2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq


Download 119.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana16.06.2023
Hajmi119.84 Kb.
#1498167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Amaliy mashʻulot2

85-mashq.Berilgan fe'llarni jadvalga joylashtiring va ular ishtirokida og'zaki gaplar 
tuzing. 
Urindi-turtindi, bahslashmoq, bahs yuritmoq, haydamoq, so'radi-qo'ydi, shitirlamoq, 
havas qilmoq, qochdi-ketdi, ishladi-qo'ydi, yordam bermoq. 
Sodda fe'llar 
Qo'shma fe'llar 
Juft fe'llar 


86-mashq.Fe'llarning tuzilishiga ko'ra turlarini aniqlang, juft fe'llarni ajratib 
ko'chiring, ularga izoh bering.(Juft fe’llar) 
1.Yosh Hakima boshqa o'rtoqlaridan qolmaslik uchun qizarib-bo'zarib ishlaydi
yuzidan quyilgan terni artishga qizg'anadi.(Oybek) 2.Men shu Vatan qo'ynida 
undim-osdim.3.Kelganimga bir hafta bo'ldimi-bo'lmadimi, bilmadim, uning 
to'g'risidagi hamma gaplarni bilib oldim.(O'.Umarbekov) 4.Bu niyatni Mohlaroyim 
ham qo'llab-quvvatlar edi.(Mirza Karim) 5.Nabira ko'rgach, omonatini osongina 
topshirdi-ketdi.(E.Madrahimov) 
87-topshiriq.Gaplarni ko'chiring, sodda, qo'shma va juft fe'llarni aniqlang. 
1.Xolasinikida qandaydir bir mehmondorchilik o'tkaziladigan bo'ldi-yu, hammamiz 
o'sha yerga otlandik.(E.Usmonov) 2.Uning chehrasi ko'zimga tanishdek 
ko'rindi.Kimgadir o'xshaydi, lekin kimga? Eslolmadim.(S.Anorboyev) 3.O'yladi-
o'yladi, lekin o'yining oxiriga yetolmadi.(N.Fozilov) 4.Chol unga yaqinlashib salom 
berdi.Qiz loqaydgina alik oldi.(F.Musajonov) 5.Nogoh entikdi-yu, egildi 
kamon./O'q uchdi belgisiz yoqlarga tomon./Keksa otasining qaddin dol etib./Ketib 
borar edi farzand shu zamon.(A.Oripov) 6.Yurib-yurib, oxiri yolg'iz bir uychaga 
duch keldi.(Ertakdan) 
88-topshiriq.Gaplarni o'qib, ular tarkibidagi sodda fe'llardan qo'shma va juft fe'llar 
hosil qiling. 
Namuna: so'radi-so'rab surishtirdi. 
1.Men 
ham 
qiziqib 
bolaning 
yoniga 
bordim.Bolakay 
cho'chib 
tushdi.(Sh.Xolmirzayev) 2.Haydar ota yo'lakda kampiriga yo'liqdi.Kampir imo bilan 
Asrorqulni so'radi.(Abdulla Qahhor) 3.Go'yo har bir shox, har bir yaproq tagiga 
yashirinib olgan bulbullar tobora avjga chiqar, boshqa hamma qushlar ovozini bosib, 
yayrab-yayrab, to'lib-toshib sayrashardi.(O.Yoqubov) 4.Boshqalar ham bosh 
tebratib, bu fikrga qo'shildilar.(Cho'lpon) 5.Omon dasturxonni yig'ishtirdi.(G'afur 
G'ulom) 

Download 119.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling