2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 119-topshiriq.
115-topshiriq.Berilgan fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating.(Xabar mayli)
Gullagan, yashnamoqda, o'ylashdi, o'ynamayman. 116-mashq.O'qing.Xabar maylidagi fe'llarni aniqlab, daftaringizga ko'chiring.Ularning qanday zamon shaklida ekanligini ayting. Nima deysan, ey g'ayur inson? G'iybatlaring qildi meni qon. Sen ham bir kun o'tarsan, inon, Mehr qolur, muhabbat qolur.(Muhammad Yusuf) 117-mashq.Berilgan gaplardagi fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating.Har bir qismni tahlil qiling.(Xabar mayli) 1.Bola chaqqonlik bilan o'zini suvga otdi.(S.Mengnorov) 2.Ishyoqmaslarning idorama-idora yurib arz qilishdan boshqa ishi yo'q.(P.Qodirov) 3.Kabob uchun shahardan zira-piralarni ham olib chiqib qo'ydik.(P.Qodirov) 4.Otasi Qo'qonning Madalixon madrasasida bir necha yillar mudarris bo'lib ishlagan.(Abdulla Qodiriy) 5.Cho'pon gapiradi, xotini aytadi, o'g'li chaqiradi.(Sh.Xolmirzayev) 5.Kunduzi bo'lishiga qaramay, birdan hamma yoq qop-qorong'i bo'lib ketdi.( P.Qodirov) 118-mashq.Berilgan gaplardagi xabar mayli shaklidagi fe'llarni tahlil qiling. 1.Nigoraning qop-qora ko'zlari doimo chaqnab turadi, lablaridan tabassum arimaydi.(A.Azimova) 2.Mashina to'xtar-to'xtamas yerga sakradi.(P.Qodirov) 3.Qurilish hovlisiga chang-to'zon ko'tarib “Zil” mashinasi kirib keldi.(O'.Hoshimov) 4.Bu gapni eshitib, Bahromning ko'zi charaqlab ochilib ketdi.(X.To'xtaboyev) 119-topshiriq.Berilgan gap tarkibidagi fe'llarni aniqlang.Ularni tarkibiy qismlarga ajrating.(Buyruq mayli) Suhbat aylaylik, kelinglar, jo'ralar, o'rtog'lar.(Muqimiy) 120-mashq.Berilgan gaplardagi fe'llarni topib, tarkibiy qismlarga ajrating.Qaysi mayl shaklida ekanligini va ularning qanday qo'shimchalar yordamida hosil bo'lganini ayting.(Buyruq-istak mayli) 1.Ovqatni yedig-u, meni uyqu bosdi:-Dada, keling, uxlaylik.(Olmos) 2.Qani endi, hamma ham shunday g'alabalarga erishsa.(Abdulla Qahhor) 3.Koshki edi, o'sha tog'ga men ham borsam.(Abdulla Qahhor) 4.Kel, do'stim, yuragimni senga ochay.(Said Ahmad) 5.Hayot saboqlarini o'rgangin, chunki hayotni o'rganish zarur.(Omon Muxtor) Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling