2 -mavzu. O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari. Reja
Download 55.5 Kb.
|
2 mavzu O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni
7- SLAYD
Bu talablar jamiyatning obyektiv rivojlanishini taminlaydigan ehtiyojlar va bozor munosabatlari umumiy raqobatidan kelib chiqadi. Mazkur talablar umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturlari, darsliklarida o‘z ifodasini topmog‘i darkor. Bular har bir fanning o‘ziga xos ta’lim mazmuni, xususiyatlaridan kelib chiqadi. Maktablarda o‘quvchilar bilimi, ko‘nikmalariga baho berishning quyidagi umumiy mezonlari qo‘llaniladi: Bilimning ilmiy bo‘lishi. Bilimning ongli o zlashtirilishi. Bilimning hajmi. Bilimning mustahkam o‘zlashtirilishi. O‘quvchi nutqining mazmuni va bajargan ishining sifati va h.k. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishda va baholashda o‘quvchi o‘quv dasturi materialini to‘la biladimi, ularni tushunadimi yoki uni quruq yodlab olganmi, bilimlarni amaliy masalalarni yechishga va ishlarni bajarishga tadbiq qila oladimi va boshqalar. Hamma o‘quv fanlari va barcha sinflarda ana shu mezon qo‘llaniladi. Biroq ayrim o‘quv fanlaridan o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va baho qo‘yishda shu fanlarning xususiyatini hisobga olishi kerak. Masalan, mehnat darslarida o‘quvchilarning bajargan buyumlarni tekshirish va baho qo‘yishda mustaqillik, buyumning texnik talablarga muvofiqlik darajasi va sifati hisobga olinishi lozim. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga baho qo‘yish uchun umumiy ta’lim maktablarida besh darajali raqamli baho tizimi qo‘llaniladi. O‘quvchi dastur materialini to‘la va mufassal bilgan, uni chuqur tushungan va puxta egallagan, dasturga kiritilgan hamma masalalarni to‘g‘ri, ongli va dalillar bilan so‘zlab bergan, amaliy ishlarni bajarishda va masalalar yechishda egallagan bilimlarni mustaqil tadbiq qilgan, og‘zaki javoblarda va yozish ishlarida to‘g‘ri adabiy tildan foydalana bilgan va xatolarga yo‘l qo‘ymagan holda “5” baho qo‘yiladi. O‘quvchi dastur materialining hammasini bilgan, uni yaxshi tushungan va puxta egallagan, dastur hajmidagi savollarga qiynalmasdan javob bergan, bilimlarni amaliy ishda tadbiq qila bilgan, og‘zaki javoblarda to‘g‘ri tildan foydalana olgan, yozma ishlarda esa kichkina, ahamiyatsiz xatolargagina yo‘l qo‘ygan taqdirda “4” baho qo‘yiladi. O‘quv dasturiga kiritilgan asosiy o‘quv materialini bilgan, egallagan bilimlarni amaliy ishlarda bir muncha qiynalib va o‘qituvchining bir oz yordamida bajara olgan, og‘zaki javoblarida materialni bayon qilganda, yozma ishlarda bir muncha xatolarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda “3” baho qo‘yiladi. O‘quvchi o‘tilayotgan o‘quv materialining ko‘pchilik qismini bilmagan, o‘qituvchining yordamchi savollari orqaligina javob bergan, yozma ishlarida ko‘p va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan taqdirda “2” baho qo‘yiladi. O‘quvchi o‘tilgan materialni butunlay bilmagan taqdirda “1” baho qo‘yiladi. O‘quvchilarga qo‘yilgan baholarni ularga izohlab tushuntirish kerak. Bu esa bilimga baho qo‘yishning ahamiyatini oshirish hamda o‘quvchining o‘qishdagi yutuq va kamchiliklarini bilib olishga yordam beradi. Har bir chorakda o‘quvchiga bir nechta baho qo‘yilishi kerak. Aks holda chorak oxirida o‘qituvchi qiynalib qoladi. Chorak va yillik bahoni qo‘yishda o‘rta arifmetik usul bialn baho qo‘yish mutlaqo yaramaydi, chunki bunday yakuniy baho o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini to‘g‘ri aks ettirmaydi. Ba’zi bir o‘qituvchilar darsga tartib-intizom buzgan o‘quvchilarga o‘z fanlaridan yomon baho qo‘yadilar. Bunday baholash butunlay yaramaydi, chunki baho o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladi, shuning uchun uni o‘quvchining xulqiga qo‘yiladigan bahoga aralashtirish noto‘g‘ridir. Mashhur rus pedagogi Ostrogorskiy shunday yozadi “Javobga ball olgan inson avvalo o‘zidan-o‘zi unga haqqoniy baho qo‘yishdimi deb so‘raydi, agar u bunga nohaqdek tuyulsa, u ranjiydi, go‘yo unga tegishli narsa tortib olingandek yoki berilmagandek bo‘ladi. Dangasa xafa bo‘lmaydi, u mehnat qilgani yo‘q, mehnat qilgan esa mehnatning qadrini biladi va mehnatning natijalarini istaydi”. Shuning uchun barcha o‘qituvchilar o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda, ularning reytingini aniqlashda obyektiv asoslarga tayanishi shart. Sir emas ba’zi o‘qituvchilar baholashning mohiyati, mazmunini o‘zlari yaxshi o‘zlashtirmaganlar. O‘qituvchining bunday nuqsonlari maktab amaliyotida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchilar reyting tizimini mukammal o‘zlashtirib, amaliyotda xatolarsiz tadbiq etishlari barkamol o‘quvchilarni tayyorlashning zarur sharti ekanligini anglashlari juda muhim. Hozirgi davrda o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirishda test usuli qo‘llanilmoqda. “Test” inglizcha so‘z bo‘lib, “topshiriq”, “tajriba” degan ma’nolarni anglatadi. Bilish xususiyatini o‘lchash usuli sifatida unga ingliz psixologi D.Kattel asos solgan. Boshqacha aytganda test qisqa muddat ichida bilimni sinashning eng maqbul usuli bo‘lib, bir qator rivojlangan davlatlarda xalq ta’limi bilan bir qatorda turli sohalarda ham test sinovidan foydalangan. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling