2 – mavzu: bozor mexanizmi va uning elementlari: talab, taklif va narx muvozanati darsning o’quv maqsadi
Download 24.83 Kb.
|
2 mavzu mikro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor muvafaqqiyatsizliklari (“provallari”)
- Uy xo‘jaliklari
Bozor tarkibi – alohida bozor elementlarining tartib bilan joylashuvi.
Bozor tarkibini turlicha tasniflash mumkin. 1. Bozor munosabatlarining ob’ektiga qarab: iste’mol tovarlari bozori, xizmatlar, sanoat mahsulotlari, xom – ashyo, qimmatli qog‘ozlar bozori va boshqalar; 2. Bozor munosabatlarining sub’ektiga qarab: xaridorlar va sotuvchilar bozori; 3. Geografik joylashuviga qarab: mahalliy bozor, jahon bozori; 4. Raqobat muhitiga qarab: mukammal raqobatlashgan bozor, nomukammal raqobatlashgan bozor; 5. Tarmoqlar bo‘yicha: avtomobil bozori, neft bozori; 6. Sotish xarakteriga qarab: ulgurji va chakana bozor; 7. Qonunchilikka muvofiqligiga qarab: qonuniy va noqonuniy bozor, “qora” bozor. Tarixiy tajribaga muvofiq, bozor mexanizmi quyidagi ustunliklarga ega: Bozor - 1. O‘zgaruvchan sharoitlarga tezda moslashishga yordam beradi. 2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanishni ta’minlaydi. 3. Resurslarni samarali taqsimlaydi. 4. Insonlarning turli ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishni yo‘lga qo‘yadi. Shu bilan birgalikda bozor mexanizmi mukammal emas, uning kamchiliklari ham mavjud: 1. Bozor aholi uchun ijtimoiy ximoyani; 2. Ish bilan ta’minlash, doimiy daromadni; 3. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlamaydi, chunki bozorda siklli rivojlanish bo‘ladi, ya’ni o‘sish, jonlanish, iqtisodiy pasayish, inqiroz, infilatsiya, ishsizlik holatlari ham bo‘ladi. Bularning hammasi iqtisodiyotga davlatning aralashuvi kerakligini ko‘rsatadi. Bozor muvafaqqiyatsizliklari (“provallari”) – bozor mexanizmining iqtisodiy resuslarni samarali taqsimlab bera olmaydigan iqtisodiy vaziyatdir. Iqtisodiy nazariyada bozor munosabatlarining uchta sub’ekti alohida ko‘rsatiladi – Uy xo‘jaliklari, firmalar va davlat. Uy xo‘jaliklari – moliyaviy masalalarni birgalikda xal qiluvchi, bir tom ostida yashaydigan shaxslardan iborat xo‘jalik birligidir. Uy xo‘jaliklari iste’molchilar sektoriga tegishlidir. Firma – ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan, asosiy ishlab chiqarish muammolarini shaxsan o‘zi xal qiladigan iqtisodiy sub’ektdir. Firma ishlab chiqaruvchi sektoriga tegishlidir. Davlat – keng ma’noda xo‘jalik sub’ekti va bozorni nazorat qilish xuquqiga ega yuridik va siyosiy xokimiyat organlari yig‘indisidir. Davlat o‘z faoliyatida jamiyatdagi farovonlik, samaradorlikni oshirishga xarakat qiladi. Download 24.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling