2-bob. Elektr karotaj usullari §


Tog’ jinslarining tabiiy elektr maydo


Download 72.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi72.73 Kb.
#1519733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Электр каротаж

Tog’ jinslarining tabiiy elektr maydo
ni
Elektrokimyoviy maydon.
Elektrokimyoviy xususiyat bilan tavsiflanuvchi elektr harakatlantiruvchi kuch geologik sharoitlarda ion
oʼtkazuvchanlik xususiyatini namoyon qiluvchi jinslar mavjud holatlarda kuzatilib, qatlamlarda yaxshi
elektr oʼtkazuvchanlik xususiyatiga ega boʼlgan minerallar – pirit, xalkopirit, bornit, arsenopirit, magnetit 
kabilar yigʼilmalari mavjud holatlarda qayd qilinadi. Ushbu koʼrinishdagi maʼdanli tanalar aralashmasidan 
tabiiy galvanik element hosil boʼladi. Bu holatning yuzaga kelish mexanizmi elektrokimyoviy qonuniyat
asosida yuzaga kelib, quyidagi tartibda amalga oshadi. 
Ion oʼtkazgich muhitga joylashtirilgan elektron oʼtkazgich yuzasida, yaʼni turli xil oʼtkazuvchanlik
tabiatiga ega boʼlgan fazalar chegarasida qoʼsh elektr qavati hosil boʼladi. Bu holat metal kristall
panjarasidan musbat zaryadlangan ionlarning, yaʼni kationlarning eritmaga oʼtishi orqali sodir boʼladi,
yoki kationlarning oʼtkazuvchi yuzasida choʼkishi, yoki bitta faza yuzasidan ikkinchi faza yuzasiga
ionlarning tanlab oʼtkazuvchanlik orqali adsorbsiyalanishi orqali amalga oshadi. Bu xosil boʼlgan qavat 
potensial qiymati ortishi bilan tavsiflanib, bu potensialning qiymati va ishorasi potensialni aniqlovchi omillar 
– qoʼsh elektr qavati hosil boʼlishida ishtirok etuvchi oʼtkazgichning, aralashish muhitining xususiyatlari,
tarkibi va holati kabilarga bogʼliq hisoblanadi. Ushbu koʼrinishda, atrof muhitga nisbatan elektron
oʼtkazuvchanlik xususiyatini yuzaga keltiruvchi potensial elektrod potensiali (MEP usuli kuzatiladi) deb 
ataladi.


Аsosiy potensialni aniqlovchi omillarga quyidagilar kiritiladi:
a) yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, shuningdek aralashma qatlamda aylanib yuruvchi suvlar va 
maʼdanli tanalarni yuvib turuvchi suvlarning kimyoviy tarkibi;
b) maʼdanli tanalarning mineral tarkibi va tekstura – struktura xususiyatlari.
Bu omillarning taʼsiri maʼlum fizik – geografik sharoitlarda – jinslar va maʼdanlarning solishtirma 
qarshiligi, yer osti suvlarining qatlamlarda aylanishi, yer osti suvlarining tanalar va maʼdanli minerallar
bilan taʼsirlashishi, natijada suv
tarkibining oʼzgarishlari, bunda birinchi navbatda uning kislota xususiyatlari va tarkibida oltingugurt va
temir ionlari miqdorining oʼzgarishlari kabi holatlarga bogʼliq ravishda yuzaga keladi.
Geologik muhitda odatda potensial qiymatining ortishi turli xil sohalarda qutblangan yuzalarda
farqlanishlarga ega hisoblanadi. Qutblanishga ega boʼlgan maʼdanli yigʼilmalar sharoitida potensial
qiymatini belgilab beruvchi omillar
maʼdanli tananing turli xil qismlarida farqlanishlarga ega boʼlishi tabiiy holat hisoblanadi. Bu holat
maʼdan tanalarning hududiy taqsimlanish xususiyatlariga yoki yer osti suvlarining kimyoviy tarkibidagi
oʼzgarishlarga bogʼliq holatda izohlanishi mumkin. Geologik sharoitlarda ikkinchi koʼrsatib oʼtilgan qiymat 
katta ahamiyatga ega boʼlib, bu holat chuqur qatlamlarda kislorod miqdorining kamayishi bilan ham 
bogʼliq hisoblanadi.


Sanab oʼtilgan barcha omillarning birgalikdagi taʼsiri ostida tabiiy sharoitlarda chuqur qatlamlarda
potensial qiymatining ortishi nisbatan yuqori boʼlishiga olib keladi. Ushbu koʼrinishda, maʼdanli
yigʼilmalar qatlamlarida
aralashma jinslar bilan birgalikda galvanik elementni yuzaga keltiradi, bunda katod sifatidagi qism 
yigʼilmaning yuqorigi qismida joylashadi va anod esa quyi sohasini egallaydi (18-rasm). Elementning ichki 
zanjiri maʼdanli tananing oʼzi hisoblanib, tashqi zanjiri esa – aralashma jinslar qatlami hisoblanadi. Ushbu
koʼrinishda, jinslar va ayniqsa maʼdanli tana juda yaxshi elektr oʼtkazuvchanlik xususiyatini namoyon
qiladi, galvanik element elektrodlari orasida yuzaga keluvchi elektr tokining manbai ichki zanjir
tarkibida erkin elektronlar va tashqi tomonida esa ionlar hisoblanadi. 
18-rasm. Maʼdanli tanasi ustida tabiiy elektr maydonning 
hosil boʼlish sxemasi.



Download 72.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling