2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi O‘r qht, 2017-y


Download 129.73 Kb.
bet15/24
Sana13.04.2023
Hajmi129.73 Kb.
#1350930
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
124 08.05.2013

Kompetensiyalar

Ta’lim mazmuni

Mavzular

Internet va axborot texnologiyalariga oid mavzular.
Ijtimoiy-madaniy mavzular
O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyatlarini qiyoslash va taqqoslash.
Mutaxassislik sohasiga oid mavzular (mutaxassislik sohasi tarixi, soha yo‘nalishlari).
Ijtimoiy mavzular (atrof-muhit bilan ijtimoiy aloqalar).

Lingvistik kompetensiya

Nutqiy kompetensiya

Tinglab tushunish

Ma’ruzalar, taqdimotlar, munozaralarni.
Radio va telereportajlar, yangiliklar, intervyular, hujjatli filmlar va hokazolarni.
E’lonlarni.
O‘rganilayotgan til egasining tasmaga yozilgan ovozini (filmlar, hujjatlar, nutqlar va hokazo).
O‘rganilayotgan til egalari o‘rtasidagi ijtimoiy muloqotni.
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: umumiy mazmunni tushunish uchun tinglash, tafsilotlarni tushunish uchun tinglash va ayrim ma’lumotlarni olish uchun tinglash.

Gapirish

Dialogik.
Ma’lum vazifa yoki maqsad bo‘yicha muloqotga kirishish.
Ijtimoiy muloqot va norasmiy suhbatga kirishish.
O‘z mutaxassislik sohasiga oid bo‘lgan va bo‘lmagan rasmiy va norasmiy muhokamalarda qatnashish.
Muhokamaga raislik qilish va olib borish.
Intervyular.
Muzokaralar.
Telefon qo‘ng‘iroqlari.

Monolog.
Ma’ruza tayyorlash.
Sohaga oid fikrlarni rivojlantirish (masalan, soha mavzusi bo‘yicha).
Fikr bildirish va asoslash.
E’lonlar.
Ma’lum mavzu bo‘yicha taqdimot qilish.
Maqolani umumlashtirish va xulosa qilish.

O‘qish

Yozishmalar, xabar, xatlar va elektron xatlar.
Sohaga oid materialni jamlagan autentik matnlar.
Ixtisoslik leksikasi va atamalarni o‘z ichiga olgan matnlar: masalan, matn parchalari, ma’ruzalar, hisobotlar va darsliklardan olingan parchalar.
Ilmiy va mutaxassislik adabiyotlari (davriy, elektron adabiyotlar).
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish, ayrim ma’lumotlarni olish, tafsilotlarni tushunish va yo‘nalishni aniqlash uchun o‘qish (belgilar, ko‘rsatkichlar va hokazo).

Yozish

Yozishmalar (xatlar va xabarlar).
Maxsus ma’lumotlar (xotiralar, qaydlar, taqrizlar, rezyumelar va hokazo).
Esse (bayon va insholar), xulosalar.
Tadqiqot ishlari (maqolalar, bitiruv malakaviy ishi va hokazolar).

Leksik kompetensiya

Kasbiy leksika va atamalarini, umumiy qisqartmalarni kengaytirish.
So‘z yasalishi (qo‘shma so‘zlar va affiksatsiya), o‘zlashma so‘zlar (baynalminal so‘zlar) va o‘zakdosh so‘zlar.
Antonimlar, sinonimlar va boshqa umumleksik munosabatlar.

Grammatik kompetensiya

O‘tilgan grammatik material (fe’l zamonlari, modal fe’llar, sifat va ravishlarning qiyosiy darajalari, determinantiv so‘zlar, predloglar va hokazo)ni kundalik va sohadagi kontekstlarda to‘g‘ri qo‘llay olish.

Sotsiolingvistik kompetensiya

O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyatlari misolida (ijtimoiy va ta’lim doiralarida) madaniyatlararo muloqotni chuqurroq tushunib yetish va uning muloqot bilan bog‘liq xususiyatlari, jumladan, salomlashish, murojaat shakllari, xushmuomalalik va hokazo.
Turli madaniyatlardagi kommunikatsiyaning noverbal elementlari: xatti-harakatlar, imo-ishoralar ustida ishlashni davom ettirish.
Elektron muloqotlarning chet tilida yozish xususiyatlari.

Pragmatik kompetensiya

Taqdimot qilish m�horatini yanada takomillashtirish.
Fikrlarni mos tarzda og‘zaki va yozma nutqda mantiqan bog‘lash.
Turli ijtimoiy, ta’lim va mutaxassislik doiralarida mos ravishda tilni tegishli rasmiylik darajada qo‘llashni anglash.
Muloqot jarayonida nutqni bo‘lish, aniqlik kiritish, boshqacha talqin etish, jumlalarni tuzatish, to‘ldirish va boshqa strategiyalari.

ChET TILI BO‘YIChA V2 DARAJA BITIRUVChILARI TAYYORGARLIGI DARAJASIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR


Download 129.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling