2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq


Download 119.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana16.06.2023
Hajmi119.84 Kb.
#1498167
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Amaliy mashʻulot2

134-mashq. Gaplarni ko'chiring.Fe'llarning nisbat, mayl, zamon shakllarini 
aniqlang. 
So'zlar hayoti murakkab, ularga sehr yashiringan.So'zlar ham o'z xalqi bilan birga 
umr kechiradi, xalq quvonsa, quvonadi, kuyunsa, kuyunadi.Kishilar o'zgalarni 
o'ylab buloqlarning bekilgan ko'zlarini ochadilar, avlodlari uchun daraxtlar 
ekadilar.Bundan keyingi avlod buloq suvidan, daraxt mevalaridan bahramand 
bo'ladi.Ota-bobolarimiz qoldirgan so'zlar ana shu buloqlar va daraxtlardir.So'zlar biz 
uchun asrlar sadosi, uzoq o'tmish bilan hamnafaslik hissini uyg'otuvchi mangu 
chaqiriq, zamonlararo ko'prikdir.(B.To'ychiboyev) 
135-mashq.Gaplarni o'qing.Fe'llarning vazifa shakllarini aniqlab, ularni izohlang. 
Tuproq-insonning tug'ilib o'sgan joyi, tuproq-Vatan.Tuproq necha yuz yillardan 
buyon ne-ne ulug' farzandlarini quchog'iga bosib kelayotgan mushfiq 
zamin.Shuning uchun biz uni e'zozlab «ona tuproq» deymiz.U olis ajdodlarga onalik 
qilgan.U ota-bobolarimizning onasi bo'lgan.U bizning ham onamiz va, albatta, 
kelajak avlodning ham onasi bo'lajak.Demak, hamma narsa ona tuproqni 
qadrlashdan boshlanadi.Bunday kishini el tushunadi, dunyo taniydi.O'z tarixini ona 
yurtdan-ona tuproqdan qidirgan insongina haqiqiy inson bo'la oladi.(A.Nabiyev) 
136-mashq.Sonlarni toping, ularning imlosiga diqqat qiling va gaplarni ko'chiring. 
1.Zamaxshariy ko'p qirrali olim bo'lib, fanning turli sohalariga oid 75 dan ortiq asar 
yozib qoldirgan.(S.Hasanov) 2.Zamonaviy o'n ikkita turk davlati bayrog'idan 
yettitasida oy va yulduz ramzlari bor.(S.Olimov) 3.Amir Temur Bibixonim 
masjidini 1399-1404-yillar mobaynida qurdirgan.(T.Fayziyev) 4.Tarixing bitmakka, 
xalqim, mingta Firdavsiy kerak, Chunki bir bor chekkan ohing mingta doston, 
o'zbegim.(E.Vohidov) 
137-mashq.Matnni o'qing, fe'llarni topib, ularning mayl, nisbat, zamon shakllarini 
belgilang. 
...Alisher o'rtog'ining aytganini eshitmadi, shekilli: 
-Ov 
qilmoq, 
merganlik-ermak 
narsa, 
lekin 
eng 
zo'r 
zaruriyat 
maktabdir.Turmushning ko'p sirlarini maktab o'rgatadi.Suhbatning bunday keskin 
o'zgarganidan shoshib, bir on jim qolgan bolalarning kattarog'i: 
-Kim o’rgatdi senga bu gaplarni?-deb so'radi Alisherga tik qarab. 
-Bilaman-da, otam hamisha: «Olim odam xor bo'lmaydi»,-deydilar.(Oybek) 

Download 119.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling