2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 127-topshiriq.
126-topshiriq.Berilgan so'zlar ichidan o'tgan zamon fe'llarini ajratib oling va ular
ishtirokida gaplar tuzing. Ko'rgan ekan, ko'ribdi, ko'ryapman, ko'rishmoqchi, ko'rmoqchi edim, ko'rar ekan, ko'rajakman, ko'ryapmiz, ko'rmoqchiman, ko'rdik, ko'rdingmi, ko'ryapsiz. 127-topshiriq.Gaplardagi fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating.(Shart mayli) Olim bo'lsang, olam seniki.(Maqol) Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam, dilim. 128-mashq.Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asaridan ohngan o'gitlarni ko'chiring.Shart maylidagi fe'llarning tagiga chizing. 1.Odam qahrlansa, bilimsiz bo'ladi, jahl kelsa, aql ketadi.2.Kimki farog'atli kunni istasa, u fe'l-atvorini sozlashi, to'g'rilik va rostlikni tanlashi lozim.3.Botirlar qo'liga qilich tutgudek bo'lsa, yov titroqqa tushadi.4.Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqin bo'ladi. 129-mashq.Gaplarni o'qing.Nuqtalar o'rniga shart mayli qo'shimchasini qo'ying, so'ng unga shaxs-son qo'shimchalaridan mosini qo'shing.(Shart mayli) 1.Odam bo'laman de..., kamtarlikni odat qil.2.Agar kishi halol mehnat qil..., u shon- shuhrat qozonadi.(Pol Lafarg) 3.Agar do'stim ko'p bo'lsin de..., hech kimga dushmanlik qilma.(«Hikmatnoma»dan) 4.Ko'z yoshi to'kib ariq qazi..., kulib-kulib suv ichasan.(Maqol) 5.Yomg'ir tezroq tin...edi, suvoqni yakunlar edik.(Yo'ldosh Sulaymori) 130-mashq.Maqollarni o'qing.Ulardagi mazmun haqida bahslashing.Shart maylidagi fe'llarga izoh bering. 1.Yaxshi so'z eshitmoqchi bo'lsang, yomon gap aytma.(Arman maqoli) 2.Boshqalarga yordam bersang, kulfat seni chetlab o'tadi.(Ozarbayjon maqoli) 3.Haqiqatni inkor etsang, o'z umringni qisqartirasan.(Gruzin maqoli) 4.To'g'ri bo'lsang, o'sib borib gul bo'lasan, egri bo'lsang, o'sib borib kul bo'lasan.(O'zbek maqoli) 5.To'g'ri turgan bo'lsang, soyaning egriligidan qo'rqma.(Xitoy maqoli) 6.Oz yesang, ko'p yashaysan.(Arab maqoli) Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling