2- maruza. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi Mavzuni o’zlashtirish rejasi
Download 142.91 Kb.
|
2-ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maruzanimg maqsadi
- Tizimli platalar to’g’risida asosiy tushunchalar Atamalari
- Asosiy turlari
2- maruza. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi Mavzuni o’zlashtirish rejasi: Ona (Tizimli) platalar to’g’risida asosiy tushunchalar; Tizimli platalarning tuzilishi; Tizimli platalarni tanlash. Ona platada most, shina va slotlar vazifalari Maruzanimg maqsadi: Talabalarga zamonaviy kompyuterlarning tizimli platalari va ularning asosiy ko’rsatgichlari to’g’risidagi asosiy tushunchalarni berish va ular bilan ishlash malakasini hosil qilish. Mavzuning tayahch iboralari: Tizimli plata.. LPX. ATX. Micro ATX. Flex. WTX. Tuzilishi. Formfaktor. Nuqsonlar. Bartaraf etish. Tanlash. Tizimli platalar to’g’risida asosiy tushunchalar Atamalari: Tizimli plata, ona plata, asosiy plata, bosh plata, sistemnaya plata, osnovnaya plata, glavnaya plata, materinskaya plata, system board, mother board, main board. Vazifalari: Kompyuterning eng asosiy qurilmalaridan biri bo’lib, turli elektron qurilmalarni, mikrosxemalarni kompyuterga o’rnatishga, shu qurilmalarni maxsus aloqa kanallari orqali bitta tizim qilib bir-biri bilan bog’lashga hamda ularning bir-biri bilan moslikda faoliyat yuritishini nazorat qilib borishga xizmat qiluvchi moslamadir. Ya’ni, kompyuterning qurilmalari bir oilaning farzandlari bo’lsa, tizimli plata ularni tarbiyalab, hol-ahvolidan xabardor bo’lib turuvchi, hamjihatlikda yashashini nazorat qilib turuvchi onasidir. Shuning uchun ham bu qurilma «ona plata (materinskaya plata)» deb ham ataladi. Asosiy turlari: Zamonaviy tizimli platalar - o’zlarining fizik hamda texnik imkoniyatlari (parametrlari) hamda shu plata o’rnatilishi mumkin bo’lgan tizimli blok korpusining tipini bildiruvchi parametrlari - formfaktorlari (form factor) bilan bir-biridan farq qiladi. Tizimli platalarning formfaktorlari standart (ya’ni, o’zaro mos keluvchi) va standart bo’lmagan (ya’ni, faqat o’ziga xos) kabi turlarga bo’linadi. Hozirgi paytda quyidagi standart formfaktorli tizimli platalar keng tarqalgan: - Baby – AT (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqilmayapdi); - To’liq o’lchamli AT (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqil- mayapdi); - LPX (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqilmayapdi); - ATX (zamonaviy turi); - Micro – ATX (zamonaviy turi); - Flex – ATX (zamonaviy turi); - NLX (zamonaviy turi); - WTX (keyingi yillarda ishlab chiqilmayapdi); Hozirgi paytda Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan standart tizimli platalarning ayrim formfaktorlari to’g’risidagi ma’lumotlar 3.1-jadvalda keltirilgan. Standart bo’lmagan tizimli platalarga Compaq, Packard Bell, Hewlett – Packard kompaniyalarning mahsulotlari misol bo’la oladi. Download 142.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling