2. Bob. O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining tadqiqot usulari va boshqa fanlar bilan aloqasi
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani ilmiy yo’nalishlarining rivojlanishi
Download 59.71 Kb.
|
o\'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining tadqiqot fanlar bilan aloqasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.Rattsel o’zining “Antropogeografiya” asarini yaratib, siyosiy geografiya va siyosiy geografik determenizmga mansub ishlar olib borgan bo’lsa
- 1921-yilda Kommunistlar Universitetida
- “Devonu lug’otut-turk”
- “Ma‟mun akademiyasi” va Ulug’bek ilmiy maktabi Markaziy Osiyo
- 1897-yili Toshkent shahrida tashkil etilgan Turkiston Geografiya Jamiyati
- G.N.Cherdansev, N.N.Kojanov, N.K.Yarashevich, Y.I.Poslavskiy, A.I.Golovin
- V.M.Chetirkin O’rta Osiyoni iqtisodiy geografik jihatidan tadqiq qilib, “СредняяАзия”
1.2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani ilmiy yo’nalishlarining rivojlanishi
Mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini aniqlashda harakatsiz (foydalanilmayotgan) ishlab chiqarish quvvatlarini, ishchi kuchi zaxiralarini, milliy boylik miqdorini, mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga ta’sir etuvchi ba’zi zaruriy imkoniyatlarni hisobga olish lozim. Bu o’rinda, harbiy geografiya mamlakatlarning harbiy-iqtisodiy salohiyatini ham o’rganadi. Harbiy-iqtisodiy salohiyat mamlakatlar iqtisodiy salohiyatining tarkibiy qismi bo’lib, undan urushlar olib borishda foydalanish mumkin. Bir xil umumiy iqtisodiy imkoniyatli mamlakatlardan qaysi birida harbiy munosabatlar kuchli bo’lsa, o’sha mamlakat katta harbiy-iqtisodiy salohiyatga ega bo’ladi va undan yaxshi foydalaniladi. Harbiy maqsadlarda iqtisodiy salohiyatdan foydalanish darajasi harbiy-siyosiy vaziyatni, urushning xarakterini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasini aniqlab beradi. Harbiy geografiya davlatlar harbiy qudrati asoslarini tadqiq qilishda siyosiy geografiya va boshqa ijtimoiy fanlarning ma’lumot va yo’l-yo’riqlaridan foydalanadi. U jamiyat va davlat tuzilmalarining safarbarlik imkoniyatlarini o’ziga xos baholashda va mamlakatlarning barcha resurslaridan mudofaa maqsadlarida foydalanishda yuqoridagi fanlar ko’rsatmalariga amal qiladi. Shuningdek, iqtisodiy geografiya fanining sobiq Ittifoqda rivojlanishi XX asrning 20-yillarida butun mamlakatni elektrlashtirishga qaratilgan dasturning amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan. Bu reja iqtisodiyotni ko’tarish nuqtai nazaridan hududlardagi mahalliy yoqilg’i resurslari asosida yirik elektrostansiyalarni qurish va ularning negizida metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati tarmoqlarini shakllantirishga qaratilgan edi. Mazkur rejaning asosiy maqsadi, mamlakat hududlarida katta ahamiyatga ega bo’lgan og’ir sanoat tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish bo’lib, buning natijasida, yirik transport magistral yo’llarini tashkil etish ham e’tiborga olingan. Ushbu rejani amalga oshirish, o’z navbatida, mamlakat hududlarining tabiiy resurslari va sharoitlarini, iqtisodiy geografik o’rnini, aholi va mehnat resurslarini, hududiy ixtisoslashish va boshqa imkoniyat va sharoitlarni majmuali o’rganishni talab etadi. Oqibatda esa iqtisodiy geografik tadqiqotlarni olib borish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Iqtisodiy geografik tadqiqotlarning asosiy ilmiy yo’nalishlarida, mamlakat iqtisodiyotini jadal sur’atlarda rivojlantirish va sanoatlashtirish maqsadida iqtisodiy rayonlashtirish va yangi hududiy ishlab chiqarish majmualarini tashkil etishning nazariy masalalarini yaratishga katta e’tibor qaratiladi. Ushbu reja asosida, O’zbekistondagi ilk yirik gidroelektrostansiyalar zanjiri – Chirchiq-Bo’zsuv gidroelektroenergiya kaskadi qurildi va Toshkent viloyatida elektroenergetika, metallurgiya, kimyo va mashinasozlik korxonalari barpo etildi. Shu davrda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishiga G.M.Krjijanovskiy, I.G.Aleksandrov, Y.G.Saushkin va N.N.Baranskiy va boshqa qator olimlar katta hissa qo’shdilar va o’z ilmiy maktablarini yaratdilar. Sobiq Ittifoq oliy o’quv yurtlarida (iqtisodiyot va geografiya fakultetlarida) iqtisodiy geografiya asosiy predmet sifatida o’qitilishi ham o’tgan asrning 20yillariga to’g’ri keladi. Ayni paytda, iqtisodiy geografiya dunyo siyosiy kartasida, jahon xo’jaligida, mintaqalar va mamlakatlar xo’jalik tizimidagi muhim miqdor va sifat o’zgarishlarini tadqiq qildi. 1976-yildan boshlab iqtisodiy geografiya iqtisodiy va ijtimoiy geografiya deb yuritila boshlandi. Bunday o’zgarish bilan professor A.Soliyev ta’kidlaganidek: ―...fanning mazmuni uning shakliga moslashtirildi, chunki bu shaklan o’zgarish edi, mohiyatan iqtisodiy geografiya doirasida ijtimoiy masalalar ham ayni paytda o’rganib kelinar edi‖ (A.Soliyev, 1995). Biroq, bugungi kunda mazkur fan ko’plab rivojlangan mamlakatlarda Inson geografiyasi deb nomlanmoqda. O’z-o’zidan ma’lumki, iqtisodiy jarayonlarning hududiy tomonini, uning joylashuvini o’rganish iqtisodiy rayonlashtirish masalasiga olib keladi. ―Iqtisodiy rayonlashtirish‖ tushunchasi Rossiyada XIX asrning birinchi yarimidayoq keng ishlatila boshladi. Bu davrda K.I.Arsenyev Rossiyani 2 marta rayonlashtirdi (1818 va 1848-yy.), shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, ularning funksional va genetik tiplari to’g’risida ilk bor asarlar yaratdi. Iqtisodiy rayonlashtirish va shaharlar geografiyasini yaratgan shaxs ham, aynan, shu olim edi. XX asr boshlarida aholi joylashuvi va shaharlar muammosi bilan V.P.Semyonov, A.I.Voykovlar ham shug’ullanishgan. XX asr 50-yillarining o’rtalaridan boshlangan fan-texnika inqilobi (FTI) tabiat va jamiyat (TJ) o’rtasidagi munosabatlarni kengaytirdi va chuqurlashtirib yubordi, ishlab chiqarish tizimlarida va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda muhim sifat o’zgarishlari uchun yo’l ochildi. Tabiiy resurslarni o’zlashtirish kuchaydi, mutlaqo yangi resurslar ishlab chiqarishga yo’naltirildi. O’zlashtirilishi murakkab va qiyin (agroiqlimiy jihatidan) bo’lgan hududlarni jadal o’zlashtirish bilan bir qatorda, qadimdan o’zlashtirilgan hududlarda cho’llanish jarayonlari ham kuchaydi. FTI gurkirab rivojlanishi, aholi soni ko’payishining tezlashuvi oqibatida insoniyatning tabiatga, atrof-muhitga ta’siri kuchaydi va industrial yo’nalishdagi antropogen (ikkinchi tabiat) landshaftlar (manzara, ko’rinish) yuzaga keldi. Antropogen landshaftlarning tobora hukmron mavqeni egallab borishi tabiiy muhit tabiiyligining yoki birlamchi tabiatning asta-sekin yo’qolib borishiga va bunday tabiat-jamiyat o’rtasidagi qayta aloqalar esa murakkab ekologik inqirozlarning yuzaga kelishiga hamda umumbashariy muammoga aylanishiga olib keldi. Natijada, iqtisodiy geografiya tadqiqotlarida ekologik jarayonlarning o’rganilishi kengaydi. ―Iqtisodiy geografiya‖ fani ekologik jarayonlarni tarmoq va hududiy jihatdan o’rganadi. Iqtisodiy geografiya fanining vazifasi tabiat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlari (TOQ) va jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlarini (JOQ) bir-biri bilan bog’liq holda, ya’ni (TOQJOQ) tabiat – aholi – ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar (TAIIT) o’rtasida barqaror doimiy (qayta) aloqalarning shakllanishini, bu aloqalar rivojlanish bosqichlarining amal qilishi, davom etishi va boshqarilishi jarayonlarini tadqiq qilishdan iborat. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va unga asos bo’lgan fan yo’nalishlarining vujudga kelishida boshqa olimlarning xizmati ham sezilarli bo’lgan. Nemis olimi, geograf va sotsiolog F.Rattsel o’zining “Antropogeografiya” asarini yaratib, siyosiy geografiya va siyosiy geografik determenizmga mansub ishlar olib borgan bo’lsa, undan keyinroq fransuz olimi Vidal de la Blash ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ning asoschisi bo’lgan. Uning bu ilmiy maktabini F.Rattsel antropogeografiyasidan farqi shundan iboratki, u siyosiy masalalarni chiqarib tashlagan holda, ko’proq inson va uning faoliyatini geografik muhitga moslashuvi, muvofiqlashuviga (possiblizmga) e’tibor bergan va tabiiy geografik omillar, eng avvalo, iqlim sharoitlarining jamiyat rivojlanishidagi rolini biroz ―yumshatgan‖. Keyinchalik Rattsel g’oyalari asosida, geografik determenizmning siyosiy g’oyalar bilan boyitilishi natijasida o’ta reaksion – geografik siyosat (geosiyosat) vujudga kelgan. Ammo bu ma’nodagi an’anaviy geografik siyosatni regional yoki hududiy siyosat, hozirgi geografik siyosat bilan tenglashtirish noto’g’ri. Iqtisodiy geografiya va, umuman, geografiya fanining rivojlanishida nemis olimi A.Gettnerning (1859-1941) ham ma’lum darajada xizmati bor. Biroq u asosiy e’tiborni hududga bergan va geografiyada tarixiylik tamoyiliga qarshi chiqqan, geografiya faqat hozirgi hududiy voqelikni o’rganishini uqtirgan. Shu bois, A.Gettner geografiyasi ―xorologiya‖ (ya’ni hudud) tamoyiliga asoslangan. Shuningdek, iqtisodiy geografiyaga tegishli ilmiy muammolar boshqa davlat olimlari va turli maktablar tomonidan ham o’rganilib, o’z yechimini topgan. Masalan, ingliz olimi G.G.Chizxolmning o’tgan asr oxirida yozgan tijorat geografiyasi, undan keyinroq yashagan golland X.Bos, shvetsariyalik G.Beshning jahon xo’jalik geografiyasi, amerikalik olimlar U.Izard hamda V.Leontyevning hududiy iqtisod, fransuz F.Perruning ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda qutblar va hududiy tengsizlik nazariyasi, P.Haggetning iqtisodiy geografiyada hududiy tahlil, amerikalik Ch.Garris va fransuz olimlari J.Boje, Garne hamda Shabolar, shved G.Aleksanderosning shaharlar geografiyasi, AQShlik olim D.Harveynning ―Geografiya fanining umumnazariy masalalari‖, uning vatandoshi G.Uaytning tabiiy resurslar va tabiiy ofatlarga bag’ishlangan asarlari shular jumlasidan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning shakllanishi va rivojlanishida geografiya jamiyatlarining tashkil etilishi ham ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan. Chunonchi, bunday jamiyat dastlab, Parijda (1821), so’ngra Berlinda (1828), Londonda (1830), Nyu-Yorkda (1852) va Avstriyada (1856) tashkil etilgan edi. Peterburgda esa u 1845-yilda tashkil etildi. Rossiya geografiya jamiyatining tashkil etilishi va uning faoliyatida V.P.Litke, P.T.Semyonov Tyan-Shanskiylarning xizmati katta bo’lgan. Biroq, bu ijtimoiy tashkilotlar doirasida sof iqtisodiy geografik masalalar kam edi. Masalan, Rossiya Geografiya jamiyatida 4 ta bo’lim mavjud bo’lgan: tabiiy geografiya, matematik geografiya va kartografiya; etnografiya; antropologiya va tarixiy geografiya; statistika va siyosiy iqtisod. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ (Iqtisodiy geografiya) fanining shakllanishida rus geografi va kartografi, geografiya fanlari doktori, sobiq Ittifoq davrida Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi, iqtisodiy geografiya borasidagi maktab va oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan o’quv darsliklar va qo’llanmalar muallifi – Baranskiy Nikolay Nikolayevichning (18811963) xizmatlari kattadir. ―Iqtisodiy geografiya‖ fanining tarixiy rivojlanishi, eng avvalo, shu fan nomi bilan yuritiladigan kafedralarning ochilishida ham o’z aksini topdi. Jumladan, bunday kafedra birinchi marta Rossiyada, ya‟ni Peterburg Politexnika Institutida professor V.E.Den tomonidan 1902-yilda ochilgan edi. Keyinchalik u Rossiya iqtisodiy geografiyasining birinchi professori sho’rolar davrining dastlabki yillarida shunday kafedrani Sankt-Peterburg Universitetida ham tashkil qilgan edi. Sobiq Ittifoq iqtisodiy geografiyasining asoschisi N.N.Baranskiy iqtisodiy geografiya kafedrasini 1921-yilda Kommunistlar Universitetida ochgan. O’rta Osiyoda bunday kafedra ilk bor Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU)da 1940-yilda tashkil qilingan edi. O’zbekiston hududida dastlabki iqtisodiy va iqtisodiy-geografik bilimlar uzoq tarixga egaligi bilan ajralib turadi. Sug’orma dehqonchilik, irrigatsiya inshootlari, shaharlar va mamlakatlar, aholishunoslik va hunarmandchilik, arxeologiyaga doir ma’lumotlar yirik mutafakkirlar Mahmud Qoshg’ariy, Muhammad Ibn Muso alXorazmiy, Abu Abdulla Muhammad ibn at-Termiziy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Zayd Balxiy, Abu Abdulla Jayhoniy, Abu Abdullo Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Xoraqiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Xafizi Abru, G’iyosiddin Naqqosh, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabilarning asarlarida o’z ifodasini topgan. Jumladan, Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otut-turk” nomli asarida tabiat tasvirlari, yershunoslik, ekologik va geografik ma’lumotlar berilgan. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning (780-847) “Yerning tasviri” va “Xorazm geografiyasi” nomli asarlari yer bilimi, kartografiya, geodeziya va mamlakatshunoslikka oid qimmatli ma’lumotlarga boy. Al-Beruniy va Ibn Sino asarlari XVIII asrga qadar Yevropa oliy o’quv yurtlarida darslik sifatida qo’llanib kelingan bo’lsa, Xorazmda “Ma‟mun akademiyasi” va Ulug’bek ilmiy maktabi Markaziy Osiyo hududidagina emas, balki butun jahonda ilm-fanning rivojlanishiga beqiyos hissa qo’shdi. Ayniqsa, Z.M.Boburning ―Boburnoma‖ asari Farg’ona vodiysi tabiati, xo’jaligi, aholisi va shaharlariga doir g’oyat qimmatli ma’lumotlar berilgani bilan ajralib turadi. Markaziy Osiyo hududini ilmiy jihatdan tadqiq etish XVII asr oxiridan XX asr boshlariga qadar Rossiya imperiyasi tomonidan o’lka boyliklarini o’z manfaatlari uchun foydalanish imkoniyatlarini o’rganish maqsadida tashkil etilgan qator ilmiy ekspeditsiyalari faoliyati bilan bog’liqdir. O’lka Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilganidan so’ng 1897-yili Toshkent shahrida tashkil etilgan Turkiston Geografiya Jamiyatibutun Turkiston, jumladan, O’zbekiston hududi, tabiati, aholisi, tabiiy boyliklari, xo’jalik tizimi, shaharlari to’g’risida sistemali tarzda ma’lumotlar to’plash bilan shug’ullandi. 1920-yildan boshlab Toshkentda Turkiston Davlat universitetining tashkil topishi (ToshDU, hozirgi O’zbekiston Milliy universtiteti) o’lkada keng miqyosda iqtisodiy va iqtisodiy-geografik tadqiqotlar yo’lga qo’yilishiga zamin yaratdi. Dastlab, rus olimlari G.N.Cherdansev, N.N.Kojanov, N.K.Yarashevich, Y.I.Poslavskiy, A.I.Golovin va boshqalar Turkiston hududini iqtisodiy rayonlashtirish, Markaziy Osiyo hududida ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish, tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash, aholishunoslikning nazariy va amaliy muammolari bilan shug’ullanadilar. 1940-yillarda esa yirik iqtisodiygeograf V.M.Chetirkin O’rta Osiyoni iqtisodiy geografik jihatidan tadqiq qilib, “СредняяАзия” nomli monografiyasini yozdi. XX asrning 50-60-yillaridan boshlab O’zbekiston iqtisodiy geograflarining dastlabki vakillari (Z.M.Akramov, M.K.Qoraxonov, S.Ziyodullayev va boshqalar) O’zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish (Farg’ona vodiysi, 1952), iqtisodiyot tarmoqlari – sanoat, qishloq xo’jaligining rivojlanishi va istiqboli (Samarqand va Qashqadaryo qishloq xo’jaligi geografiyasi), aholishunoslik va aholi geografiyasi, shaharshunoslikka doir ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdilar. 1970-yillardan boshlab mamlakatimizdagi taniqli iqtisodiy geograflar – Download 59.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling