2 – mavzu: bozor mexanizmi va uning elementlari: talab, taklif va narx muvozanati darsning o’quv maqsadi


Download 24.83 Kb.
bet5/8
Sana06.11.2023
Hajmi24.83 Kb.
#1752222
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu mikro

Talab hajmi (Qd)haridorlar joriy vaqtda, joriy joyda, joriy narhlarda
xaridorlar sotib olishga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlar xajmi. Talab xajmiga 
juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Masalan: iste’molchilarning xoxish – istaklari,
ularning daromadlari hajmi, mazkur tovarning bozordagi narxi, potensial xaridorlar 
soni va boshqalar.

Talab narxi (Pd) – joriy vaqtda aniq tovar va xizmatlar uchun xaridorlar
tomonidan to‘lanadigan maksimal narx. 

Agarda bozordagi real narx, konkret iste’molchi talabi narxidan past bo‘lsa,


unda ortiqcha iste’molchilar paydo bo‘ladi, mazkur tovar va xizmatlar sotib 
olayotgan shaxs sof foyda oladi.
Talab xajmi va uni aniqlab beruvchi omillar o‘rtasidagi hajm jihatidan 
bog‘liqlik talab funksiyasi deb nomlanadi. Talab xajmining bozordagi narxga
bog‘liqligining grafik chizmasi talab egri chizig‘i deyiladi.
Talab egri chizig‘i
Talab hajmi va talab narxi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik talab qonuni 
deyiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, arag biror bir tovarga bo‘lgan narx
pasaysa, unga bo‘lgan talab ortib boradi, teskarisi, agar narx oshib borsa, talab 
xajmi pasayadi.
Talab qonuni ikki o‘zaro bog‘langan samaralar bilan tushuntiriladi: 
Daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi.
Narxlarni qisqarishi, bir tomondan, real sotib olish qobiliyatini oshiradi. 
Inson mavjud tovarlarni kamroq, arzonroq, sotib olishi mumkin, shu orqali unda
boshqa narsalar sotib olish uchun qo‘shimcha daromad paydo bo‘ladi - daromad 


samarasi. 
Boshqa tomondan, insonlar qimmat tovarning arzoni bilan almashtirishga 
harakat qiladilar, natijada yana tovarga bo‘lgan talab oshib boradi – o‘rnini bosish 

samarasi.

Talab xajmining o‘zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning boshqa
parametrlari o‘zgarmagan xolatida, hajmining o‘zgarishidir.



Download 24.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling