mumkinligini ko’rsatadi. Xaqiqatda ham har qanday zaryadlangan jismlar sistemasini nuqtaviy zaryadlar yig’indisi yoki to’plami deb qarash mumkin. Alohida i-ta nuqtaviy zaryad qi hosil qilgan maydon kuchlanganligi formula (6 2.23) ga ko’ra, superpozisiya prinsipiga asosan quyidagicha bo’ladi:
(7).

Bu hol uchta nuqtaviy zaryadning biron A nuqtadagi yig’indi kuchlanganligini topish quyidagi rasmda ko’rsatilgan:




Rasm1




Download 288.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling