Talabning o‘zgarishi - bir yoki bir necha narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar
o‘zgarishi natijasida talabning o‘zgarishi.
Talabning narxga bog‘liq bo‘lmagan muhim omillariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
1. Iste’molchilarning xohish va istaklari;
2. Iste’molchilarning daromadlari;
3. Iste’molchilarning soni;
4. Boshqa tovarlarga bo‘lgan narxlar;
5. Yaqin kelajakdagi iqtisodiy o‘zgarishlar.
Bularga mos ravishda tovarni ham shartli ravishda quyidagilarga ajratish
mumkin:
1.
Neytral tovarlar – asosiy tovarga nisbatan kam darajada ta’sir
ko‘rsatuvchi tovarlar. Masalan choy.
2.
O‘rnini bosuvchi tovarlar – asosiy tovarga raqobatbardosh bo‘lgan
tovarlar. Masalan: kofe o‘rniga choy.
3.
To‘ldiruvchi xarakterdagi tovarlar – asosiy tovarni to‘ldiruvchi
tovarlar. Masalan: choy va kofeni to‘ldiruvchi shakar.
Insonlarning xaridiga ta’sir etuvchi omillarga qarab, bozor talabini
quyidagilarga ajratish mumkin:
-
funksional talab, tovarning iste’molchilik sifatlarini taqozo etuvchi
talab
-
nofunksional talab, iste’molchilik xarakteristikalaridan tashqari,
boshqa omillarni ham taqozo etuvchi talab.
Ommaviy iste’mol samarasi deganda, tovarga bo‘lgan individual talabning
oshib borishi natijasida unga bo‘lgan bozor talabi kengayib borishi tushuniladi.
Ommaviy iste’mol insonlarni zamondan ortda qolmaslikka ijtimoiy doiraga mos
kelishga intilishini ko‘rsatadi.
Snob samarasi ommaviy iste’mol qilinayotgan tovarga individual talabning
qisqarishi tushuniladi. Bu samara iste’molchilarni ommadan ajralib turishga
xarakat qilishida, individuallikka intilishida ko‘zga tashlanadi. Kamyob san’at
asarlari, qimmatbaho sport mashinalari va zamonaviy kiyim-kechaklar snob
tovarlari deyiladi. Ularni xarid qilish, yagona birlikdagi tovarlarga egalik qilish,
individuallikka intilish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |