2- maruza. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi Mavzuni o’zlashtirish rejasi


Tezkor xotira modullarining razyemlari (uyachalari)


Download 142.91 Kb.
bet3/11
Sana15.06.2023
Hajmi142.91 Kb.
#1483831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza (2)

Tezkor xotira modullarining razyemlari (uyachalari). Bunday raz’yomlar Slot tipidagi razyomlar bo’lib, 30, 72 va 168 kontaktli bo’lishi mumkin. Tizimli platada ularning soni to’rttadan oltitagacha bo’lib, SIMM, DIMM va RIMM, SRAM, DRAM, SDRAM, DDR tipidagi tezkor xotira modullarini o’rnatishga xizmat qiladi.
Bunday xotira modullari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar «Tezkor xotiralar» bo’limida keltirilgan.
Magistral shinalar. Har qanday tizimli plataning asosini kompyuterga o’rnatilgan elektron qurilmalarni bir-biri bilan bog’lovchi hamda ular o’rtasida o’zaro ma’lumot almashishga xizmat qiluvchi aloka kanallari – magistral shinalar (Bus) tashkil qiladi. Bitta shina orqali bir-nechta qurilmani bir-biri bilan ulash mumkin. Qurilmalarni tizimli platadagi shunday shinalargani ulash uchun asosan 32 va 64 razryadli (kontaktli) maxsus uyachalar – raz’yomlar xizmat qiladi.
Bunday shinalar o’z vazifalarniga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- FSB (Front Side Bus). Bosh shina yoki prosessor shinasi ham deb ataladi. Prosessor bilan tezkor xotirani bog’lovchi aloqa vositasi (tizimli plataning takt chastotasi yoki tezkorligi aynan shu shinaning takt chastotasi bilan o’lchanadi);
- ISA (Industry Standart Architecture). Kompyuterga qo’shimcha qurilmalarni hamda platalarni ulashga xizmat qiluvchi aloqa vositasi;
- VLB (VESA Local Bus). Videokartalarni kompyuterga ulash uchun maxsus ishlab chiqarilgan tezkor aloqa vositasi.
- PCI (Peripheral Component Interconnect). Kompyuterga tezkor qurilmalarni (videokarta, audiokarta, skaner va h.k.) ulashga xizmat qiluvchi aloqa vositasi;
- AGP (Acceleratet Graphics Port). Zamonaviy videokartalarni kompyuterga ulash uchun maxsus ishlab chiqarilgan tezkor aloqa vositasi. PSI ning takomillashtirilgan turi;
- USB (Universal Serial Bus). Tezkor tashqi qurilmalarni kompyuter bilan bog’lovchi zamonaviy aloqa vositasi bo’lib, unga bir yo’la 127 tagacha qurilmani ulash mumkin (tarmoqlab ulovchi vosita – konsentrator yordamida).
Keyingi yillarda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy tizimli platalarda qattiq disklarni kompyuter bilan bog’lashga xizmat qiluvchi SCSI yoki UDMA, tashqi diskovodlarni kompyuter bilan bog’lashga xizmat qiluvchi ATA ATAPI kabi tezkor interfeyslarning uyachalari (razyemlari) ham o’rnatilgan.
Taymer. Taymer-joriy sanani (yil, oy, kun) va vaqtni (soat, daqiqa, soniya) avtomatik ravishda hisoblab, monitor ekranida aks ettirib boruvchi mikrosxemadir.

Download 142.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling