2- maruza. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi Mavzuni o’zlashtirish rejasi


Zamonaviy kompyuter interfeyslari va standartlari


Download 142.91 Kb.
bet5/11
Sana15.06.2023
Hajmi142.91 Kb.
#1483831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza (2)

Zamonaviy kompyuter interfeyslari va standartlari

AGP (Accelerate Graphics Port)-Ey-dji-pi, АGP tezlashtiruvchi grafik porti. 1997 yili uch o’lchamli (3D) grafikasini dasturini bajarishni tezlashtirish uchun Intel korporatsiyasi yaratgan shinaning spetsifikatsiyasi. Hajmi katta bo’lgan teksturalarni (Texture) saqlab qolish bilan birga video-OZU (Kram) dan tashqari ular bilan harakatlarni amalga oshirish uchun ham tizimli xotiraga to’g’ridan to’g’ri bog’lanishni ta`minlaydi, bu tizim mahsuldorligini yaxshilaydi, grafik kontrollyor va tizim xotirasi o’rtasida axborotlar kanalini yuqori tezligini ta`minlaydi.
Ushbu kanal grafik kontrollyorga teksturali kartalarni bajarish va ishlab chiqish, lokal video xotiradan kesh orkali izlamay, ularni tizim xotirasidan to’g’ridan – to’g’ri olishga imkon beradi. Kodlashtirilgan ma`lumotlarni CPU dan grafik kontrollyorga oqimini tezlashtiradi, bu bilan markaziy protsessor ishini ancha yengillashtiradi, buning natijasida boshqa hamma qurilmalar ishlashi tezlashadi. PCI shinasidan videografikaning yo’qotilishi hisobiga tizimning mustahkamligi oshadi. AGP kadrli bufer (Frame Buffer) xotirasidan samarali foydalanishga yo’l qo’yadi, shu bmlan ikki o’lchamli (2D) garfika unumdorligini ham oshiradi. PCI shinasidagi grafik akseleratorlar (Graphics Accelerator) ma`lumotlar uzatish 133 Mbayt/sek gacha tezlikka ega. AGP materinskiy plataning bevosita chipsetida joylashib va kompyuter xotirasiga to’g’ridan-to’g’ri konveerli (pipeline) aloqaga ega bo’lib, ancha katta ishlash tezligiga ega bo’ladi. AGP uchta rejimda ishlashi mumkin: 1x264 mb/s tezlik bilan ma`lumotlarni etkazadi, 2x 528 mb/s, 4x-1Gb/s gacha.
AGP 8x yangi spetsifikatsiyasi ham mavjud. Lekin u deyarli qo’llanilmaydi. AGP xotira tizimi bir qismini (integratsiyalashtirilgan (o’rnatilgan)). Videoadapter uchun foydalanish yo’li bilan qo’shimcha videoxotiralar harid qilish zaruriyatini yo’qotib RE narxini pasaytirishga imkon beradi.

АTА-II AT Attachment – qurilma uskuna. Ey-ti (АT), АTА. Qattiq diskning sistemasi o’ziga kiritilgan kontrolyorli qattiq diskning (HDD) texnik turi. Standartlar qushimcha (Small Form Factor – «kichik shakllar omili») ishlab chiqqan bir necha АTА versiyalari mavjud. ATAPI; ATA – 2; ATA – 3; ATA – 4 kabilar ham ma`lumdir.


АTА-2 (AT Attachment-2) – Ey – ti – ey – 2. АTА. EID (masalan Wertern Digital usulida) va Fast-ATA (Seagate usulida) nomi bilan ham ataladi, kontrolyori kiritgan qattiq diskning texnik turining bir versiyasi.
АTА-3 (АT Attachment-3) – Ey – ti – ey – 3. АTА Ultra nomi bilan ham ataladi. Kiritilgan kontrollyorli qattiq diskning (HDD) texnik turi versiyasidan biridir.33Mbayt/sek tezlikda ma`lumotlar uzatishga erishishga imkon beradi. (UDMA 66-66 Mbayt/sek, UDMA 100-100 Mbayt/sek, UDMA 133 da esa 133 Mbayt/sek tezlikka erishiladi).
АTА-RI (AT Attachment Rasket Interfase) –АTАPI, uzatish paketli rejim interfeysi IDE nomi bilan ham ma`lum. Kiritilgan kontrollyor bilan qattiq disk (HDD) texnik turi versiyasidan biri.
EIDE (Enhanced IDE)-interfeys EIDE (takomillashtirilgan IDE). IDE interfeysi (Interfase) asosida, uni SCSI yuqori unumdorli interfeysiga yaqinlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan, lekin undan farqli ravishda biror - bir qurilmaning ulashga imkoni yo’q, faqatgina turli ma`lumot to’lovchilarni ulash mumkin (HDD,CD-Rom). Kontrollyor 8,4 Gb hajmgacha bo’lgan (IDE faqatgina 528 Mb gacha) 4 ta to’lovchilargacha (ikki kanalli kontrollyorlarning har biriga ikkitadan) ulash imkoniyatiga ega. Ma`lumotlar uzatish tezligi 10-15 Mb/s tashkil etadi (16,6 Mb/s gacha). Bu kontrollyorning takomillashtirilgan turi- Ultra DMA (ba`zi bir ishlab chiqaruvchilar uni Fast АTА –3/4 deb ataydilar).
Western Digital firmasiyaratgan mahsuloti. Fire Wire (ma`nosi “alangali sim”) “Fayer Vayer” standartlar interfeysi. Tashqi qurilmani ulashga mo’ljallangan 1EEE 11394 ketma - ket yuqori unumdorligi shina yuqori tezlikning standarti.
Shaxsiy kompyuterga raqamli videomagnitofon DV axborot sifatili videokameralar, keng formatli video, skannerlar (Scanner), raqamli foto va videokameralar, boshqa kompyuterlar, turli keng polasali datchiklar kabi qurilmalar bilan birgalikda samarali ishlashiga imkon beradi. “Fayer Uayer” shinasi 400 Mbayt/s gacha tezlik bilan ma`lumotlar uzatishdan tashqari, 63 tagacha qurilmani baravariga ulashga imkon beradi, shu bilan birga ularni tizimni qayta yuklamay turib, ulash yoki o’chirish mumkin.
PSI (Peripheral Component interconnect) -Pi-sii-ay (ma`nosi “atrofdagi qurilmalarni ulash”) Pentium klassli oxirgi avlod protsessorlari uchun 64 bitli kengaytirishni ta`minlovchi shaxsiy kompьyuter 32-razryadli lokalь shinasi standarti. Shina orkali o’zaro ulashFalseP ishtirokisiz sodir bo’ladi. Intel firmasining maxsuloti, 33/66 MGts kayd etilgan takt chastotasida ishlaydi.
10 gacha turli Adcl-on, Expansion Card kengaytirish platalarini ulashga imkon beradi. Ulanayotgan qurilmalarni avtomatik ravishda moslashtirishga imkon beradi, bu shaxsiy kompyuterda Plug-n-Play texnologiyasini qo’llashda unga ustunlik beradi. 33Mgts chastotada 32 bitli rejimda o’tkazish qobiliyati (Bandwidth) 133 Mbayt/sek ni tashkil etadi. 66 MGts chastotali 64 bitli usulida o’tkazish qobiliyati 524 Mbayt/sek bo’ladi. Shinani almashtirish tezligi katta hajmli grafik (Application) qo’shimchalar bilan ishlash imkonini beradi va turli to’plovchilar, bilan tez almashishni ta`minlaydi.
Ilgari ISA shinasi bilan ishlagani uchrab turar edi. Yana Macintosh ning oxirgi modellarida xam uchraydi. SCSI (Small Computer Systems Interface) interfeys SKАZI (kichik hisoblash tizimlari interfeysi). Ichki interfeyslar standartlaridan biri (Interface) bo’lib, IDE - interfeysidan keyin tarqalishi bo’yicha ikkinchidir. Tashqi qurilmalar cheklangan to’plamini, shu bilan maxsus qurilmalarni ta`minlovchi IDE-interfeysidan farqli ravishda SOS SCSI universalь interfeysiturli xil ichki va tashqi qurilmalarni (albatta to’plovchilarning bo’lishi shart emas) ta`minlash uchun ishlab chiqilgan.
80 yillar boshlarida ishlab chiqilgan bo’lib, yuqori tezlikni talab etuvchi va ma`lumotlar almashish yuqori tezligiga ega to’plovchilar va boshqa qurilmalar ulanishi uchun asosiy hisoblanadi.
Uning asosiy afzalliklari: yuqori darajada tez harakatliligi, shinalar orbitraji (deyarli protsessorni band etmay ishlashi mumkinligi), oltitagacha turli qurilmalarni ulash imkoniyati bor. Shu bilan birga nafaqat HDD va CD-Rom diskovodlarini balki skannerlarni (Scanner), printer (Printer) va boshqa kompьyuterlarni xam ulash mumkin. Kamchiliklari narxi qimmatliligi va nisbatan murakkab o’rnatilishi va shakllidan iborat.
Grafik tizimlar, videotasvirlar bilan ishlash va serverlar umuman olganda SCSI interfeysi qo’llanilishi bilan ancha ustunliklarga ega bo’ladilar. Interfeyslarning kuyidagi turlari mavjud: Wide SCSI, Ultra Wide SCSI va boshqalar, ular ko’rsatkichining razryadliligi va raz`yomlari turlari bilan farq qiladi USB (Universal Serial Bus) - universal ketma-ket (periferiynaya) (tashqi) shina. Kompyuter va tashqi qurilmalarning interfeysi eng muvaffaqiyatli tarqalgan standartlaridan biridir. Kompьyuterdan tashqari qurilmalarni mashina korpusidan tashqarida Plug-n-Play standarti bo’yicha ulash uchun muljallangan, natijada kengaytirish slotlarida qo’shimcha platalar o’rnatilishi (Expansion Slot) va tizimni qayta moslashtirish zaruriyati yo’qoladi. USB shinali shaxsiy kompyuter tashqi qurilmalarni kompьyuterga ulash va ular ulanishi bilan avtomati ravishda moslashtirilishini amalga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga shaxsiy kompyuterni qayta ishga sozlash va uchirish, o’rnatish dasturini ishga solishning keragi yo’q. Odatda katta tezlikni talab etmaydigan yangi kurilmaning o’rnatilishini osonlashtiradi- ushbu shinaning o’tkazish qobiliyati 12 Mbit/sek ni tashkil etadi. Shaxsiy kompьyuterda ushbu shina mavjud bo’lsa unga birinchi qurilmani ulash keyin bo’lsa bu kurilmagacha ikkinchisini va shu tartibda 127 tagacha qurilmalarni ulash mumkin, masalan monitor, klaviatura va shu kabilar. Bu shinaning ishlashi uchun kompьyuterda USB ichki shinasi maxsus drayverlar, BIOS ta`minlovchisi, tashqi qurilmalarda USB raz`yomlari bo’lishi talab etiladi.
Kompyuter va telekommunikatsiyalar ishlab chiqaruvchi etakchi firmalar Compag, Dec, IBM, Intel, Microsoft, NEC va Nothern Telecom firmalari tomonidan yaratilgan.
USB 2,0 (Universal Serial Bus 2,0) universal ketma - ket (tashqi) shinaning 2,0 versiyasi. Yangi spetsifikatsiyaning ilgarigi USB 1,1 versiyasiga nisbatan asosiy afzalligi shaxsiy kompьyuter va tashqi qurilmalar o’rtasidagi aloqa vositalari o’tkazish chizig’ini ancha kengaytirishni ta`minlaydi, aynan 12 Mbit/sek dan to 480 Mbit/sek gacha kengaytiriladi, bu esa skanerlar bilan, tashqi tulovchilar bilan, raqamli foto va videokameralar bilan ishlashda samaradorlikni ancha oshiradi. Yangi spetsifikatsiya yangi portlar bilan ishlaydigan (oldingi o’tkazuvchanlik qobiliyati bilan) mavjud USB - qurilmalar bilan bir-biriga mos tushadigan bo’ladi.

Download 142.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling