2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 90-topshiriq
89-topshiriq.Quyidagi sodda fe'llarni qo'shma fe'llarga aylantiring, ular ishtirokida
gaplar tuzing. Sergaklanmoq, rivojlanmoq, moylamoq, jimimoq, susaymoq, qo'llamoq, chirqillamoq, xavotirlanmoq. Namuna: sergaklanmoq-sergak bo'lmoq.Hamma narsadan ogoh va sergak bo'lishimiz kerak. 90-topshiriq.Berilgan fe'llarni quyida ko'rsatilgan ma'no guruhlariga ajrating. Gapirmoq, pichirlamoq, yozmoq, o'qimoq, ijod qilmoq, kesmoq, ekmoq, termoq, yurmoq, yugurmoq, qaramoq, nazar tashlamoq, boqmoq, isitmalamoq. Nutqiy faoliyat fe'llari Aqliy faoliyat fe'llari Jismoniy faoliyat fe'llari Holat fe'llari 91-mashq.Matnni o'qing, holat fe'llarini topib, ko'chiring va ularni izohlang. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og'il eshigi yonida turib dag'-dag' titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi, ko'zlari jovdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko'rmaydi.Xotinlar o'g'rini qarg'aydi, it huradi, tovuqlar qaqalaydi.Kimdir shunday kichkina teshikdan ho'kiz sig'ishiga aql ishonmasligi to'g'risida kishilarga gap ma'qullaydi.(Abdulla Qahhor) 92-mashq.Quyidagi fe'llarni jadvalga joylashtiring va ular ishtirokida og'zaki gaplar tuzing. Chaqirmoq, qimirlatmoq, fahmlamoq, xo'rsinmoq, kiyintirmoq, o'rtoqlashmoq, sevinib ketmoq, tushuntirmoq, fikrlamoq, kutmoq, jilmaymoq, burilmoq, ko'tarmoq, ovqatlanmoq, g'izillamoq, tekislamoq, parvarishlamoq, duduqlanmoq. Nutqiy faoliyat fe'llari Aqliy faoliyat fe'llari Jismoniy faoliyat fe'llari Holat fe'llari 93-mashq.Matnni ko'chiring, fe'llarning ma'no guruhlarini aniqlang. 1.Otam so'zimni eshitdi: yelkasi osha qaradi-da:-Ha!-deb to'ng'illab qo'ydi.(Sh.Xolmirzayev) 2.Dadam har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytib kelib ham uni qo'liga olar, suyar, chug'urlatar, gaplariga, qiliqlariga zavq qilib kular edi.(Abdulla Qahhor) 3.Men ular bilan to'rt marta gaplashdim.(P.Qodirov) 4.Mirhaydar ota, sizga bir arzim bor,-murojaat etdi birdan jonlanib O'ktam.(Oybek) Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling