2- maruza. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi Mavzuni o’zlashtirish rejasi


Download 142.91 Kb.
bet10/11
Sana15.06.2023
Hajmi142.91 Kb.
#1483831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza (2)

Tashqi uskunalarning interfeysi

Kompyuterga turli xildagi tashqi uskunalarni ulash mumkin. Sizga qog‘ozda qandaydir hujjatni yoki o‘zingiz yozgan hikoyani chop etish zarur bo‘lsa, kompyuterga printerni osonlikcha ulashingiz mumkin. SHuni ta’kidlash kerakki, eng sifatli printerlar hatto rangli fotosuratlarni ham chop etishlari mumkin. Bu nusxani fotolaboratoriyadagi aslidan ajrata olmaysiz. Sotuvda yaqinda paydo bo‘lgan raqamli fotoapparatlar, foto ishlab berishning butun jarayonini kompyuterda o‘tkazishga mo‘ljallangan va buning uchun fotoapparatlar raqamli maxsus interfeys, ko‘pincha, USB interfeysi bilan ta’minlangandir.


Tashqi uskunalarni turli interfeyslar bilan ulash uchun kompyuterning orqa panelida tegishli ajratish joylari (rez’yomlar) joylashtirilgan, kompyuterlarning eski tiplarida bu ajratish joylari tizimli plataga tasma kabellar yordamida ulangan yoki kengaytirish platalarida joylashtirilgan bo‘lar edi. ATX standartlarning paydo bo‘lishi bilan interfeyslarning ajratish joylarini tizimli platada joylashtira boshladilar. (20-rasm).

21-rasm. Tizimli platadagi interfeysning ajratish joylari.

Interfeyslarning standart to‘plamiga sichqon va klaviaturani ulash uchun PS/2 ajratish joyi, modem va sichqon uchun 2 ta COM port, printer uchun parallel port kiradi. Zamonaviy tizimli platada ishlab chiquvchilar eski interfeyslarni ertami-kechmi siqib chiqarishlariga umid qilgan USB-uskunalari uchun ikkita majburiy ajratish joyi bo‘lishi shart. Agar tizimli plataga ovoz protsessor integrallangan bo‘lsa, audio uskunalarni ulash uchun yana uchta ajratish joyi yaratilgan bo‘ladi. Bir qator tizimli platalarda telefon simlari va lokal tarmoqni ulash uchun ajratish joylari bor modem hamda tizimli karta o‘rnatilgan.




Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:



  1. Tizimli platalar nima va ular qanday turlarga bo’linadi?

  2. Tizimli platalar qanday tuzilgan va ular qanday vazifalarni bajaradi?

  3. Tizimli platalarning formfaktorlari nima va ular qanday turlarga bo’linadi?

  4. Tizimli plataning nuqsonli ishlayorganligini qanday bilish mumkin?

  5. Tizimli plataning ishlashida qanlay nuqsinlar bo;lishi mumkin va ularni qanday bartaraf etish kerak?

  6. Yangi tizimli platani qanday tanlash kerak?

  7. Tizimli platadagi shimoliy va janubiy most tushunchalari, ularning vazifalari.

  8. Zamonaviy kompyuter interfeyslari va standartlari

  9. SHinalarni vazifalari va turlari

  10. Tizimli platadagi kengaytirish slotlari

  11. Tashqi uskunalarning interfeysi

  12. Tizimli platadagi interfeysning ajratish joylari.


Download 142.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling