2- maruza. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi Mavzuni o’zlashtirish rejasi


Download 142.91 Kb.
bet8/11
Sana15.06.2023
Hajmi142.91 Kb.
#1483831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza (2)

Tizimli shina
SHina - bu ma’lumotlarni o‘tkazish kanali bo‘lib, undan tizimning turli bloklari birgalikda foydalanadilar. Axborot bitlarining guruhlari ko‘rinishida uzatiladi. SHina tarkibida so‘zning har bir bitiga alohida yo‘l (parallel shina) ko‘zda tutilishi yoki so‘zning hamma bitlari vaqti bo‘yicha ketma-ketlik bilan bitta yo‘ldan foydalanishlari (izchil shina) mumkin. Rasmda uskunalarning tizimli tipik ulanishi ko‘rsatib berilgan.

SHinaga ko‘plab qabul qiluvchi uskunalar ulanishi mumkin. Boshqaruvchi va manzilli signallarning qo‘shilishi, birlashtirilishi shinadagi ma’lumotlar aynan kimga mo‘ljallanganini belgilab beradi. Boshqaruvchi mantiq foydalanuvchiga ma’lumotlarni qachon olishi kerakligini ko‘rsatish uchun strobatsiya qiluvchi maxsus signallarni qo‘zg‘atadi. Oluvchilar va jo‘natuvchilar bir yo‘nalishli yoki ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin.


SHina negizida tashkil qilish keng qo‘llanib kelinmoqda, chunki bunday holda hamma uskunalar markaziy protsessorlar modullarining va kiritish-chiqarish uskuna modullarining uchta shina yordamida qo‘shilishining yagona protokolini ishlatadilar.
Markaziy protsessor bilan qo‘shilish uchta shina: ma’lumotlar shinasi, manzillar shinasi va boshqaruv shinasi vositasida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar shinasi ma’lumotlarni markaziy protsessor va xotira o‘rtasida yoki markaziy protsessor hamda kiritish-chiqarish uskunalari o‘rtasida jo‘natish, harakatlantirish uchun xizmat qiladi. Bu ma’lumotlar markaziy protsessorning buyruqlari, shuningdek, markaziy protsessor kiritish-chiqarish portlariga yuborayotgan yoki u erdan qabul qilayotgan axborotlari ham bo‘lishi mumkin.
Manzillar shinasi markaziy protsessor tomonidan xotiraning talab qilinayotgan yacheykasini yoki kiritish-chiqarish uskunasini shinada xotiradagi bitta yacheykaga mos keluvchi aniq manzilni yoki tizimga kiruvchi kiritish-chiqarish unsur (element)laridan birini o‘rnatish yo‘li bilan tanlash uchun ishlatiladi. Boshqarish shinasi orqali xotiraga va kiritish-chiqarish uskunalariga mo‘ljallangan boshqaruv signallari yaratiladi.



Download 142.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling