2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi: 100000 – gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900 – pedagogika va psixologiya


Germaniya va Frantsiya davlatlarining ta’lim tizimi, uning strukturasi va


Download 1.94 Mb.
bet13/48
Sana09.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1447967
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
Bog'liq
portal.guldu.uz- X A L Q P E D A G O G I K A S I.

2. Germaniya va Frantsiya davlatlarining ta’lim tizimi, uning strukturasi va xarakterli tomonlari.
Germaniya barcha bolalarni o’qitishga xizmat kiladigan xalk ta’lim tizimiga asos solingan dastlabki mamlakatlardan biridir.Germaniyada ta’lim jarayoni xar bir viloyatda mo’ztakil boshkariladi. Qonunga binoan barcha bolalar 6 yoshdan boshlab 9 yoki 10 yil davomida maktabga katnahlari shart. Biroq bolalarning maktabga katnashish davrlari turli viloyatlarda turlichadir.Germaniyada boshlang’ich ta’lim 4 yil davom etadi. Boshlang’ich maktabdan sung o’quvchilar yo’nalish maktablarda maxsus dastur asosida o’qiydilar. Germaniyada boshlang’ich ta’limdan keyingi ta’limni berish ixtisoslashgan. Maxsus muassasalar-gimnaziyalar mavjud. Gimnaziyalar o’zida o’rta maktabning quyi va yuqori boskichlarini mujassam etgan bulib, ular o’quvchilarni oliy o’quv yurtlariga tayyorlaydi.
O’rta maktabning kuyi bosqichini tomomlagan bolalarning 19% o’rta maktab yukori bosqichini tugatgan bitiruvchilarning esa 20% xunar ta’lim tizimida bilim olishni davom ettiradi. O’qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O’qish 3 bosqichdan iborat bulib, birinchi yilda asosiy xunar ta’lim beriladi. Ikkinchi yil davomida maxsus xunar ta’limi beriladi. Uchinchi yili maxsus xunar ta’limi chukurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtixonlari maxsus komissiya tomonidan kabul kilinadi. Komissiya korxonalarning etakchi mutaxassislari, federal erlardagi sanoat palatasi, xunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Xunar maktablarining diplomlari oliy o’quv yurtlariga kirish huquqini bermaydi. Oliy o’quv yurtlariga kabul imtixonsiz maktab ta’limi tugrisidagi xujjatga asosan amalga oshiriladi. Oliy o’quv yurtlarida o’qish tekin. Agar talaba moliyaviy yordamga muxtojlpk sezsa, bunday yordam unga kursatiladi. Bu yordamning yarmi stipendiyaga kushib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi.Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga kadar korxonalar bir necha yil ishlashlarini xisobga olsak talabalar xakikiy mexnat faoliyatining ancha kech boshlashlarini tushunamiz. Shu tufayli bugungi kunda o’quv jarayonini kiskartirish taklif kilinmoqda Umuman, bugungi kunda Germaniya ta’lim tizimini islox kilish yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.
Frantsiyada bolalarning majburiy ta’lim jarayoni 6-16 yoshlarni o’z ichiga oladi. Bunga kadar frantsuz bolalar odatda 2 yoshdan 6 yoshgacha onalar maktabi deb ataladigan maktabgacha tarbiya muassasalariga katnaydilar. Boshlang’ich ta’lim 6 eshdan 11 yoshgacha bulgan bolalarni o’qitishga muljallangan. Boshlang’ich sinflarda o’qish muddati 5 yil bulib, bu muddat ichida o’qish asosan 3 boskichga bulinadi:
tayyorlov boskichi 1 yilga muljallagan bulib, bunda bolalar xisoblashga, o’qish va yozishga, kuylashga, tabiat manzaralarini tomosha kilishga jismoniy mashklar bajarishga, mexnat kilishga urgatadi:
- elementar kurs 2 yilga muljallagan bulib, bunda o’quvchilar tayyorlov tsiklida olgan bilimlari yanada chukurlashtiriladi.
- chukurlashtirish boskichida (u 2 yil davom etadi) o’quvchilarning taYyorlov va elementar bosqichda egallagan bilimlari yanada chukurlashtiriladi. O’quvchilar 11 yoshda boshlang’ich maktabni tugatib, o’rta ta’lim muassasalariga utadilar. O’rta ta’lim esa kollej va litseylarda amalga oshiriladi. O’rta ta’lim 2 bosqichda beriladi. Birinchi bosqich 4 yil Davom etib (11-15 yoshlar) eng kichik sinf 6, o’rta sinflar 5-4, eng katta sinf 3-sinf bulib xisoblanadi. Demak, sinflarni rakamlash yukoridan pastga karab amalga oshiriladi. Birinchi bosqich yakunlanganda o’quvchilar kasbiy yo’nalishlari buyicha guvoxnoma oladilar. Shundan keyin o’quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O’qish 3 Yil davom etib, 2-sinf kichik 1-sinf o’rta va yakunlovchi sinflarga bulinadi. O’quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so’ng bakalavr unvoni va diplomi uchun imtixon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bulganlargina oliy o’quv yurtlariga kirish huquqiga ega buladilar. Bakalavr unvoni uchun topshiriladigan imtixon shunchalik murakkabki, bolaparning 1g’3 kismi sinovlardan uta olmaydilar.Frantsiyada 15 ta universitet mavjud. Xar bir universitet o’quv kurslari va ta’lim metodlarini o’zi mustaqil belgilaydi. Talabalar universitet boshqaruvida ishtirok etadilar. Yana bir e’tiborga loyiq jixat: 1970 yilgacha frantsuz o’g’il va qiz bolalar maktabga aloxida-aloxida boradilar. Ammo 1970 yildan bu an’anaga chek kuyildi va endilikda barcha bolalar maktabda birga ta’lim oladilar.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling