2-bob. Elektr karotaj usullari §


Download 72.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi72.73 Kb.
#1519733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Электр каротаж

SPEK asbobi – dielektrik materialdan boʼlgan tashqi diametri 40 mm, qoʼrgʼoshinli А, B va M
elektrodlar oʼrnatilgan silindr koʼrinishidagi zond (9- rasm). Karotaj KS (ostki gradient zond
variantida) va PS usullari kompleksi bir vaqtning oʼzida qolaversa bu usullarning bittasini alohida 
oʼtqazishda qoʼllaniladi, yoki tok karotaji TK quvurlar bilan mustahkamlanmagan quduqlarda oʼtqaziladi.
Аsbobga elektr toki BSK–051 yer usti aparaturasidan taʼminlanadi. SPEK asbobi togʼ jinslarining 
solishtirma qarshilik qiymatining oʼzgarishini 0 dan 1000 Om·m gacha diapazonda qayd qilishga 
moʼljallangan, togʼ jinslarining oʼz oʼzidan hosil boʼluvchi tabiiy potensialini –500 dan +500 mV gacha 
boʼlgan oraliq diapazonida qayd qiladi.


Quyida 10 a, b-rasmlarda kompleks quduq asbobi KSP – 60 asbobining KS va PS karotajini o’tkazish uchun 
quduq zondini ulanish sxemasi keltirilgan:
10–rasm. KSP – 60 asbobining KS va PS
karotajini o’tkazish uchun quduq
zondini ulanish sxemasi.
Qabul qiluvchi elektrodlar: «М» va
«N» - yer yuzasidagi bir maqsadli
elektrod klemasi BSK – 051 
«RIBA(baliq)»ga ulanadi. Ta’minlovchi 
«А» va «B» elektrodlar - BSK – 051 
yer usti aparaturasining «1» va «2» 
klemalariga ulanadi.
SPEK – elektr zondining ulanish
sxemasi xam xuddi shu tartibda
amalga oshiriladi.


11–rasm. KSP–60 asbobining yer usti boshqaruv aparaturasi BSKdagi
fishkalarga ulanishi.


12-rasm. KSP–60 zondi orqali bajarilgan gamma karotaj
(GK), tuyuluvchi qarshilik KS, tabiiy maydon PS usuli egri 
chiziqlari.


KS usuli dalillarini talqin qilish
Geologik kesimlarni tabaqalashda har xil fizik xossalarga ega boʼlgan
jinslar chegaralari kuzatilgan parametrlarning diagrammalaridagi oʼziga
xos omillar bo’yicha belgilanadi. KS karotaji dalillarini talqin qilishda togʼ 
jinslarining elektr qarshilik xossalaridan toʼgʼri foydalanishni talab etadi.
Tuyuluvchi qarshilik karotaji dalillarini talqin qilishdan oldin karotaj 
tadqiqotlari oʼtkazilgan burgʼi qudugʼi joylashgan hududning geologik
tuzilishi stratigrafiyasi haqida dastlabki tushunchalarga ega boʼlish lozim.
KS usulida qoʼllaniluvchi gradient va potentsial zondlar bizga
qatlamlarning aniq chegarasi ajratishda muhim ahamiyat kasb etsa
ularning diagrammalarini toʼgʼri talqin qilish esa maʼlumotlar sifatini 
oshiradi. KS usulida gradient zondlar qoʼllanilganda quduq kesimidagi
elektr qarshiligi katta boʼlgan togʼ jinslarini chegaralarini
diagrammalarning maksimumi bilan ajratiladi.
Potensial zondlarning maksimumlari esa sferik shaklda bo’lib qatlam
markaziga simmetrik bo’ladi (14-rasm).



Gradient zondning elektrodlari tepada yoki pastda joylashishi boʼyicha esa qarshiligi katta boʼlgan
qatlamlarning ostki chegarasi yoki ustki chegarasini joylashish oʼrni belgilanadi (15-rasm). Shunday 
qilib ustki gradient zond qarshiligi katta boʼlgan qatlamlarning ustki chegarasini maksimum qiymatlari
bilan, ostki gradient zond qarshiligi katta bo’lgan qatlamlarning ostki chegaralarini maksimum qiymatlari 
bilan belgilaydi (16-rasm).
15 -rasm. Potentsial-zond diagrammasi boʼyicha yuqori qarshilikli qatlam
chegarasini ajratish namunasi


16-rasm. Gradient-zond
diagrammasi boʼyicha
yuqori qarshilikli qatlam
chegarasini ajratish 
namunasi. 1 - yuqori 
qarshilikli qatlam,
2 - past tuyuluvchi
qarshilik zonasi,
3 - qatlam chegarasi.
16–rasmda oʼlchami ikki xil boʼlgan ostki gradient-zondlarning maksimum qiymatlari qarshiligi katta
boʼlgan qatlamning ostki chegarasini maksimum qiymatlar bilan ajratilayotganligini koʼrishimiz
mumkin. Bunga sabab ostki gradient zondning oʼrganish sohasi bilan bogʼliq bo’lib, 17a, b–rasmlarda 
potensial zond va ostki gradient zondlarning oʼrganish sohasi keltirilgan.


17-rasm. Burgʼi qudugʼida (a) potensial-zond; (b) ostki gradient- 
zondlarning oʼrganish sohasi koʼrsatilgan.
1-tok yo’nalishi, 2- o’rganish soxasi.



Download 72.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling