2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
69-mashq.O'.Umarbekovning «Hayot qo'shig'i» hikoyasidan olingan quyidagi
gaplarni o'qing.Ketmoq fe'lining ishlatilish o'rinlariga va ma'nolariga diqqat qiling.(Ko’makchi fe’llar) 1.O’yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho'zilib ketdi.2.Mo'ysafid gullarni shiyponga qo'yib, mehmonlar bilan ko'risha ketdi.3.Bu nima degan gap o'zi, juda jim bo'lib ketdingiz! 4.Sahnaga ko'zi tushdi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi.5.Do'simboy ota uyga kirib ketganda hech nimaga tushunolmay o'tirgan Mirsaid so'radi:- Hotamjonga nima qilgan? 6.Mirsodiq eshikni sekin ochdi-yu, sevinib ketdi. 70-mashq.Gaplarni ko'chiring, ko'makchi fe'llarning ma'nolarini izohlang, ularni harakatning boshlanishini, davomiyligini va yakunlanishini bildiruvchi fe'llarga ajrating. 1.Hozircha muvaqqat sim tortib turaylik, doimiy simni Farhoddan elektr olganimizda tortamiz.(Abdullda Qahhor) 2.Hozir men Toshkentdaman.Yodgor o'z yonimda.Ba'zan Mehrixonlar oilasiga ham borib-kelib turadi.(G'afur G'ulom) 3.Ukam orqasiga qayrilib ham qaramadi.Dadasining qo'lidan ushlab dikir-dikir sakrab, o'ynoqlab keta berdi.(S.Anorboyev) 4.Indamay g'ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi.(M.Mansurov) 5.Men gilosman, quloq sol, /Rangim ol-u, totim bol./Topsang qo'shalog'imni /Qulog'ingga taqib ol.(E.Vohidov) 71-mashq.Gaplarni ko'chiring, ajratib ko'rsatilgan ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalaridagi ko'makchi fe'llar bildirgan ma'nolarni aniqlang. 1.Unsin ostonadan hatlashi bilan paranjisini yig'ishtirib oldi, qarshisiga yugurib chiqqan Zumrad bilan quchoqlashib ko'risha ketishdi.2.Birpasgina bo'lsa ham...ko'rinish berib, notavon ko'nglimni tinchitib ketsang bo'lgani.3.Sovuq bo'shashgan hamon, ko'klam daragi kelmasdan, tag'in ayvonga ko'chib olar edi.4.Umarali o'rnidan turdi-da, tashqariga chiqib ketdi.(Oybek) 72-mashq.Gaplarni ko'chiring, ajratib ko'rsatilgan fe'llarni bir-biriga solishtirib, farqlarini ayting, asosga fe'l shakllarining qo'shilishiga diqqat qiling.(Ko’makchi fe’llar) 1.Otamiz aravaga qo'shilgan otni yetaklab borardi, xullas, Zovboshiga borishimni taqiqlab qo'yishgandi uydagilar.2.Tog'dan bizga qishning yaqinlashganidan xabar beruvchi shamollar esa boshladi.3.Keyin ularning ham chandilgan iplarini yechib, ayirib ola boshladik.4.Yo'l nishab edi.Tushib ketyapmiz.Goho otning tuyog'i silliq toshda sirg'alib ketadi.5.Bir mahal yo'l kengayib ketdi.(Sh.Xolmirzayev) Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling