2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
99-mashq.Gaplarni o'qing.Nuqtalar o'rniga o'tgan zamon fe'llarini yasovchi
qo'shimchalardan mosini qo'yib, ko'chiring. 1.Atrof ko'm-ko'k bo'lib, yo'l chetida qoqigullar, lolalar, chuchmomalar qiyg'os ochilib yotar...(N.Fozilov) 2.Men juda quvondim: mana, endi o'sib ham qol...m, yoshim o'n to'rtga kir..., odamlar menga ishonadigan bo'lib qol..., deb ich-ichimdan sevin...m.(G'afur G'ulom) 3.Men tez-tez Toshkentga kelib tur...man (O.Umarbekov) 4.Bolakay tog'lar orasida yashovchi cho'pon tog'asini juda yaxshi ko'rar...(A.Ko'chimov) 100-mashq.Uyga vazifa.She'rni yod oling, unda ishlatilgan fe'llarni topib, o'tgan zamon shakliga aylantiring. Tongda turib eng avval Oyijonim quchaman. So'ngra: «Salom, hayot!»-deb Derazamni ochaman. Derazamni ochmasam, Quyosh xafa bo'ladi. «Uyquchi», deb men bilan O'rtoq bo'lmay qo'yadi. (A.Karimov) 101-mashq.Topishmoqlarning javoblarini toping.O'tgan zamon fe'llarining yasalishini izohlang. 1.Oq yer ochdim, qora bug'doy sochdim.2.O'zi qator joylashgan, bir-biriga boylangan, bir-birini kuzatar, behisob nur uzatar.3.Mixlangan qulog'idan, suv quyar oyog'idan.4.Ko'k ko'ylakka g'o'za yoydim. 102-mashq.Ko'chiring.O'tgan zamonni hosil qiluvchi qo'shimchalarning tagiga chizing. Men iljayib turaverdim.U ovutib turgan ukamni qo'ydi-da, qo'g'irchoqlarining oldiga yugurib ketdi.Men ham «lip» etib hujraga kirib, ho'qachadan yog' o'yib oldim.U yerdan chiqib o'tinxonaga kirdim.Kulrang tovug'im, qarasam, piyozdan qilingan moyak ustida tug'ib o'tirar edi.Sekin borib, qanotini ko'tarib boqsam, allaqachon tug'ib bo'lgan ekan, lekin onalik mehri bilan tuxumni bosib yotar ekan.U tuxumni oldim.Tovuq qaqalab qochdi.(G'afiir G'ulom) 103-mashq.Berilgan gaplardagi o'tgan zamon ma'nosini ifodalagan to'liqsiz fe'llarni toping. 1.O'sha kuni u rost gapirgan edi.(Omon Muxtor) 2.Gumbazdagi chiroyli qandilda turli xil shamlar yonib turgan emish.3.U kelinning og'zidan gapini uzib olganday tez-tez gapirar emish.(Cho'lpon) 4.Maxdum oilasini ham kiyim-kechak vajidan o'zi kabi tutar edi.(Abdulla Qodiriy) 104-mashq.Berilgan gaplarda o'tgan zamon ma'nosini ifodalayotgat to'liqsiz fe'llarni topib, tahlil qiling. 1.Shunaqa, singlim, odam yig'lab-yig'lab marza olsa, kulib kulib sug'orar ekan.(P.Qodirov) 2.Qushlar hech nima ko'rmaganday basma-bas sayrar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling