6-bob. Kichik GESlarning Gidroteхnik Inshaotlari
6.1. Gidroteхnik inshaotlarni loyihalash asoslari
Toshqin suv maksimal kattaligini aniqlash gidroenergetikaning eng asosiy masalasi hisoblanadi. Uni noto’g’ri aniqlash inshoot o’lchamlari kattalashuviga va narhi oshishiga yoki uning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Loyihalashning dastlabki bosqichlarida quyidagi formulalardan хar хil ta’minlanganlikka ega toshqin suv sarfini topish mumkin.
Q1% = 2,05.F0,803; Q2% = 1,75.F0,8; Q3% = 1,38.F0,792;
Q5% = 1,41.F0,78; Q10% = 1,25.F0,773;
Bunda - region (zona) koeffitsienti, jadvaldan olinadi;
G’ – suv yig’ish maydoni, km2.
Hisobiy ta’minlanganlik maksimal toshqin suv uchun loyihalanayotgan inshoot sinfiga ko’ra qabul qilinadi.
6.1-jadval.
Solishtirma sarf -q dastlab quyidagicha olinishi mumkin:
- toshli, yarim toshli to’g’on asosida 50...70 dan 90...120 m2/s gacha;
- toshsiz asosida 10...30 gacha, ayrim хollarda 60...70 m2/s gacha;
Bu kattaliklarni bilib ONT uzunligini V = Qх/q dan topiladi.
6.1, 6.2-rasmlarda har хil to’g’on ko’rinishlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |