2-bob. Elektr karotaj usullari §


Download 72.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi72.73 Kb.
#1519733
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Электр каротаж



 ELEKTR KAROTAJ USULLARI
 Elektr karotaj usullari va ularni turkumlanishi 
Karotaj tadqiqotlarining qoʼllanilish tarixida birinchi boʼlib elektr karotaj 
tuyuluvchi qarshilik (KS) usulini qoʼllash orqali boshlangan boʼlsa, vaqt oʼtgan
sari ularning turlari ortib, tadqiqot radiusi va geologik masalalarni yechish ko’lami
ortib bormoqda. Quyidagi 4-rasmda elektr karotaj usullari guruhlangan boʼlib,
bulardan tashqari yana bir qancha usullar ham mavjud boʼlib, ushbu usullarning
asosiy maqsadi togʼ jinslarining qarshilik va tok oʼtqazish xususiyatlari boʼyicha
geologik kesimni ajratish va istiqbolliligini baholashda turli xil detal parametrlarni
hisoblashdan iborat.


ELEKTR KAROTAJ USULLARI
Elektr karotaj usullari asosan ikkita
guruhga ajratiladi: elektr maydon va
elektromagnit maydon usullari. Elektr maydon
usuli ham oʼz navbatida ikkita:
tabiiy maydon usuli va sunʼiy elektr maydon 
usullariga ajratiladi.
Bu tadqiqotlar usullari har xil boʼlishiga 
qaramasdan vazifasi yagona boʼlib hisoblanadi. 
Biz kern namunalarini olmasdan turib, quduq 
kesimining haqiqiy fizik xususiyatlari boʼyicha 
aniq maʼlumotlarga ega boʼlish orqali bir qancha 
vazifalarni yechishdan iborat boʼlib, ushbu
vazifalarni yechish maqsadida elektr karotaj
tadqiqotlarida turli xil zondlardan foydalaniladi.


 Elektr karotaj zondlari
Zondlar haqida toʼxtalishdan oldin
zondning oʼzi haqida tushunchaga ega
boʼlishimiz lozim.
Zond – bu silindr shaklidagi turli xil 
diametrladagi kattalikka ega boʼlgan
bitta yoki bir nechta elektrodli moslama. 
Eng oddiy zondda karotaj kabeliga bitta,
ikkita yoki uchta qoʼrgʼoshindan
ishlangan elektrodlar mahkamlangan
boʼladi.
Bunday zondlar burgʼilash eritmasi
yoki suv bilan toʼldirilgan quvurlar
bilan mahkamlanmagan (quvursiz)
quduqlarda oʼtkazish mumkin (masalan: 
koronkali usulda burgʼilangan).
5-rasm. Kompeksli quduq asbobi KSP – 60. KSP - 60 quduq zondining 2
turdagi modifikatsiyasi, ular bir-biridan tashqi tuzilishi va
elektrodlar orasidagi masofa bilan farqlanadi: M 0,95 A 0,1 B va M 1,0 
A 0,1 B.


5-rasmda tasvirlangan KSP - 60 zondi (ostki gradient zond) maʼdan konlaridagi karotaj tadqiqotlarida 
qoʼllaniladi. KSP - 60 oʼzida gamma karotaj GK, tuyuluvchi qarshilik KS, tabiiy maydon PS usulini bir
vaqtning oʼzida quduq kesimi boʼylab togʼ jinslarning uch xil petrofizik xususiyatlarining oʼzgarish
grafiklarini olish orqali va ularga asoslanib burgʼi quduq kesimini oʼrganish imkoniyatini beradi. KSP-60
zondi Kobra-M stansiyasida 3 tolali kabel bilan ishlash uchun moʼljallangan bo’ladi.

Download 72.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling