2- mavzu: Viruslar


Viruslarning kimyoviy tarkibi


Download 40.54 Kb.
bet2/5
Sana28.02.2023
Hajmi40.54 Kb.
#1236322
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza

2.3. Viruslarning kimyoviy tarkibi. Ko‘pchilik viruslarda DNK halqa ko‘rinishida (poliomavirus), parvovirusda DNK bitta spiral, reoviruslarda RNK ikkita spiral holatda bo’ladi. Viruslarning nuklein kislotalarining tarkibiga
kiruvchi azotli asos va shakar komponentlari bir-biridan farq qiladi.
Viruslardagi nuklein kislotaning molekulyar massasi ham viruslarning turiga qarab, DNK saqlovchi viruslar uchun l*106 dan 2* 108 daltongacha, RNK uchun 2*106 dan 15*106 daltongacha bo‘lishi mumkin.
Virus oqsili 16—20 aminokislotalardan tashkil topgan. Har bir virus uchun aminokislotalar o'zlarining С va N amino gruppalari bilan birgalikda ma'lum bir tartibda joylashgan bo‘ladi. Bitta virusda oqsil bir tur polipeptid zanjiridan tashkil topgan bo‘lsa, ikkinchi tur virus oqsili esa bir necha xil polipeptidlar zanjiridan hosil bo'ladi.
2.4. Viruslar klassifikatsiyasi . Viruslar hujayrasiz organizm bo‘lib, o'ziga xos genomga ega. Ular inson, hayvon, hasharot, o'simliklar, zamburug‘larda obligat
parazit bo‘lib, oqsil sintezlash, fermentativ va energiya hosil qilish
xususiyatiga ega bo‘lmagan organizmlardir. Viruslar ikki guruhga: tarkibida DNK saqlovchi (5 ta oila) va RNK saqlovchi (10 ta oila)ga ajratiladi.
Shakliga ko‘ra viruslar 4 ta guruhga ajratiladi.
— sferik (gripp virusi, parotip, tovuqlardagi leykoz);
— tayoqchasimon (tamaki mozaikasi kasalligi);
—kubsimon (chin chechak);
— spermatozoidsimon (fag).

Xalqaro viruslar nomenklaturasi qo'mitasining (XVNQ) beshinchi ma’ruzasida umurtqalilar, umurtqasizlar, o'simliklar, zamburug'lar va prokariotlarning (mikroorganizmlar) 164 avlodi (24 tasi hali klassifikatsiya qilinmagan), 71 oilasi, 9 ta kichik oilasi va bitta tartibi 3,6 ming virus turlari va subvirus agentlarini o'z ichiga oladi. Hozirgi kundagi sistematikada yana bir qancha har xil taksonomik guruhlar berilgan, virus sotellitlar, viroidlar va fionlar kabi sinflarga bo'linmagan viruslar ta’riflangan. Shu kundagi ma’lumotlar amaliy va iqtisodiy ahamiyatga ega 30000 virus, shtammlari va subtillari haqida axborotlarni o'z ichiga oladi (Marphy F.A. Vims Taxonomy. Six Report ICTV, 1995. Vasilev D.A. va boshqalar, 1999-y.).


XVNQ viruslarni quyidagi taksonlarga bo'lib o'rganadi:
— tartib (virales);
— oila (viridal);
— kichik oila (virinal);
— avlod (virus);
— tur (virus).
Viruslarning eng oxirgi klassifikatsiyalaridan Fild va Nayl tahriridagi «Virusologiya» darsligida odam va hayvon viruslarining 21 oilasi batafsil tasvirlangan (1989-y.).
V.M.Jdanov (1990-y.) o‘z klassifikatsiyasida viruslari oddiydan
murakkabga tamoyilida, evolutsion nuqtayi nazardan, molekulyar
biologiya natijalarini qo‘llab sinf va boshqa guruhlarga bo‘ladi.
Asosiy e’tibor viruslarning o’lchami, tuzilishi, qobiqqa ega yoki
ega emasligi, nuklein kislotalari va ularning mono, bi, multipartitligiga (bir qismdan, ikki qismdan va ko‘p qismdan iboratligiga) qaratilib, viruslar ushbu axborotlarga asoslanib guruhlanadi.
Nobel mukofoti sovrindori Devid Baltimor (1971-y.) viruslarni xo‘jayin hujayrasidagi m-RNKni oqsil sintezlanadigan RNK hosil
bo‘lish mexanizmiga asosan 7 guruhga ajratadi: 1 — ikki zanjirli DNK: 2 — bir zanjirli DNK ; 3 — ikki zanjirli RNK; 4 — (+) bir zanjirli RNK; 5- ( - ) bir zanjirli RNK; 6 - bir zanjirli RNK; 7 - ikki zanjirli DNK - RNK .
Hozirgacha viruslarning 300 ga yaqin turi aniqlanib, ular 5 ta sinf, 8 ta tur, 21 ta oilaga birlashtirilgan, har bir oila avlodlardan tashkil topgan, avlodlar esa turkumlarga bolingan. Tarkibida D NK bo'lgan viruslar
1. Poksviruslar (ichak viruslari).
2. Chin chechak virusi.
3. Gerpes (uchuq) virusi.
4. Suv chechak virusi;
5. Adenovirus infeksiyasini vujudga keltiruvchilar, adenoviruslar.
Faglar:
1. Bakteriofaglar (bakteriyalar virusi).
2. Sianofaglar (ko‘k-yashil suv o’tlar virusi).
3. Aktinofaglar (aktinomitstlar virusi).


Download 40.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling