2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi O‘r qht, 2017-y


Download 129.73 Kb.
bet16/24
Sana13.04.2023
Hajmi129.73 Kb.
#1350930
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
124 08.05.2013

Kompetensiyalar

Bilish va bajara olish

Lingvistik kompetensiya

Nutqiy kompetensiya

Tinglab tushunish

Keng ko‘lamli nutq yoki qator murakkab fikrlar bayonini tushunib kuzata oladi.
Ma’ruza, nutq, bayonot, tafsilotli yo‘riqnomalar, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlar, so‘rov va fikrlarning mohiyatini tushuna oladi.
E’lon va xabarlarni tushuna oladi.
Tanish va notanish kontekstdagi murakkab autentik nutqni tushuna oladi.
O‘rganilayotgan til egasi bo‘lgan so‘zlashuvchilarning suhbat yoki munozarasining aksariyat qismini tushuna oladi.
Radio, internet va televideniye dasturlari, intervyularning aksariyat qismini tushuna oladi.

Gapirish

Dialog.
O‘z hamkorlari bilan muzokara qila oladi.
Ma’lum masala yuzasidan iltimos qila oladi.
O‘rganilayotgan tilda so‘zlashuvchilar bilan muloqotga kirisha oladi, zarur bo‘lganda boshqara oladi.
Oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagan jonli muhokama va munozaralarda qatnasha oladi.
O‘z sohalariga oid intervyuda qatnasha oladi.
Rasmiy muhokama doirasida o‘z fikr va mulohazalarini aniq ifodalay oladi.
Muhokamalarda o‘z fikrlarini oydinlashtira oladi, o‘zgartirib talqin eta oladi va tuzata oladi.
Bitimga kelishuv yoki muammo yechimini topishda rasmiylik va xushmuomalalikning maqbul darajalaridan foydalana oladi.
Rasmiy doiralarda (masalan, seminar va hokazolar) xos ravishda savollar beradi va javoblar bera oladi.

Monolog.
Ma’lum mavzu bo‘yicha yaxshi taqdimot qila oladi.
O‘z sohalariga oid bir qator narsalarni aniq va batafsil tasvirlay oladi.
Ma’lum mavzu bo‘yicha og‘zaki ma’ruza qila oladi.
Maqola, ma’ruza yoki muhokama yuzasidan aniq umum�ashgan xulosa qila oladi.
Tanish mavzuga oid qarash yoki fikrni rivojlantirish, dalillar, misollar keltirish orqali asoslay oladi.

O‘qish

Tanish va notanish mavzulardagi matnlarning asosiy/ayrim jihatlarini tushuna oladi.
O‘z sohalari va qiziqishlariga mos yozishmalarni tushuna oladi.
Jadval, grafiklarning qisqa izohini tushuna oladi.
Murakkab nomalarni tushuna oladi.
Maxsus va murakkab yozma yo‘riqnoma va yo‘nalishlarni tushunib amal qila oladi.
Kasbiy sohalariga oid kattaroq hajmdagi maqola va ma’ruzalardan tegishli ma’lumotni ajrata oladi.
Tezis, konferensiya dasturlari, mundarija va shu kabi matnlarning ayrim qismlari yoki barcha qismlarini batafsil o‘qish kerakligini aniqlay oladi.
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish, ayrim ma’lumotlarni olish, tafsilotlarni tushunish va yo‘nalishni aniqlash uchun o‘qish (belgilar, ko‘rsatkichlar va hokazolar).

Til kompetensiyasi

Yozish

Maxsus nomalar yoza olish (biznes xatlari, elektron xatlar).
Sohaga oid yaxshi tuzilgan insho va ma’ruzalar yoza oladi.
Etarli darajada grammatik, mazmun jihatdan to‘g‘ri tuzilgan va mos uslubdagi ilmiy va tadqiqot maqolalarini yoza oladi.
Takliflar, xulosalar va tezislar yoza olish.
Zarur holda o‘z sohalari bo‘yicha bitiruv malakaviy ish yoza oladi.

Leksik kompetensiya

Maxsus leksika va atamalarni kontekstda qo‘llay oladi.
Kommunikativ doiralarda mavzuga oid leksikani ishlata oladi.
Keng ko‘lamdagi baynalminal so‘zlarni farqlay oladi va ulardan foydalana oladi.

Grammatik kompetensiya

Kommunikativ vaziyatlarda murakkab grammatik va sintaktik strukturalarni ishlata oladi.
Mos bog‘lovchi so‘zlarni qo‘llay oladi.
O‘z sohalariga oid diskurs modellarining grammatik, leksik va mazmun jihatdan qanday tuzilganini tushunish maqsadida tahlil qila oladi.

ChET TILI BO‘YIChA S1 DARAJA UChUN TA’LIM MAZMUNI


Download 129.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling