2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
105-topshiriq.Berilgan so'zlarni tarkibiy qismlarga ajrating.(Hozirgi zamon)
So'zlayapti, yotmoqda, kelayotir, borayotibman. 106-mashq.Berilgan gaplarda hozirgi zamon ma'nosini ifodalagan fe'llarni topib, tarkibiy qismlarga ajrating. 1.Sen ko'rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so'nib boryapti.(O.Yoqubov).2.O'qishlar boshlanib, o'quvchilar ham maktabga kelyapti.(«Gulxan») 3.Yo'llarning chekkasidagi gullar barchaga salom berayotir.(«G'uncha») 4.Ko'chadagi shamchiroqlar xira-xira shu'la sochmoqda.(Tog'ay Murod) 5.Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda.(Tog'ay Murod) 107-mashq.Gaplardagi hozirgi zamon fe'lini toping. 1.Juda chiroyli muomala qilyapsiz.(P.Qodirov) 2.Hozir yomg'ir yog'ayotir, shuning uchun yo'lga chiqish mumkin emas.(Asqad Muxtor) 3.Hozir ko'nglimga qil sig'mayapti, keyinroq gapirarsiz.(Said Ahmad) 4.Maktabda kulgi kechasi o'tkazilyapti.(«Gulxan») 5.Ko'chaga chiqayotib, orqasiga bir qarab qo'ydi.(Omon Muxtor) 108-mashq.Matnni o'qing.Fe'llarni aniqlab, ularni daftaringizga ko'chiring, qaysi zamon shaklida ekanligini ayting.(Hozirgi zamon) Ra'no uyda biror ish qilishi kerak bo'lsa, oyisining buyrug'ini kutib turmay bajaraverar ekan.Bir kuni u ertalab turib, kechasi ko'rgan tushini oyisiga aytibdi: -Tushimda menga yo'l-yo'l chit ko'ylak olib kelyapsiz. -Yaxshi tush ko'ribsan,-dedi oyisi.-Demak, uyga mehmon kelayotir. Bu gapni eshitgan Ra'no darrov o'rnidan turib eshikka chiqdi.Oyisi qarasa, u hovliga suv sepmoqda, hovli supurmoqda.(Aziz Adburazzoq) 109-mashq.Berilgan gaplardagi fe'llarning yozilishi va aytilishini izohlang.(Hozirgi zamon) 1.Yomg'ir tobora kuchayib borayotir.(Oybek).2.Majnuntol suvga egilib, salom berayotir.(Oybek) 3.Shamol kuchayib, daraxtlarning shoxlarini egib borayotir.(Omon Muxtor) 4.Barglar sarg'ayib to'kilmoqda. Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling