2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
81-mashq.Uyga vazifa.Ko'chiring.Sodda fe'llarni topib, tagiga chizing.
1.Peshonangiz devorga qarsillab urilgandan keyin esingiz kiradi.Sizni ko'p laqillatishdi.(Said Ahmad) 2.Nihoyat, ko'prik ortda qoldi, guvullash tindi.(P.Qodirov) 3.Izg'irindan ko'zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g'irchillaydi.(O.Yoqubov) 4.Chollar kulgudan qotib qoldilar, ularning burishgan yuzlari ruhlanib, ko'zlarini kulgu namladi.(Oybek) 5.Dunyoda pok odamlar qanchalik ko'paysa, nopok odamlar shunchalik kamayadi.(X.Sultonov) 82-mashq.Qo'shma fe'llarni topib, ularning yasalishini tushuntiring. 1.Xamir yaxshi qorilsa, barakasi ham yaxshi bo'ladi,-dedi Matqovul.(Mirzakalon Ismoiliy) 2.Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi.(Sh.Rashidov) 3.Shunday o'ylasangiz, yanglishasiz,-deb e'tiroz bildirdi Abdukarim.(A.Abdurahmonov) 4.Oygul turishi bilan /Saroy charaqlab ketdi./Hamma yoq bo'lib ravshan, /Uylar yaraqlab ketdi.(Hamid Olimjon) 83-mashq.Qo'shma fe'llarni va ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalarini topib, ularning yasalishini izohlang. ...Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo'lsa ham xuddi o'smirlarday yengil qadam tashlardi, yugurib-yelardi.So'ridagi eskiroq ko'rpachani darrov yig'ishtirib olib, supirib, ko'z ochib yumguncha yangi yakandoz to'shab, joy soldi.Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi.(Yo'ldosh Sulaymon) 84-mashq.Juft fe'llarni aniqlang, ularning ma'nosi va imlosini izohlang.Gaplarni ko'chirib yozing. 1.Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-qo'yadi,-deb o'yladi ichida O'ktam.(Oybek) 2.U soy yoqalab yotqizilgan omonat toshlardan sakrab-hakkalab, ohista yurib kelardi.(X.Sultonov) 3.Ana, hech narsa bo'lmagandek, yayrab- quvnab,ochilib-sochilib yurishibdi.(Erkin A'zam) 4.Oyim to'yxonaga chiqdi-yu, yelib-yugurib xizmat qilib ketaverdi.(O'.Hoshimov) 5.O'qituvchilarimning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib, o'sha yerda ko'chiraman- qo'yaman.(X.To'xtaboyev) Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling