Elektrodli potensiallar usuli (MEP)
Elektrodli potensiallar (MEP) usulida ∆U EP potensiallar farqi oʼlchanadi.
Elektron oʼtqazgichlar (sulfidlar, grafit, antatsit va boshq.) musbat elektrodli potensiallar bilan xarakterlanadi.
Elektrodli potentsiallar - elektron oʼtkazgich xususiyatiga ega boʼlgan (sulfid maʼdanlari, grafit, antratsit), ayrim togʼ
jinslarining kationlari qutblangan suv molekulalari bilan oʼzaro taʼsirlashib eritmaga oʼtadi. Natijada
jinslar ustki qismi
manfiy, eritma esa musbat zaryadlanadi. Yuzaga kelgan potensiallar ayirmasi elektrodli potensiallar deb ataladi.
Koʼmir va maʼdan quduqlari kesimida oʼlchamlar va tabiiy elektr maydon miqdori va strukturasi nisbatan shartli darajada
elektrodli potensiallari bilan bogʼliq.
22-rasm. Koʼmir qatlamlarini ajratishda tabiiy maydon (PS) va tuyuluvchi qarshilik (KS) usullarini qoʼllanilishi(V.V.
Grechuxin boʼyicha). 1-tabiiy maydon, 2 – tuyuluvchi qarshilik egri chizigʼi. a, b – past va yuqori muvofiq
tuyuluvchi qarshilik, s – issigʼi kam koʼmir, d – antrasitli jinslar. 3 – qumtosh, 4 – alevrolit, 5 – argilit, 6 – koʼmir.