2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq


Download 119.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana16.06.2023
Hajmi119.84 Kb.
#1498167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Amaliy mashʻulot2

65-topshiriq.Matnni ko'chiring.Ajratib ko'rsatilgan fe'l shakllariga diqqat qiling
so'rog'ini, bog'langan so'zini aniqlang. 
Asal yiliga ikki marta: bahorda va kuzda yig'ilar edi.Dadam tayyor hosilni sirli 
tog'oralarga solib, oftobda eritib, mumlarini ajratardilar.«O’g'lim, asal shirin, 
xizmati qiyin», deb qo'yar edilar dadam har zamonda.Dadam birinchi hosilni qo'ni-
qo'shni, qarindosh-urug'larga «Og'zi tegsin» deb, tarqatar edilar.Shunda men: «Nega 
qo'shnilarga qiyin mehnatingiz evaziga yuzaga kelgan bolni tarqatamiz?» 
derdim.Dadam kulib: «Hosil mo'l, qolaversa, qo'shnilarning ham haqi bor, chunki 
arilar ularning bog'idagi gullardan ham bol so'rib olganlar,» derdilar.(Habibullo 
Qodiriy) 
66-topshiriq.Berilgan 
fe'llarni 
bir-biriga 
solishtiring, 
ma'no 
farqini 
ayting.(ko’makchi fe’llar) 
O'qimoq-o'qiy boshlamoq, o'qiy olmoq, o'qib chiqmoq, o'qib tugatmoq, o'qib 
yurmoq, o'qib turmoq, o'qib yubormoq, o'qib tashlamoq. 
67-mashq.Matnni o'qing.Ko'makchi fe'llarni topib, ular bildirgan ma'nolarni 
aniqlang.Ko'makchi fe'llar ishtirokida yangi so'z qo'shilmalarini hosil qiling. 


Chor atrofi baland devor bilan o'ralgan tor joyda uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar 
to'lib-toshib yotibdi.Eng qizig'i devor boshida o'qtin-o'qtin ko'rinish beradigan 
babaq xo'roz.U o'ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo'yinga boshini u yon-bu yon 
burib qarab qo'yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqanicha, birdan qichqirib qoladiki, 
sho'rlik Oqto'sh qochaman deb umbaloq oshib tushadi.Gohida shu ish ustiga uy 
egasining o'rtancha o'g'li Rasul kelib qoladi...Rasul uni yerdan ko'tarib bag'riga 
bosadi, silab-siypaydi.(N.Norqobilov) 
68-mashq.Gaplar tarkibidagi fe'llarni ikki guruhga bo'lib ko'chiring.Birinchi 
guruhga sof fe'llarni, ikkinchi guruhga ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalarini kiriting. 
1.Men bu yerga qalamcha suqqanimda, «Nimaga boshqalar bosh qo'shmaydi?» deb 
o'ylamaganman.Ekkim kelgan, ekkanman.(N.Norqobilov) 2.Ertasi kun bo'yi 
Esonboyni xavotir aralash kutdim.Daragi bo'lmadi.Ishdan kelgach, nari-beri 
tamaddi qilib, uyiga o'tib bordim.(X.Sultonov) 3.Savri xola indamadi.Bitta-bitta 
qadam bosib, uyi tomon yurib ketdi.(O'.Umarbekov) 4.Qo'qonga nonushta mahalida 
kirib keldik.(Abdulla Qahhor) 

Download 119.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling