2 – mavzu: bozor mexanizmi va uning elementlari: talab, taklif va narx muvozanati darsning o’quv maqsadi


Download 24.83 Kb.
bet2/8
Sana06.11.2023
Hajmi24.83 Kb.
#1752222
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu mikro

Bozor iqtisodiyoti tizimi - xususiy tadbirkorlik, tanlash erkinligi, raqobat
muhitiga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotida alohida sub’ektlarning shaxsiy 
qiziqishlari inobatga olinadi. “Sof bozor iqtisodiyoti” – davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini, boshqaruvini to‘liq inkor etadi. Davlat faqat “o‘yin qoidalariga” 
rioya qilinishini nazorat qilib turadi. Bozordagi sub’ektlar faqatgina shaxsiy
manfaatlari, foydalarini ko‘zda tutib, faoliyat olib boradilar.


Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim – bozor iqtisodiyotiga
teskari tizim bo‘lib, davlat mulkchiligiga asoslanadi, ya’ni barcha vositalar 
davlatga tegishli bo‘ladi.
Bu

iqtisodiyotning


xarakterli 
tomoni,
ishlab

chiqarishning


monopoliyalashuvidir. Buning natijasida ilmiy – texnik taraqqiyot ham to‘xtaydi. 
Hozirgi kunda hech qaysi mamlakat ushbu uch tizimdan birini yaqqol o‘zida
namoyon etmagan. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda yuqoridagi uch tizimning 
elementlarini o‘zida mujassam etgan aralash iqtisodiyotni tanlaydi. Aralash
iqtisodiyotda bozor iqtisodiyotiga faol ravishda davlatning aralashuvi ham 
qo‘shiladi.
Shu o’rinda bozorning infratuzilmasi va strukturasi (tarkibi)ni alohida 
ko‘rsatish lozim.

Infratuzilma – bozorga xizmat ko‘rsatuvchi, uning me’yorda faoliyat
borishi, tovar va xizmatlarni xarakatlanishiga yordam beruvchi institutlar 
majmuasini tashkil qiladi. Infratuzilma o‘z ichiga quyidagi elementlarni oladi :
1.

Birjalar (tovar, fond, valyuta)


2.

Auksionlar, yarmarkalar


3.

Ulgurji va chakana savdo qiluvchi korxonalar


4.

Banklar, sug‘urta kompaniyalari, fondlar


5.

Mehnat birjasi

6.
Axborot markazlari
7.
Yuridik kontoralar 

8.
Reklama agentliklari 


9.
Auditorlik va konsalting firmalari 

Bu elementlar bir – biri bilan o‘zaro bog‘liq. Agar ular bir – biri bilan


mutanosiblikda rivojlansa, iqtisodiyotda muvozanat bo‘ladi, agarda birorta element 
beqarorlashsa (masalan, bank sohasi) bozor iqtisodiyotining umumiy holatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 



Download 24.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling