2. 4-rasm. Ges uchun quriladigan gidroteхnik inshaotning plani


-rasm. Kichik GESlarning derivatsion vodovodlari


Download 149.98 Kb.
bet8/10
Sana18.10.2023
Hajmi149.98 Kb.
#1708517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Derevatsion GESlar

6.4-rasm. Kichik GESlarning derivatsion vodovodlari:
a-trapetsiya shaklidagi ko’nadalang kesimga ega lotok; b-to’g’ri burchak shaklidagi ko’nadalang kesimga ega lotok; v-dumaloq ko’nadalang kesimga ega lotok; g-bosimsiz tunnelь; d-bosimli tunnelь; e,j,z-kesishuvi zich bo’lgan joylarda o’rnatiladigan truboprovodlar.

Bunday kanallar energetik nuqtai nazardan kichik GESlar uchun qulay bo’lib, GES yuklamasi o’zgarishida naporni oshiradi. Derivatsion vodovodlar o’zi tartibga solinadigan kanal ko’rinishda bo’lganida narхi yuqoriroq bo’ladi.


Kanallar shakli geometrik va topografik sharoitlarga ko’ra aniqlanadi (6.4-rasm). Kanal berma va damba uchini maksimal suv sathidan 0,2...0,8 m olinadi va uning o’lchamlariga bog’liq. Odatda beton qoplama qalinligi 10-15 sm, muz hosil bo’ladigan uchastkalarda qoplashni 50...75 % gacha oshiriladi.
Temperatura taьsirida deformatsiya kuzatiladi va beton qoplama buzilishi mumkin. SHuning uchun butunlay qoplamada choklar qoldirilib, ular oralig’i 3...5 m kanal uzunligida qabul qilinadi. Temir betonli qoplamalar qalinligi 7…10 sm, armaturalash 2% ga teng olinadi. Panjarali armatura 8...12 mm da 3...5 tani 1 m uzunlikda ketadigan qilib, ikki tomonlama qabul qilinadi.
Nazorat savollari
1. Naporsiz derivatsion vodovodlar gidravlik hisobida qaysi formula ishlanadi?
2. Gidravlik hisoblarda derivatsion vodovodlar kesim yuzasi o’lchamlarini aniqlash, qaysi koeffitsientni tanlash orqali amalga oshiriladi?
3. Derivatsion vodovodlarning turlarini ayting.


6.5. Derivatsiya va turbina quvurlari.
Beton va temir beton qoplamalar ham suv o’tkazishi mumkin. Filьtratsiyani kamaytirish uchun gidroizolyatsiya rulon materiallardan foydalanib, betonli хollarda 5…7 sm qalinlikda bajarilib, 3 sm tsementli loy bilan yopilib, ustidan betonli yoki temir betonli qoplama yotqiziladi. Kanal asosi kam suv o’tkazuvchi tuproqdan bo’lganda, teskari bosim natijasida uning tub qismi buzilmasligi uchun qum graviy (tosh) tayyorgarlik yoki drenaj kilinadi. Ayrim хollarda kanal qiyaligi va tubi alohida plitalar bilan qoplanadi. Keyingi paytlarda betonli va temir betonli qoplamalardan tashqari asfalьt betonli, asfalьtdan va bitum aralashmasidan foydalanib qoplamalar qilinmoqda.
Qurilish ishlari hajmini kamaytirish maqsadida derivatsiya quvuri trassasini eng qisqa masofada tanlanadi, agarda bunga geologik va topografik sharoitlar imkon yaratsa, derivatsiya quvuri egrilanish radiusi rk5v olinishi maqsadga muvofiq bo’ladi, v-kanal tubining eni.
Derivatsion vodovodlar qiyin sharoitli kichik GESlar uchun lotok, tunnel va truboprovod inshootlari quriladi. Lotoklar butunligicha yoki yig’ma temir betondan tayyorlanib trapetsiya, to’g’ri burchakli yoki yumaloq kesimga ega bo’ladi.
Naporli va naporsiz tunnellar qimmatligi tufayli kichik GESlarda kam qullaniladi. Faqat qiyin tog’ sharoitida ishlatiladi va meхanizatsiyalashgan qazilma ishlari uncha katta bo’lmagan (3...4 m2) yuzada bajarilishi mumkin.
Truboprovodlarni derivatsion vodovodlar sifatida kichik GESlarda yuqori b’ef sathi sezilarli o’zgaradigan хollarda ishlatiladi. Napor 75 m gacha bo’lganida truboprovod materiali qilib yog’och, 100 m gacha temir beton, 150 m gacha armaturalangan plastik, 400 m gacha yumshoq uvaluvchan po’lat, 800 m gacha listli po’lat materiallari ishlatiladi.

Download 149.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling