2 -mavzu. O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari. Reja
Download 55.5 Kb.
|
2 mavzu O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni
5- SLAYD
Og‘zaki so‘rash tekshirishning eng ko‘p qo‘llaniladigan usullaridan biridir, uning quyidagi turlari bor: a) O‘quvchini sinf doskasi yoki o‘qituvchi stoli yoniga chaqirib so‘rash. b) Sinfdagi o‘quvchilarning ko‘pchilikdan sidirgasiga so‘rash. c) Ayrim o‘quvchilardan doskaga yoki stol yoniga chaqirmasdan so‘rash. Ayrim o‘qituvchilar o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishda mavzular yuzasidan tekshirish usulini qo‘llaydi. Bu usulning yaxshi tomoni bunda har bir o‘tilgan mavzudan shu mavzuni o‘zlashtirish darajasi sinfdagi o‘quvchilarning har biriga nisbatan tekshiriladi. Mavzu materialini o‘zlashtirmagan o‘quvchilar aniqlanadi va ulardan shu materialni o‘zlashtirish talab qilinadi. Nazorat ishlar – yozma ishlar (diktant, insho, masalalar yechish, grafik ishlar, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tadbiq qilishni talab etadigan am aliy vazifalarni (laboratoriyada analiz qilish, ustaxonada tegishli buyumlar yasash) bajarish kabilar kiradi. Nazorat ish bir vaqt ichida sinfdagi hamma o‘quvchilarni tekshirishga imkon beradi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish ishlari quyidagi talablarga javob berishi lozim. Sinfdagi hamma o‘quvchilarning bilimlarini tekshirish kerak. Tekshirishda o‘qituvchida reja bo‘lishi kerak. Reja asosida o‘rta, kuchli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilimlari tekshirilishi kerak. Tekshirishni shunday olib borish kerakki, sinfdagi hamma o‘quvchilar o‘qituvchi savoliga javob bera olsin. 6- SLAYD O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalariga baho qo‘yish baho o‘quvchilarning o‘quv dasturlarida ko‘zda tutgan bilim, ko‘nikma va malakalarniqanday egallaganligini ko‘rsatadi. Baho qo‘yish katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki o‘quvchilarni u qunt bilan o‘qishga majbur etadi. Maktab o‘quvchilarga baho qo‘yishda quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi. Bilimlarga obyektiv va haqqoniy baho qo‘yilishi lozim. Baholashda ko‘zbo‘yamachilikka mutloqa yo‘l qo‘ymaslik kerak. O‘quvchining bilimiga o‘quv dasturining talablari asosida baho qo‘yilishi lozim. Bu talablarni ta’min etish uchun bilimga baho berishning umumiy mezoni bo‘lishi shart. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasida “Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi”, -deb ta’kidlangan. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling