2-bob. Elektr karotaj usullari §
Download 72.73 Kb. Pdf ko'rish
|
Электр каротаж
KSP – 60 asbobining baʼzi bir texnik xususiyatlari:
Gamma nurlanish dozalarini 0 dan 10000 mkR/soatgacha boʼlgan diapazonda qayd qilish imkoniyatiga ega. Qayta hisoblash koeffissienti K o , mkR/soat/0,01%U: 115+/-3; Tuyuluvchi qarshilik KS togʼ jinslar qarshilik qiymatini – 0 – 1000 om·m gacha diapazondagi qayd qiladi. Tabiiy maydon PS qayd qilish diapazoni -500 dan +500 mv gacha. Quduq asbobiga oʼzgaruvchan tok 100 – 150 mА taʼminoti BSK-051 yer usti apparaturasi orqali amalga oshiriladi. Zondning uzunligi 160 sm, asbobning ogʼirligi 14 kg ni tashkil qiladi. 11,0 mPa gidrostatik bosimgacha dosh beradi. Elektr karotaj tadqiqotlarida oʼtqazishda ishlatiladigan zondlar ikki xil turga gradient zond va potensial zondga ajratiladi. Tuyuluvchi qarshilik usullari bilan karotaj oʼtkazganda, toʼrtta elektrodli zondlar ishlatiladi. А va B - tok bilan taʼminlovchi elektrodlar, M va N - qabul qiluvchi elektrodlar ishlatiladi. Uchta elektrod karotajli zondning ichiga joylashtirilgan va kabelga ulangan holda quduqning ichiga tushiriladi. Toʼrtinchi elektrod esa, yer yuzasida quduqning ogʼziga yaqin joyda yerga tutashtiriladi. Barcha quduq asboblari kabel tugash joyi (кабельный наконечник) poynakga ulanadi. Ishlatish maqsadi bir xil boʼlgan elektrodlar juft elektrodlar deb ataladi. Masalan: А va B elektrodlar maqsadi bir xil tok bilan taʼminlash hamda M va N elektrodlar maqsadi bir xil qabul qilish. Ishlatish maqsadi har-xil boʼlgan elektrodlar toq elektrodlar deb ataladi. Masalan: А va M, А va N yoki B va M, B va N ya’ni bunda elektrodlarning vazifasi ham taʼminlash ham qabul qilish. Аgar juft bir maqsadli elektrodlarning orasidagi masofa toq elektrodgacha boʼlgan masofadan kichik boʼlsa, bunday zondni gradient – zond deb ataladi. Masalan, А 1,0 M 0,1 Nn zondda А elektroddan M elektrodgacha 1 m, M dan N elektrodgacha 0,1 m masofa tashkil etadi. MN - juft elektrodlar, А va M elektrodlar – toq elektrodlar. Ushbu zondlar yoki oʼzaro qoidasiga binoan M 1,0 А 0,1 B – gradient – zondlar. Gradient zondda joylashuvchi juft elektrodlar toq elektrodga nisbatan pastda joylashgan boʼlsa, bunday zond ostki gradient–zond deyiladi (6-rasm). Ostki gradient zond qarshiligi yuqori boʼlgan qatlamlar ostki chegaralarini tuyuluvchi qarshilik - KS diagrammalarida maksimum qiymatlari bilan ajratadi. Agar АВ juft elektrodlar (2.2- rasmda tasvirlangani kabi) toq elektrod M gan nisbatan yuqorida joylashgan bo’lsa, unda ustki gradient zond– deb ataladi. 6-rasmda tasvirlangan uch elektrodli ustki gradient zondda joylashgan А va B – bir maqsadli, juft (taʼminlovchi) elektrodlar zondning tepa (M – toq elektrodga nisbatan) qismida joylashgan, M – qabul qiluvchi elektrod juft elektrodlarga nisbatan pastda joylashgan. 0 - GK, KS usullarda qabul qilish nuqtasi. 6–rasm.Ustki gradient zond Аgar juft elektrodlarning orasidagi masofa toq elektrodlar orasidagi masofaga nisbatan bir necha marta (5-10 barobar) katta boʼlsa, bunday zond potentsial zond deb nomlanadi (8 - rasm). 8-rasmda tasvirlangani kabi MN (NM) juft elektrodlarning oraligʼi 5 m, AM (MА) elektrodlarning orasidagi masofa esa 0,5 yoki BА(АB) juft elektrodlarning oraligʼi -5 m, AM(MА) toq elektrodlarning oraligʼi - 0,5 m boʼlsa, bular potensial zondlar deb ataladi. Potentsial zondlarning yozuv nuqtasi M - elektrod joylashgan nuqta hisoblanadi. Gradient zondlarga oʼxshab potensial zondlar ham yozuv nuqtasining joylashishiga qarab ustki va ostki zondlarga ajratiladi (8-rasm). 8–rasm. Elektr karotaj zondlarida elektrodlarning joylashishi mumkin boʼlgan sxemasi 9-rasmda keltirilgan Elektr karotaj quduq asbobi - SPEK (Скважинный прибор электрического каротажа) zondidagi A va M, M va А orasidagi masofa potensial zondlarning uzunligi hisoblanadi. Rasmlarda koʼrsatilgan gradient va potensial zondlarda toʼrtinchi B yoki N elektrodlar yer ustida burgʼi qudug’ining yonida oʼzgarmas holatda oʼrnatiladi. Download 72.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling