2- mavzu: Viruslar
Download 40.54 Kb.
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viruslarning olchami
2- Mavzu: Viruslar. 1.Viruslarning ko’payishi. 2. Ularning bir biridan farqlari Hozirgi vaqtda viruslar Vira olamiga birlashtirilgan. Viruslarni o‘rganuvchi fanga birinchi bo‘lib, L.Ivanovskiy (1892-y.) asos solgan bo‘lib, hozirda bu fan virusologiya deb ataladi. Viruslar barcha tirik organizmlarda kasallik qo‘zg‘atadi. Viruslar qachon va qanday paydo bo'lganligi nom a’lum, ammo har xil gipotezalar mavjud. Hozirgi kunda viruslarga quyidagi ta’rif beriladi: «Viruslar o ‘ta kichik organizm — mikroorganizm ham bo‘lmagan, mineral organizmlar bo‘lgan mikroplazmalar, rikketsiylar va xlamidiylar kabi o‘z oqsil sintezlovchi sistemalariga ham ega bo‘lmagan, nuklein kislotasining sintezi har xil darajada hujayraga bog‘liq bo‘lgan va mustaqil evolutsiyaga uchraydigan, avtonom genetik strukturalar bo‘lib, tabiatning mikroskopik molekulalarga yaqin qilib yaratgan, o‘ziga xos parazitlik qilib yashaydigan, xilma xil, ko‘p sonli guruhlarga ega va Vira olamiga birlashgan hayotning hujayrasiz formasidir». Viruslar virusologiyada o ‘rganiladigan mustaqil fan bo‘lib, o‘z obyekti va tadqiqot metodlariga ega. Umumiy virusologiya viruslarning tabiati, ularning tuzilishi, ko‘payishi, sistematikasi, biokimyosi, genetikasini o ‘rganadi. Tabiiy, veterenariya va qishloq xo‘jaligi virusologiyalari viruslarning patogenligi, ularning yuqumliligi, profilaktikasi, diagnostikasi va ular qo‘zg‘atadigan kasalliklarni davolashni o‘rganadi. (Jdanov V.M., 1990-y.) 1886-yili nemis olimi Adolf Mayer Gollandiyada tamaki o‘simligida uchraydigan mozaika kasalligini o‘rganadi. U o‘z ishlari natijasida tamaki o‘simligida kasallikni vujudga keltiruvchi mikroorganizm nihoyatda mayda ekanligini va hatto bakterial filtrlardan ham o ‘tib ketishini ko‘rsatib beradi. Uning bu ishlarini Beyerink o‘z tajribalari asosida tasdiqlaydi. Tamaki o ‘simligining virus zarrachasida 5% RNK va 95% oqsil bo'ladi. Lekin rangli karamda uchraydigan mozaikada va ko‘pgina hayvonlarda uchraydigan viruslarda va bakteriofaglarda DNK ning ham uchrashini Shlizinger 1934-yilda ko'rsatgan edi. Viruslar biologik mikroskopda ko‘rinmaydi, sun’iy oziqa muhitida o'smaydi, faqat o'simlik, hayvon, odam organizmida o'zining tirikligini namoyon etadi. Ularni faqat elektron mikroskop orqali kuzatish mumkin. Traxoma, qizamik, quturish, chinchechak, suvchechak, poliomiyelit, gripp va ko'pgina boshqa kasalliklar viruslar orqali vujudga keladi. Virusli kasalliklar natijasida ko'pgina hayvonlar zararlanadi, madaniy o'simliklarning hosili kamayib ketadi. Bunda o‘simliklar bargi yemiriladi, rangi oqarib, buralib, burishib, bo‘yi o‘smay pakana bo’lib qoladi, ba’zan esa gipokotili va ildizlari ham zararlanadi. O‘simliklarda viruslar sfera yoki tayoqcha shaklidagi oqsilli qobiq va uning ichida joylashgan nuklein kislotadan iborat bo'ladi. Nuklein kislota miqdori 15—45% atrofida, spiral simmetriyalilarda 5%, batsillalarga o'xshashlarida 1% ga yaqin; ba’zi vakillarida 20% ga yaqin lipidlar ham uchraydi. Bulardan tashqari, virus kristallarida 50% ga yaqin suv ham bo’ladi. Tamaki o ‘simligi mozaikasi virusi tayoqcha shaklidagi nukleproteid bo'lib, hujayradan tashqaridagi virus virion (hujayra ichidagisi vegetativ qurollangan virus) deb ataladi. Virionlar boshqa organizmlarga kirgandan so‘ng o'zining tirikligini namoyon qiladi. Tamaki o'simligining zararlangan barglarda kristallarni ko'rish mumkin. Bu kristallar yaxshi eriydi. Ularni amorf holda ajratib olish mumkin, qaytadan kristallar hosil qilish ham mumkin. Har bir kristall millionlab virus zarrachasidan iborat bo‘lib, virionning massasi 40* 106daltonga teng bo‘lgan molekulyar massaga ega bo’lgan ribonuklein kislotadan va oqsilli qobiqdan iborat bo’lib , bu qobiq kapsid deb ataladi (yunon. kapsa — quti demakdir). Virion markazida nuklein kislota (DNK yoki RNK) joylashgan bo‘lib, bir yoki ikki qavatli qobiq bilan o‘ralgan bo'ladi. Birinchi qobiq kapsid deb nomlanib (yunon. kapsa— quti), uning tarkibi oqsildan tashkil topgan bo‘lib, u bir nechta monomerlardan tashkil topgan. Kapsomerlarning soni har bir virusda o'zgarmaydi (poliomelitda — 60 ta, adenovirusda — 252 ta, tamaki mozaika kasalligi virusida — 2000 ta). Nuklein kislota va kapsiddan iborat virion nukleokapsid deb nomlanadi. Oddiy viruslarda bitta nukleokapsid bo'lsa, ba’zi virionlarda nukleokapsid lipiddan iborat qobiq bilan o'ralgan (murakkab viruslar) bo'ladi. Tashqi qobiq (superkapsid) ikki qavatli lipid yoki oqsil membranadan iborat. Kapsomerlar muayyan tartibda joylashgan bo'ladi va shunga asosan ular spiralsimon, kubsimon va aralashma (kombinatsiyalashgan) simmetriyali bo'ladi. Viruslarning o'lchami 20 dan 350 nm gacha bo'lib, ularni fшltrlash, ultrasentrafugalash va suratga olish orqali aniqlash mumkin. Oqsilli kapsid monomerlardan iborat bo’lib, kapsomerlar deb ataladi. Har bir virusdagi kapsomerlar soni doim bir xil bo’ladi (masalan, poliomiyelit virusida 32 ta, tamaki virusida 2130 ta subbirlik mavjud). Kapsid bilan o'ralgan nuklein kislota nukleokapsid deb ataladi. Ba’zi kapsidlar ustidan qobiq bilan o ‘raladi, bu qobiq peplos deb atalib, u peplomerlardan iborat. Ba’zi viruslarda peplos virus oqsilidan iborat bo’lsa, boshqalarida esa hatto o‘simtalar — lipidlar, glikoproteidlar va fermentlar ham uchraydi. 1955-yilda X.Frenkel-Konrat va R.Uilyams tamaki mozaikasi virusidan RNKni ajratib olishga muvaffaq bo’ldilar va u sog’lom tamaki o ‘simligiga yuqtirilganda, tamakida mozaika alomati hosil bo’lganligini kuzatdilar. Tamaki o'simligining virusi nukleoproteid bo’lib, nuklein kislotasining massasi 2*106 D, oqsilining molekulyar massasi 18000 D; uzunligi 3000A , eni 180 A, uzunligi eniga nisbatan 17 marta katta, 158 ta aminokislota qoldigidan iboratligi aniqlangan. Hayvonlar hujayrasidagi viruslarda RNK yoki DNK uchraydi. Masalan, poliomiyelit virusi RNK va oqsildan iborat, gripp virusi RNK, oqsil, lipid va uglevodlardan tashkil topgan. Viruslar noqulay omillarga ancha chidamlidir. Masalan, kartoshka o‘simligining virusi pH 4,5 da inaktivatsiyaga uchrasa, tamaki o'simligining virusi hatto pH 2 dan past bo’lgan muhitga ham chiday oladi, virionlarning temperaturaga chidamliligi pH ga bog’liq. Masalan, tamaki mozaikasi virusining qozoq shtammi pH 7 bo’lgand a, 82°C da parchalansa, tomat shtammi 96—98°C issiqlikdagina faolligini yo'qotadi, no'xatning C-l virusi 108°C da qisman inaktivatsiyaga uchraydi. Ko'pchilik viruslar past temperaturalarga ham chidamli bo’ladi. Masalan, gripp virusi —70°C temperaturada 6 oy yashay oladi. Psittakoz virusi esa ushbu temperaturaga bir yilgacha chidasa, xona haroratida esa bir necha kun ichida nobud bo’ladi. Ko‘pchilik viruslar juda tez (vakuumda) quritilsa, uzoq muddat chidamli bo’ladi. Masalan, ensefalit virusini vakuumda quritib, besh yil saqlash mumkin. Lekin ultrabinafsha nurlar viruslarga salbiy ta’sir etadi, chunki nuklein kislotalar bu nurlarni ko‘p yutadi. Viruslar shunchalik kichikki, ular oddiy bakteriyalarni tutib qoluvchi chinnidan yasalgan filtrdan ham oson o‘ta oladi. Ularning kattaligi nanometr bilan o’lchanadi Download 40.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling