2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi O‘r qht, 2017-y


Download 129.73 Kb.
bet19/24
Sana13.04.2023
Hajmi129.73 Kb.
#1350930
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
124 08.05.2013

Kompetensiyalar

Bilish va bajara olish

Lingvistik kompetensiya

Nutqiy kompetensiya

Tinglab tushunish

O‘z mutaxassislik sohalariga oid bo‘lmagan mavhum va murakkab mavzulardagi keng ko‘lamli nutq namunalarini ayrim noaniq jihatlarini oydinlashtirib olish zarurati tug‘ilsa, so‘zlovchining talaffuzi noaniq yoki til shevasi notanish bo‘lgan hollarda ham tushuna olish.
Keng ko‘lamdagi idiomatik va og‘zaki nutq iboralarini farqlay olish va ijtimoiy muhitga mos tarzda tilda berilgan diskurs xususiyatini tushuna olish.
Keng ko‘lamli nutqlarni aniq tuzilmagan hollarda ham tushunish va ulardagi ochiq-oydin va yashirin fikrlarni ham yetarli darajada anglay olish.
Muhokama va debatlardagi boshlovchi va boshqa ishtirokchilar o‘rtasidagi murakkab muloqot jarayonida, mavzular mavhum yoki notanish bo‘lsa ham, osonlik bilan tushunish va kuzata olish.
Keng qamrovli, tilning ayrim nostandart ishlatilish hollarini ham o‘z ichiga olgan audio tasma va axborot materiallarini tushuna olish va so‘zlovchilar o‘rtasidagi nozik tafsilotlar va munosabatlarning muhim jihatlarini aniqlay olish.
Filmlardagi sleng va idiomatik iboralarning ishlatilishini aksariyat qismini tushuna olish.
Shovqinda ham ommaviy e’lonlar (masalan, temir yo‘l vokzali, sport maydonchasidagi e’lonlar)ni o‘qib tegishli ma’lumot ola bilish.

Gapirish

Og‘zaki muloqot (dialog).
O‘z fikrini deyarli qiyinchiliksiz, ravon, erkin va spontan ravishda bildira olish. Keng ko‘lamli leksik boylikka ega bo‘lgan holda so‘zamollik bilan muloqotdagi bo‘shliqlarni to‘ldira olish.
O‘z mutaxassislik sohalariga oid bo‘lmagan mavhum va murakkab mavzulardagi keng ko‘lamli nutqlarni yetarli darajada oydinlashtirib olish zarurati tug‘ilgan holda so‘zlovchining talaffuzi noaniq yoki til shevasi notanish bo‘lgan hollarda ham batafsil tushuna olish.
Ishga qabul qiluvchi yoki ishga kiruvchi sifatida suhbatda qatnashish jarayonida hech qanday ko‘maksiz fikrini kengaytirib, ravon tarzda ifodalay olish, tegishli til vositalaridan unumli foydalana olish.
Mavhum, murakkab va notanish mavzulardagi munozaralarda ham qatnasha olish.
O‘z rasmiy nuqtai nazarini ishonch bilan ilgari surgan holda, qarshi tomonning bir qator murakkab savol va sharhlariga mos ravishda ravon va spontan tarzda javob bera olish.

Download 129.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling