2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq


Download 119.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana16.06.2023
Hajmi119.84 Kb.
#1498167
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Amaliy mashʻulot2



2-AMALIY MASHGʻULOT 
 
61-topshiriq.Berilgan fe'llardagi ravishdosh qo'shimchalarini aniqlang.Ularning 
talaffuzi va imlosiga e'tibor bering. 
Chiqqach, kelgach, ekkach, aytgach, chiqquncha, kelguncha, ekkuncha, aytguncha, 
sig'gancha, kelgancha, ekkancha, aytgancha, chiqqani, kelgani, ekkani, aytgani. 
62-mashq.Berilgan gaplardagi fe'llarni toping, ravishdosh shaklini hosil qiluvchi 
qo'shimchalaming yozilishi va talaffuzini tushuntiring. 
1.Ona kelar yo'lda yugurib, Ko'ringandan qizini so'rab.(Hamid Olimjon) 2.Orqa 
tomonda o'tirgan Dilbar o'zini tutolmay qiqirladi.(T.Aminov) 3.Bobur gulni yana bir 
hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo'ydi.(P.odirov) 4.Taxtga chiqqach
adolat bilan ish tutibdi.(Ertakdan) 5.Shamol tinavermagach, tog'ga chiqishni 
qoldirdi.(Tog'ay Murod) 
63-mashq.Berilgan gaplardan fe'lning ravishdosh shaklini toping va talaffuzi hamda 
imlosiga e'tibor bering. 
1.O'sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko'rsatib, shon-u shuhrat taratib
o'qituvchilarimni hayratda qoldirdim.(X.To'xtaboyev) 2.Men bobomning maqtovini 
eshitib, kekkayib bormoqdaman.(A.Qodiriy) 3.Tepalikdan o'tgach, chavandozlar 
birin-ketin orqada qola boshladi.(B.Murodaliyev) 4.Aka-uka maslahatlashib, tong 
otguncha shu yerda qolishga qaror qilishdi.(X.To'xtaboyev) 5.Xola, ukam qani, olib 
ketgani keldim.(H.Badalov) 
64-topshiriq.Matnni o'qing.Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi qo'shimchalardan mosini 
qo'yib, fe'lning vazifa shakllarini hosil qiling. 
Bir bog'bon birovning bog'ini parvarish qilar edi.Bog'da bir olma daraxti bo'l...(-
gani,-yotgan,-ib), mevasi juda shirin edi.Bog'bon bu daraxtni sevar, mevasi pish...(-
ib,-ish,-qani)i bilan bog' egasining oldiga olib borardi.Bu gal ham bog' egasi 
keltiril...(-kan,-qan,-gan) olmadan g'oyat xursand bo'ldi va uni o'z hovlisiga keltir...(-
ay,-gun cha,-ib) o'tqaz...(-gani,-ish,-quncha)ni buyurdi.Ko'chiril...(-ib,-y,-gan) olma 
daraxti qurib qoldi.Ochko'z bog' egasi olmaning boridan ham ajralib qoldi.(Rivoyat) 

Download 119.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling