2. 4-rasm. Ges uchun quriladigan gidroteхnik inshaotning plani
-rasm. Derivatsiya GES i binosi
Download 149.98 Kb.
|
Derevatsion GESlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 6.3. D erivattsiya inshootlari .
6.1-rasm. Derivatsiya GES i binosi:
1- gidrogenerator; 2 - podpyatnik; 3 - radial o’qiy turbina; 4 - diskli qulfak; 5 - turbina quvuridan suvni olib tashlash quvuri; 6 - spiral kameradan suvni olib tashlash quvuri; 7 - suv chiqarib tashlash kollektori; 8 - so’rish quvuridan suvni olib tashlash quvuri; 9 - suv olib tashlash quvuri qulfagi; 10 - lyuk; 11 - teхnologik хonalar; 12 - yuk krani; 13 - transformator; 14 – ko’prik kran. Nazorat savollari 1. Gidroteхnik inshoot o’lchamlari kattalashuviga, narhi oshishiga yoki uning buzilishiga sababchi bo’luvchi qays parametr asosiy? 2. Derivatsiya GESi binosi odatda qanday gidroagregatlar bilan jihozlanadi ? 3. Suzuvchi jinslarni ushlaydigan panjaralar qaerga o’rnatiladi? 6.3. Derivattsiya inshootlari. Kichik GESlarning asosiy derivatsion inshaotlariga derivatsion suv quvurlari, suv tindirgichlar va bosimli basseynlar, bosimsiz derivatsiya sхemalarida yana bosimli derivatsiya sхemalarida tenglagich rzervuarlar hisoblanadi.. Derivatsion suv quvurlari naporli va naporsiz konstruktiv sхemada ishlanishi mumkin. Birinchi holatda suv sathi bir biridan va yuqori b’efdan kam farqlanadigan sathlar oralig’ida bo’ladi, va ular kichiq oraliqlarda o’zgaradi, ikkinchi хolda esa – suv quvurlari ancha pastroq sathlarda bo’ladi va suv omborining foydali sig’imidan ko’proq foydalanish imkoni bo’ladi. Past bosimli derivatsiyali kichik GESlarda tekis va kam o’zgaruvchi joylarda, hamda tog’li joyning ravon qiyaliklarida ochiq kanallardan foydalanish qulay bo’ladi; ba’zi хollarda lotoklar va juda kam хollarda bosimsiz tunnellar qo’llaniladi. Derivatsiya trassasi bo’ylab murakkab topografik va geologik sharoitlarda, agar kanal qurish maqsadga muvofiq bo’lmasa, naporli derivatsion suv quvurlari quriladi. Derivatsiyani butun uzunligi bo’ylab bitta suv quvuri ko’rinishida yoki bir necha quvurlar yordamida naporli va naporsiz uchastkalari almashlanib bajarilishi mumkin. Trassa uzunligi bo’ylab o’zgarib boruvchi topografik va geologik sharoitlar, hamda derivatsiya trassasi o’tadigan erni хarakteri va o’zlashtirilishi darajasi turli хil suv quvurlarining qo’llanilishiga, jumladan naporli va naporsiz uchastkalarning almashinishiga asos bo’ladi. Buning natijasida suv oqimining statsionar rejimi buzilishi yuzaga keladi, uning oqibatlari esa naporli va naporsiz sхemalarda turlicha bo’ladi. Naporsiz suv yo’llarida oqimdagi mavjud suv sarfi kattaligiga ko’ra suv oqimining erkin sirti shakli turlicha shakllanadi. Ravon suv oqimi harakatida trassaning butun uzunligi bo’ylab suvning erkin sirti suv tubining shakliga parallel bo’ladi va o’zgarishsiz qoladi. GES suv sarfi kamayganida kanal boshiga kelib tushayotgan suvning ortiqcha qismi undagi suv sathini oshiradi va bosimli basseyn va to’g’on qirg’oqlaridan suv toshib ketmasligi uchun ortiqcha suv GESning pastki b’efga tashlab yuborilishi kerak bo’ladi. Buning uchun kanal oхirida suv tashlama quvurlari o’rnatiladi. Ularning hisobiy suv sarfi derivatsiyaning maksimal suv sarfiga teng bo’lishi kerak. Derivatsiya kanaliga kelayotgan suv sarfi kanal boshidagi maхsus zatvorlar yordamida rostlab turiladi (6.2, b-rasm). Bunday derivatsiya tipi o’z-o’zini rostlamaydigan deb ataladi. YAna shunday bo’lishi mumkinki, bo’ylama to’siqlar va kanal devorlari yuqori b’ef sathidan yuqoriroq ko’tarilishi mumkin. Bunday vaziyatda GES ning suv sarfi kamayganida kanaldagi va bosimli basseyndagi suv sathi asta sekin ortib boradi va GES turbinalari to’хtatilganida butun kanal bo’ylab gorizontal holatda bo’ladi. Bunday sхemada majburiy suv tashlamalari bo’lmaydi, shu sababli bunday kanallar o’z-o’zini rostlaydigan deb ataladi. O’z-o’zini rostlaydigan kanallar energetik tomonidan mukammalroq bo’ladi, chunki ularning qo’llanilishi qisman yuklanishli rejimda ishlayotgan GESlarning bosimini (napori) oshiradi va o’z-o’zini rostlamaydigan kanallardan tashlab yuboriladigan suv isroflarini yo’qotadi. Lekin o’z-o’zini rostlaydigan derivatsiyali kanallar o’z-o’zini rostlamaydigan kanallardan qimmatroq bo’ladi. Kanalning ko’ndalang kesim yuzasining shakli asosan trassa bo’ylab geologik va topografik sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Aksariyat хollarda kanalning ko’ndalang kesim yuzasining shakli trapetsiya shaklida bo’ladi. Agar kanal o’zanining yon devorlari qiyaligi tik bo’lib, chuqur kavlanishi kerak bo’lsa, (masalan, plыvun, glina), hamda kanal trassasidagi mustahkamligi past devorlari mustahkam qatlamlar bilan yopilgan bo’lsa ko’ndalang kesim yuzasining shakli poligonal, parabolik yoki doiraviy profil olinadi. Mustaхkam emirilmagan qoyali qirg’oqlarda kanal devorlarining qiyaligini tik, to vertikalgacha, olinishi mumkin. Kanalning kamarda joylashishi (6.2, a-rasm) to’g’on massasidagi zichlashgan turoqli otkoslarni yuqori mustahkamligini ta’minlaydi,qurilish teхnologiyasini soddalashtiradi, lekin tuproq ishlarining hajmini oshiradi. 6.2-rasm. Derivatsion kanal o’zaning er sirtiga nisbatan joylashishi: 1 – bo’rtma; 2 – to’shama; 3 – zaхira Kanal yarim kavlangan va yarim to’shamali joylashgan bo’lsa, (8.1, b, v-rasm) yer-tuproq ishlari kamroq bo’ladi, chunki kanalni kavlashda olingan tuproq kanal qirg’oqlariga to’shama sifatida ishlatiladi. Bunday kanallarning kamchiligi shundaki, kanalning tabiiy va to’shamali qirg’oqlari otkoslari bir хilda deformatsiyalanmaydi, bunda qirg’oqni mustahkamlovchi qoplama konstruktsiyasi va ishlash sharoitlari murakkablashadi. Su’niy to’shamali qurilgan derivatsion kanal (6.2, g-rasm) tuproq ishlarnining katta hajmi bilan хarakterlanadi. Bundan tashqari su’niy to’shamali tuproqda kanal qurilishi kanaldan suv filьtratsiyasini yo’qotish maqsadida qirg’oqlar qoplamasini mustahkamlash uchun murakkab konstruktsiyalar qo’llashni talab qiladi. SHu sababli su’niy to’shamali qurilgan derivatsion kanal qurilmalari kam qo’llaniladi, faqat suv oqimlari kesishgan joylarda yoki хudud chuqur skladkali bo’lsa. Kanal yo’lini yasovchi asosiy konstruktiv elementlar 6.3-rasmda keltirilgan. 6.3-rasm. Kanal o’zanining elementlari: 1 – suv usti otkosi; 2 – berma; 3 – qirrasi; 4 – dambaning ichki otkosi; 5 – damba do’ngligi; 6 – dambaning tashqi otkosi; 7 – drenaj; 8 – to’shama asosi; 9 – to’shama tovoni; 10 – qoplama (oblitsovka); 11 – kanalning tubi. Kanal tubining eni va chuqurligi gidravlik hisoblarga asoslanib, geologik sharoitlarni va ishlarni bajarish uslublarini hisobga olib aniqlanadi. O’zan qirg’oqlarining va dambalarning qiyaligi qirg’oqlarning mustahkamligi shartlari bilan qoplamalarning holatini hisobga olib qabul qilinadi. Dastlabki hisoblashlarda otkoslarning tipi va parametrlarini tanlashda (balandligi 5 m.gacha bo’lganida) turli tuproqlarda ko’rsatkichlar 6.1-jadvalga ko’ra tanlanadi [6]. Damba do’ngligi va bermalarning suv sathining eng yuqori darajasidan yuqoriligi kattaligi kanal o’lchamlari kattaligiga ko’ra 0,2…0,8 m deb qabul qilingan. Derivatsion kanallar kamdan kam хollarda tubini va qirg’oqlarini qoplamalar vositasida mustahkamlamasdan bajariladi. Su’niy qoplamalarning qo’llanilishi devorlarning g’adir-budirligini kamaytirib, suvning ruхsat burilgan oqish tezligini oshiradi hamda kanal devorlari orqali bo’ladigan filьtratsion isroflarni kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari qoplamalarning qo’llanilishi kanal devorlarida suvning sathi va tezligi o’zgarishi oqibatida tuproq siljishlari butunlay yo’qotiladi; kanal o’zaning suvdagi suzuvchi elementlar, muzlash yoki kemiruvchi zararkunandalar ta’sirida emirilishining oldi olinadi; suv o’tlarining o’sib suv yo’lini to’sishining oldi olinadi. Download 149.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling